O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, 
muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir.
Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad 
yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun 
umumiy narsalar ko‘p: o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin 
yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada biror 
tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa 
bor – bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy 
munosabatdir. 
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni 
tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos 
qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi 


227 
boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy 
mezonidir. 
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha 
klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreevaning “Ijtimoiy 
psixologiya” darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga 
qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo 
shartli va real guruhlar
ga 
bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi 
hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari 
asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga 
qarab 
katta, kichik guruhlar
ga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning 
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va 
uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbvtida endi shakllanayotgan – diffuz 
hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga 
bo‘linadi.
Kichik guruh uncha ko‘p bo‘lmagan , odatda ikki kishidan bir nechta o‘n 
kishilarni birlashtirigan bo‘ladi. Bu guruhlarda munosabatlar, aloqalar shaxsiylik 
va bevositalik asosida mustahkam qurilgan bo‘ladi. Avvalari kichik guruhning 
quyi miqdori ikki kishidan - diadadan iborat degan fikr xukmron bo‘lib kelgan 
GURUH
Guruhiy 
qiziqishlar
Guruhiy 
fikrlar
Guruhiy 
maqsadlar
Guruhiy 
ehtiyojlar
Guruhiy 
normalar
Guruhiy 
qadriyatlar


228 
bo‘lsa, keyingi 20 yillar bu raqam uchlik, ya’ni tirada bilan to‘ldirildi. Uchinchi 
shaxning kirititilishi, guruhdagi munosbatlar xarakteriga katta o‘zgarishlar olib 
keladi.
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va 
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada 
asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan 
bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka 
holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa 
odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi 
savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, 
bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (
interaksiya
) emas, balki 
ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (
koaksiya
) ta’siri 
o‘rganildi. 
XX asrning 30-yillarida guruhning kishilar ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini 
o‘rganish bo‘yicha, bir qator psixologlar tomonidan eksperimental tadqiqotlar 
o‘tkazilgan. Bunda shaxsning guruhdagi idroki, diqqati, xotirasi, hissiyoti, 
tafakkuri kabi ruhiy xususityalari tadqiq etilgan. Olingan ma’lumotlar shuni 
ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi 
oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. 


229 
Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi 
V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham 
qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish