12-mavzu. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
"Millatning obro‘si uning adabiyotiga bog‘liq. Adabiyoti past saviyada bo‘lgan millatning boshqa xalqlar nazarida obro‘si ham, e’tibori ham bo‘lmaydi”, deb yozgan edi Turkiston jadidlaridan Ashurali Zohidiy"Turkiston viloyati gazeti“da chop etilgan maqolasida. Ko‘rinadiki, ziyolilarimiz bundan bir asr avval adabiyot masalasini hayot-mamot masalasi deb hisoblagan edilar.
Yillar davomida adabiyot o‘zgaradi, yangilanadi, ammo uning vazifasi – odob-axloqqa, ma’naviyatga xizmat o‘zgarmaydi. Bugungi o‘zbek adabiyoti har jihatdan barkamol adabiyot bo‘lmog‘i shart. Atoqli adabiyotshunos olim va adib Ozod Sharafiddinov ta’kidlab aytganlaridek, "…Adabiyotimizni tashkil qiluvchi har bitta asarning bahosi tillolarga teng bo‘lsin. Bu adabiyotda siyqa, oldi-qochdi, o‘rtamiyonaasarlarga mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi lozim. Albatta, buning “lozimligi“ni hamma tushunadi-yu, lekin hamma ham bunga amal qilavermaydi. Mas’uliyatning bir qismi ko‘ra-bila turib ham ma’nisiz asarlarni chop etuvchi noshirlar zimmasiga, adabiyot ro‘zg‘orini qarovsiz tashlab qo‘ygan adabiyotshunoslar ustiga tushadi. Qolaversa, o‘zini ma’naviyat, ma’rifat va mafkura ishlariga daxldor, deb bilgan, uning nonini yeyayotgan har bir ziyoli odam yurt adabiyotining shavkatini yuksak saqlash to‘g‘risida muttasil qayg‘urmog‘i kerak. Modomiki, ana shunday muhim masala to‘g‘risida gap ketar ekan, har qanday past-baland andishalarni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘z mulohazalarimizni oshkora aytmog‘imiz ham farz, ham qarz!".
Milliy ma’naviyatni buzadigan adabiyot – aslo adabiyot emas, ma’naviyatkushlarning qo‘lidagi quroldir. Siyqa tasvirlar, fahsh sahnalar, yolg‘on to‘qimalar, zo‘rlik-zo‘ravonlikka to‘la lavhalar, hayotiylikdan yiroq, aqlni o‘tmaslashtiruvchi voqeliklar botqog‘iga aylangan “asar“lar keltiradigan ma’naviy zarar insoniyatga qirg‘in qurollari keltiradigan zarardan ko‘p bo‘lsa ko‘pki, kam emas. Ularni “yangi davr adabiyoti” degan nom ostiga tirkab, bu “asar“larni yozguvchilarni yangi adabiy voqelik yaratuvchilari sifatida oqlash va yoqlash — borib turgan bilimsizlik, millat ma’naviyatiga va aytish joiz bo‘lsa, yurtga xiyonat bo‘ladi. Chunki adabiyot insonning ong osti tuyg‘ularidan tortib uning dunyoqarashiga, fikrlash tarziga, kayfiyatiga va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatiga qadar ta’sir qila oladi. Millatning, ayniqsa yoshlarning bugungi estetik didi va saviyasi, kayfiyati, fikrlash tarzi millat kelajagini belgilashi hisobga olinsa, adabiyotning buzilishiga e’tiborsizlik qanchalik ayanchli oqibatlarga olib kelishini anglash qiyin emas.
Uslub
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Badiiy uslub o`zbek tili vazifaviy uslublari orasida o`ziga xos mavqyega ega bo`lib, ayni paytda o`zining alohida me’yorlariga ham ega. Mazkur uslubning xususiyatlari professor S.Karimov tomonidan atroflicha o`rganilgan72. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo`lgan barcha lingvistik birlik-larning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo`lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani baja-rishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.
Til vositalarini qo`llashdagi ana shu keng qamrovlilik bo`lishi bilan birga, bu uslub doirasida ularni qo`llashning ma’lum me’yorlari ham amal qiladiki, fonetik, grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlar tarzida ko`zga tashlanadigan ana shu me’yorlar uni boshqa vazifaviy uslublardan chegaralash imkonini beradi.
Badiiy adabiyot tilidagi fonetik o`zgarishlar asosan matnda tovushlarning qisqargan va orttirilgan (So`rma mendan, kim diloro / Do`stmi yo janona deb. E.Vohidov; Ne balolig’ kun edikim. Oshino bo`ldim sango. Alisher Navoiy; Shabboda men seni ko`rmayman, / Qo`limga tutmayman. Zulfiya), ona tilimizning tarixiy taraqqiyot va she’riyat qoidalariga mos tarzda «z» ning «y» ga (So`yla quyosh nimalar bo`lgan, / Sen chiqqanda birinchi marta. H.Olimjon), «q»ning «g’»ga (Quyosh orqasidan –behisob chirog’ / Nuriga kiradi mamlakat shu chog’. Zulfiya) o`tgan ko`rinishlarda me’yorlashgan.
