2.4.1-rasm. A.turkistanicus ning ishchi (A) va navkar (B) tabaqalari mandibulalarining ko‘rinishi
2.4.2-rasm. A.ahngerianus ning ishchi (A) va navkar (B) tabaqalari mandibulalarining ko‘rinishi
Termitlar ishchi tabaqalarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha turlararo farqlanishini o‘rganganimizda, bu ikkala tur mandibulalari morfologik jihatdan biri-biridan farq qilmasligi aniqlandi.
Mandibulalarning uzatma mushaklari patsimon tuzilishga ega va bosh kapsulasining katta qismini to‘ldirgan holda juda katta quvvatga ega bo‘ladilar. Qo‘shimcha juft uzatma mushak (tentorial adduktor) tentorium uchburchak plastinkasining pastki qismidan chiqib mandibula ichiga o‘tadi va uning pastki tomonidan mahkamlanadi. U mandibulalarning qisqarishini yanada kuchaytiradi.
Mandibulyar apparatining kesuvchi asbob sifatidagi ish xarakteri mandibulalarning aylanma va qaytma – ilgarilanma harakati (asbobning asosiy harakati) elementlari bilan va termit boshi amalga oshiradigan qo‘shimcha parallel ravishda qo‘zg‘aladigan harakatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun kesish rejimini xarakterlashda termit mandibulalari bilan harakatsiz ishlanayotgan narsani olish harakati va asosiy harakatni amalga oshiruvchi asboblar o‘rtasida funksional o‘xshashlikni (analogik) keltirish mumkin. Ayrim mandibulaning ishida biror narsani dumaloq arra, freza, yonish stanogining keskichi bilan kesishga mos elementlarni topish mumkin, biroq ikkala mandibulalarning birgalikdagi ishida texnik analogiyalar yo‘q.
Turkiston termiti tabiatda quruq o‘simliklar bilan oziqlanadi. Oziqaning asosiy qismini g‘allasimonlilarning poyalari, shuvoq va turli butalarning nozik shohlari bo‘lib, ularni ishchi-oziqa-xashak tayyorlovchilar mandibulalari orasida qisib kesa oladilar. Nozik shohlarni kesishda asosiy ishni aynan shu vazifaga moslashgan insizor qismlar bajaradi. Ular kesish paytida shohni qisib turishga yordam beridigan egik shaklga ega bo‘lib, ularning kesuvchi tig‘lari egri chiziq bo‘ylab “charxlangan”, bu esa kesishning kuchayishini bir muncha pasaytiradi.
Termit ishchi tabaqalarining har hil yoshdagi individlarining mandibulasini o‘rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, katta yoshdagi ishchilar mandibulasi yuqori apikal va marginal tishlar joylashgan qismining ancha qattiqligi hamda skleritizatsiyasi bilan kichik yoshdagi termitlar mandibulasidan farqlanishi aniqlandi (3.3.3 va 3.3.4-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |