Rivojlantiruvchi
: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: kichik guruh, fasilitatsiya, ingibitsiya, referent guruh,
guruhiy uyushqoqlik.
Guruhlar haqida tushuncha.
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar
ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga
umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q, inson jamiyatda yashar ekan, u
doimo turli o‘ziga o‘hshash shaxslar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu
muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. Shuning uchun ham
guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy
xulosalar
chiqarish
ijtimoiy
psixologiyaning
asosiy
mavzularidan
va
muammolaridan biridir.
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o‘z hayoti davomida boshqa kishilar bilan
bevosita muloqotda bo‘ladi va bu orqali o‘zining ijtimoiy mohiyatini amalga
oshiradi. Bunday muloqot turli xil guruhlarda ro‘y beradi.
Psixologik ma’noda
Do'stlaringiz bilan baham: |