Shuningdek, badiiy uslubda, xususan poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so`zlar ham ishlatilaveradi.
O`zbek tili so`z turkumlarining grammatik shakllari turli adabiy, tarixiy hamda dialektal variantlarga ega bo`lib, ular hozirgi adabiy til me’yori nuqtai nazaridan bir tomondan qo`llanish chastotasiga ko`ra faol yoki aksincha bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularda vazifaviy-uslubiy chegaralanish ham sezilib turadi. Bu xususiyatlar so`z yasovchi hamda ko`plik, egalik, kelishik, daraja, shaxs-son, zamon, mayl, nisbat kabi ma’nolarni ifoda etuvchi affikslarning nutqdagi ishtirokida, yordamchi so`zlarning turlicha ko`rinishlari va variantlarida namoyon bo`ladi. Ularning ma’lum qismida badiiy uslubga xoslanganlik mavjud.
Masalan, -lar kesim tarkibida kelgan paytda hurmat (Dadam keldilar), kinoya, piching (Mulla Eshmat, kelsinlar) kabi ma’nolar so`zlashuv uslubiga xos bo`lsa, ta’kid, kuchaytirish, mubolag’a singari ma’nolar badiiy uslubda ko`proq ishlatiladi (Shu ko`zlar yulduzday abadiy kulsin, Bahor yo`llaringga to`shasin chechak. Zulfiya). Bu kabi holatlar ilmiy va rasmiy uslublarda ko`zga tashlanmaydi.
Bundan tashqari, bu uslublarda grammatik shakl-larning adabiy-me’yoriy variantlari qo`llanilsa, aksincha, badiiy uslubda bu grammatik shakllarning barcha ko`rinishlari – lahja va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan qo`llanilaveradi.
Uslubiy xoslanish kelishik qo`shimchalari variant-larining tanlanishida, ayniqsa, seziladi. Masalan, qaratqich kelishigining –(i)m (Axir hayajonlar o`zligim manim, / Mayli qalbingga ham ko`chsin hayajon. K.Bahromova), -n (Qanday ko`rkam qizlar avlodin /Xassos didi va shoir dili. Zulfiya), -ing (Shavqimning shuhrasi boshing uza zar tora fido, / Ko`ngluming mahzani gul orazi gulnora fido. Joniy) tarzida qo`llanishi.
Ma’lumki, yozuvchining til mahorati, eng avvalo, sino-nimik birliklar ustida ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish ekspress-sivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng to`g’ri yo`li bo`lganligi tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy me’yorni belgilash imkoniyati mavjud. A.Hojiyevning «O`zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati» (Toshkent, 1974) ana shu sinonimik variantlarni farqlashda amaliy yordam beradi.
Frazeologizmlar mohiyat e’tibori bilan asosan so`zlashuv va badiiy nutqљa xosdir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina o`lmoq ma’nosini anglata-digan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo`lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug’diradi. Masalan, bu tizimga kiradigan olamdan o`tmoq, dunyodan o`tmoq, omonatini topshirmoq, qulog’i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so`zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko`z yummoq, dunyodan ko`z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo`l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, doril-fanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.
Badiiy adabiyotda dialektizmlarning ishlatilishi adabiy til me’yoriga muvofiq kelmaydi. Lekin ular badiiy uslub talablariga mos keladi.
Badiiy uslubda adabiy til boyliklaridan foydala-nibgina qolinmasdan, undagi ko`plab birliklarning tilda me’yorlashuviga, adabiy tilning boyib, rivojlanib bori-shiga doimiy ravishda ta’sir o`tkazib turadi.
Badiiy adabiyotning komil insonni tarbiyalash, uning ma’naviy olamini boyitishdan tashqari, so`z san’ati sifatida, savodxonlikni ta’minlash, nutq madaniyati va mahoratini oshirishdagi roli ham beqiyosdir.
Prezident Islom Karimov to`g’ri ta’kidlaganidek, «Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta»73. Badiiy adabiyot kabi qudratli quroldan unumli foydalanish esa o`qituvchining e’tiborli bo`lishi va mahoratiga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TMI, 2017.
2. Lafasov O‘. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TDSHI, 2017.
3. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
4. Normatova Sh., Abdurahmonova M. O‘zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU, 2014.
Yuldasheva Sh., Kabulova D., Sobirova M. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Nukus: Bilim, 2013.
Показать больше ...

Do'stlaringiz bilan baham: |