8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ma’naviyatning insoniyat tarixida yuksak
o’ringa ega ekanligini, ajdodlarimiz ma’naviy merosi bugungi kunda bemisl
ahamiyatga ega ekanligini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviy ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirishdagi ulkan hissasini va inson ma’naviy kamolotida
ma’naviyatning bugungi kun yoshlar tarbiyasida tutayotgan o’rnini dalillar asosida
yoritib berish.
9. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
Titul varoq, annotatsiya,
mundarija, kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati,ilovalar.
8
I BOB. MA’NAVIYAT HODISASINING MOHIYATI VA JAHON
ILMIDA BU MUAMMOGA E’TIBOR.
1. Insoniyat tarixida ma’naviyatning o’rni va bu muammoga ilmiy
munosabat.
Jahon ilmida ma’naviyat masalalari ilgari aslo ko’tarilmagan desak, to’g’ri
bo’lmaydi.
Masalan,
1989-yilda
Moskvada
“Hayka”
nashriyotida
“Происхождение духовности” degan qalingina kitob bosilib chiqqan. Uning so’z
boshisida shunday jumla keltiriladi: “Среди многообразных видов человеческой
деятельности В.Г.Афанасьев, следуя К.Марксу, выделяет три основные
группы: материальную (производственную), социально-политическую и
духовную.”
1
K. Marksning asarlarida ham huddi shunday yondashuvni
ko’rishimiz mumkin. Ammo o’z davrining taniqli marksist faylasuflaridan
hisoblangan В.Г.Афанасьевning 1977-yilda Moskvadagi “Политиздат” nashriyoti
chiqargan “Человек в управлении обществом” kitobida shunday jumla bor ekan.
Aslida “ma’naviyat”so’zi sho’rolar davri lug’atlarida ko’p uchramaydi. Ko’proq
madaniyatshunoslik fanida “moddiy madaniyat” va “ma’naviy madaniyat”
(“материальная” и “духовная” культура) degan tushunchalar qabul qilingan edi.
Yuqirida nomi tilga olingan kitobda “духовность” tushunchasi “душа” so’zi bilan
bog’liqlikda olinib, uning materialistik talqiniga urg’u berilgan.
Kitobda insonning asosiy (tayanch) ehtiyojlari (“базисные потребности”)
uch qismga (sohaga) ajratiladi: 1. Insonning moddiy hayotini ta’minlash (saqlab
qolish va davom ettirish) uchun zarur bo’lgan (“витальные” – hayotiy, biologik)
ehtiyojlar, ya’ni uning taomga, suvga, uyquga, issiq-sovuqdan, turli xavf
hatarlardan saqlanishga bo’lgan ehtiyojlari. 2. Insonning tor ma’nodagi ijtimoiy
ehtiyojlari, ya’ni muayyan bir ijtimoiy guruhga taalluqli bo’lish, ushbu guruhda
muayyan o’rin egallash, o’zgalar nazdida qadrlanish, hurmat, e’tiborga sazovar
1
Происхождение духовности. М., “Наука”, 1989. С. 3.
9
bo’lish kabilar. 3.Ideal (ma’rifiy) ehtiyojlar (идеальные (познавательные)
потребности) – hayotning ma’nosi va maqsadini, borliqda o’z o’rnini anglab
yetish ehtiyoji.
2
Kitobning asosiy mualliflaridan biri akademik P. V. Simonov asl
mutaxasisligi tibbiyot olimi bo’lib, ma’naviyatning kelib chiqishini aniqlash
maqsadida kalamushlar, itlar va maymunlar ustida turli tajribalar o’tkazib, ular
faoliyatida atrof muhitni tushunishga intilish va alturizm unsurlari borligini
isbotlashga urinadi
3
. Yana bir muallif - tarix fanlari nomzodi Ю.П.Вяземский esa
o’z yozuvchilik mahoratini ishga solib, ma’naviyatning tarixiy rivojini
kuzatmoqchi bo’ladi, ammo qadim Misr va Yunonda ma’naviyatning shakllanishi
haqidagi yengil yelpi mulohazalar, ayniqsa ularni badiiylashtirib tasvirlashga
urinish, ishonarli xulosalarga olib kelgan, deyish qiyin
4
. Nazarimizda uchinchi
muallif – P. M. Ershovning “ San’atdagi ma’naviyat” ga bag’ishlangan tadqiqoti
5
jiddiyroq va e’tiborga sazovorroq chiqqan, chunki san’at hayotni yaxlit aks ettirishi
bilan inson ma’naviyatini ham mukammalroq ifodalash imkoniga ega.
Agar ilgari ma’naviyatga oid masalalar ko’proq axloqshunoslik (etika),
ilohiyot (teologiya), madaniyatshunoslik (kulturolgiya), falsafa (filosofiya),
ruhshunoslik (psixologiya) fanlari doirasida olib qaralgan bo’lsa, endilikda (20-asr
oxiri 21-asr boshlariga kelib) bevosita ma’naviyatning nazariy masalalari jahon
afkor ommasi diqqatini borgan sari ko’proq o’ziga jalb qilmoqda. Masalan,
internetda “spirituality” mavzusiga oid kitoblar ro’yxati 552 sahifada 5517 nomda
berilganligi qayd etilgan. Agar faqat rus tilidagi materiallarga e’tibor beradigan
bo’lsak, misol sifatida I.I. Leshukning “Лабиринты духовности” asari, A.
Gudzenkoning 2006-yilda Moskvada nashr etilgan 504 sahifalik “Русская
духовность” kitobini, 2007-yilda “Dilya” nashriyoti tomonidan Moskva-Sankt
Peterburgda chop etilgan “Основы духовности” kitoblarini tilga olib o’tish
2
Происхождение духовности. М., “Наука”, 1989. С.10-12.
3
O’sha asar. 23-38-bet.
4
O’sha asar. 43-260-bet.
5
O’sha asar. 266-315-bet.
10
mumkin. I.I. Leshukning “Лабиринты духовности” kitobi
6
xristian dini nuqtai
nazaridan ma’naviyatga oid turli diniy-mistik qarashlarning tanqidiy tahliliga
bag’ishlangan bo’lib, unda, jumladan, xristian dini doirasidagi turli xurofiy oqim
va firqalar ham keskin tanqid ostiga olingan.
A. Gudzenkoning asari rus millati uchun o’ta dolzarb mavzuga
bag’ishlangan bo’lib, bu kitob rus ma’naviyati, uning o’ziga xos jihatlari, rus
milliy g’oyasi haqidagi badiiy-publisistik ruhda yaratilgan. Kitob annotatsiyasida
aytilishicha, unda muallif “rus millatidan bo’lgan va rus millatidan bo’lmagan
taniqli va yo unchalik taniqli bo’lmagan insonlarnig o’zlari yashagan davrlarda yuz
bergan voqea hodisalar yoki ular o’zlari mutaxassis deb hisoblaydigan sohalariga
oid muayyan hodisa va tushunchalar haqidagi mulohazalarini qisqacha matniy
tahlil qilish orqali yer kurrasida shakllanayotgan yangicha umumplanetar insoniyat
jamoasi sharoitida Rossiya davlati va rus xalqi erishgan madaniy, ilmiy, ijtimoiy
yutuqlarning dunyo tamadduniga ta’sirini saqlab qolish va mustahkamlashda rus
ma’naviyatining voqeiy imkoniyatlari qanday ekanligini aniqlash maqsadini o’z
oldiga qoygan”
7
. Tilga olingan uchinchi kitob asosan Rossiya musulmonlari uchun
mo’ljallangan bo’lib, muqovada kitob mavzusi “Imom al-G’azzoliy darslari.
Ma’naviyat asoslari: O’zlikni anglash. Allohni anglash. Bu dunyoni anglash.
Oxiratni anglash”
8
deb keltirilgan. Kitob mazmunidan ma’lum bo’ladiki, bu
qo’llanma Imom al-G’azzoliyning “Kimyoi saodat” asarining muqaddima
qismidan olingan iqtiboslar asosida tuzilgan. Bulardan tashqari jahon miqyosidagi
ma’naviyatga oid yana bir yirik yo’nalish ulug’ rus rassomi va faylasufi Nikolay
Konstantinovich Rerix va uning oila a’zolari (xotini Yelena Rerix, o’g’illari Yuriy
va Svyatoslav Rerixlar) tomonidan 20-asr birinchi yarmida shakllantirilgan va
targ’ib etilgan “Живая этика” (Agni yoga) deb nomlanuvchi ta’limot bo’lib,
jumladan, Rossiya, AQSH, Hindiston Germaniya va bosqa joylarda faol harakat
6
Kitob matni internetda to’liq keltirikgan bo’lib, (150 sahifa) nashr ko’rsatkichlari keltirilmagan. Ammo muallifning bundan
oldingi asari (Лещук И.И. Экология духа (Книга 1). — Одесса: Христианское просвещение, 1998. — 284 с.) 20-asr oxirida
chop etilgani nazarda tutilsa, bu kitob 21-asr boshlarida dunyo yuzini ko’rganini tahmin qilish mumkin.
7
А.Гудзенко.Русская духовность. М., АИФ-Принт, 206, 504 стр.
8
Уроки Имама ал-Газали. Основы духовности: Познание себя. Познание бога. Познание этого мира. Познание тога света.
Москва - Санкт-Петербург, «Диля», 2007, 184 стр.
11
olib bormoqdalar. “Rerixlarning dunyoviy ma’naviyati” (Светская духовность
Рерихов) deb nom olgan ushbu harakat Rossiyada xristian pravoslav cherkovining
ba’zi namoyondalari tomonidan qattiq qoralangani tufayli hozir ma’naviyatning
diniy va dunyoviy talqini namoyondalari orasida keskin bahslar va o’zaro
ayblovlar avj olib ketgan. Rerixchilar tashabbusi bilan bu sohada Rossiyada
amalga oshirilgan ko’zga ko’rinarli ishlardan biri 2003-yilda “Kayhoniy”
9
dunyoqarash – XXI asrning yangicha tafakkuri” (Космическое мировоззрение –
новое мышление XXI века) mavzuida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-ijtimoiy anjuman
bo’lib, unda Rossiya va jahonning ko’zga ko’ringan olimlari ishtirok etdilar va va
bu anjuman materiallari 2004-yilda Moskvada “Rerixlar xalqaro markazi”
(Международный Центр Рерихов) tomonidan 3 jildda nashr etildi. Ushbu
anjuman doirasida 19-asr oxiri va 20-asr birinchi yarmida Rossiyada yashab ijod
etgan buyuk allomalar - - К.Э.Циолковский, В.И.Вернадский, А.Л.Чижевский,
П.А.Флоренский, В.С.Соловьев, Н.А.Бердяев, С.Н.Булгаков, Н. Ф. Федоров
kabilarning ma’naviyat masalalarini nazariy o’rganishga doir faoliyatlari xususida
ma’ruzalar qilingani diqqatga sazovordir.
Ushbu olimlarning ma’naviyat borasida olib borgan ishlari bilan tanishib
chiqsak maqasadga muvofiq bo’lar edi. Ko’pchilik o’zini Yevropa
ma’naviyatshunoslari deb, atovchi shaxslar avvalo ma’naviyatga xristian dini
nuqtai nazaridan qaraydi. Bir tomondan buni to’g’ri tushunmoq lozim. Chunki
dinni ma’naviyatga ta’sirini inkor etib bo’lmaydi. Lekin ma’naviyatga biryoqlama
qarash ham uning mazmunini ochib bera olmaydi. Masalan, Vladimir
Solovyovning ma’naviyatga qarashlariga e’tibor beraylik.
Владимир Соловьев10(1853-1900) писал: «Благоговение, сострадание,
самообладание (аскеза) — таковы нравственные черты нормального,
духовно-здорового человека
.
Эти три добродетели неотделимы друг от друга,
они дополняют одна другую и лишь в своей совокупности образуют
9
“Kayhoniy” ya’ni umumkoinot miqyosidagi
10
Do'stlaringiz bilan baham: |