XULOSALAR
1.Xorazm vohasi sharoitida termitlarning Anacanthotermes avlodiga mansub ikki turi, ya’ni A.turkestanicus Jacobs va A.ahngerianus Jacobs uchrashi qayd qilindi.
2. A.turkestanicus Xorazm vohasining janubiy qismidagi o‘tloqi allyuvial tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, yantoq(Alhagi persarum),qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa), yaltirbosh (Bulbosa lectorum), goldbaxiya (Coldbachia laevigata), isiriq (Peganum harmola), sofora (Sophora sp.), quyonarpa (Hordeum leporinum), qo‘ytikan (Xanthium spinosum), temirtikan (Tributus terristris), sho‘rak (Solsola sp.), oqbosh (Karelina caspia) singari o‘simliklar statsiyalarida hayot kechiradi.
3. A.ahngerianus vohaning taqirsimon, sho‘rxok, hattoki kuchli sho‘rlangan tuproqli, siyrak o‘simlikli tekisliklarida va qumliklarida tarqalgan bo‘lib, shuvoq(Artemisia), yantoq(Alhagi persarum), turli sho‘ralar (Solsola),yulg‘un (Tamarix), saksovul (Haloxylon), cherkez (Solsola richteri), astragal (Astragalus), qorabosh (Larex pachystylis), kavrak (Ferula) o‘simligi statsiyalarida hayot kechiradi.
4. A.turkestanicus turining asosiy tarqalish manbalari qabristonlar, eski qal’alar xarobalari, yangi o‘zlashtirilgan еrlar hisoblanib, u vohaning aholi turar joy, ma’muriy jamoat va boshqa binolariga hamda qadimiy tarixiy arxitektura yodgorliklari hududlarida keng tarqalgan.
5. A.ahngerianus tur qanotli tabaqalari A.turkestanicusdan tanasining uzunligi,(qanoti bilan) boshining kengligi hamda qanotlarining o‘lchami bilan farq qilsa, qanotsiz tabaqaga mansub termitlar tanasining uzunligi va boshining kattaligi belgilari bilan o‘xshashligi qayd qilindi.
6. Tajriba uchun ajratilgan xonadonlar devorlari ichi 40 sm kenglikda ochib kњrilganda bu еrda mavjud termit koloniyalarning 65% lichinka, 29% ishchi, 5% nimfa va 1% navkar tabaqalariga ta’lluqligi qayd qilindi.
7. Jamoa xosil qilib yashovchi termitlar koloniyasida o‘rtacha 10-15000 dona termit individlari bo‘lib, unda bitta «malika», 6-7 ta «malika o‘rinbosari», bitta «shox», yuzlab «navkar», minglab «ishchi» va «lichinka» kabi tabaqalar mavjud
8. A.turkistanicus va A.ahngerianus termit turlari ishchi va navkar tabaqalarining mandibulasi bilan taqqoslash natijasida, ular turli xil turga mansub bo‘lsalarda, mandibulasining tashqi ko‘rinishi bir-biriga juda o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Jamoa hosil qiluvchi hasharotlar mandibulasining tashqi tuzilishi, ya’ni 2 ta tishchalar mavjudligi bilan xarakterlanadi
9. Termitlar ishchi tabaqalarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha turlararo farqlanishini o‘rganganimizda, bu ikkala tur mandibulalari morfologik jihatdan biri-biridan farq qilmasligi aniqlandi.
10. Termit ishchi tabaqalarining har hil yoshdagi individlarining mandibulasini o‘rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, katta yoshdagi ishchilar mandibulasi yuqori apikal va marginal tishlar joylashgan qismining ancha qattiqligi hamda skleritizatsiyasi bilan kichik yoshdagi termitlar mandibulasidan farqlanishi aniqlandi
11. Termit ishchi tabaqasi individlarining funksional faoliyati ularning mandibulasi tuzilishiga bog‘liq emasligi yoki ular faoliyatining mandibula morfologik ko‘rsatkichlarida aks etmasligi aniqlandi. Termit ishchi tabaqasining tuproq va ozuqa bilan bog‘liq faoliyatida ularning yoshiga bog‘liq ravishda funksiyalarining yaqqol ajralish holati kuzatiladi. Kichik va o‘rta yoshdagi ishchi termit individlari uya qurish va loy suvoqlar hosil qilish, katta yoshdagi individlar esa ozuqa jamg‘arish vazifasini bajarashi qayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |