O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


O‟rgimchaksimondar (Arachnida) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

O‟rgimchaksimondar (Arachnida) sinfi 
O‘rgimchaksimonlar- quruqlikda muhitiga moslashgan, xilma-xil tuzilgan xelitseralilar. 
Moylovlari  bo‘lmaydi;  faqat  oddiy  ko‘zlari  rivojlangan.  Boshko‘krak  bo‘limida  olti  juft 
o‘simtalardan  ikki  jufti    xelitsera  va  pedipalpalar,  qolgan  to‘rt  jufti  a  yurish  oyoqlari 
hisoblanadi. O‘pka  yoki  traxeyalar  yordamida nafas oladi. Ayirish funksiyasini  koksal bezlar 
va malpigi naychalari bajaradi. 
Tashqi tuzilishi. O‘rgimchaksimonlarning tana bo‘limlari va  bo‘g‘imlari turli darajada 
rivojlangan.  Chayonlar  va  solpugalar  tanasi  ko‘p  sonli  bo‘  g‘imlardan  iborat.  Ularda  ko‘krak 
oldingi  bo‘  g‘imlari  yoki  hamma  ko‘krak  bo‘g‘imlari  bosh    bilan  birikib,  yxlit  boshko‘krak 
hosil  qiladi.  Ko‘pchilik  o‘rgimchaksimonlarda  qorin  bo‘g‘imlari  ham  qo‘shilib,  tanasi  yaxlit 
boshko‘krak  va  qorin  bo‘limini  hosil  qiladi.  Kanalarda  hamma  tana  bo‘limlari  va  bo‘g‘imlari 
birga qo‘shilib ketgan (131-rasm). 


O‘rgimchaksimonlar  tanasining  tuzilishi  bo‘g‘imlar  soniga  bog‘liq.  Ko‘p  bo‘  g‘imli 
o‘rgimchaksimonlar  (solpugalar,  chayonlar)  tanasi  cho‘ziq  bo‘ladi.  Bo‘g‘imlar  sonini 
kamayishi  bilan  tana  ham  qisqarib  boradi.  Bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan  kanalarning  tanasi 
yumaloq  bo‘ladi.  O‘rgimchaksimonlar  kattaligi  0,2  mm  dan  (kanalar)  20  sm  gacha  (ayrim 
chayonlar, o‘rgimchaklar) bo‘ladi. 
O‘rgimchaksimonlarning xelitsera va pedipalpalari oziqni ushlab turish va maydalashda 
ishtirok  etadi.  Ko‘pchilik  o‘rgimchaksimonlar  (solpuga,  chayon,  soxtachayon,  pichano‘rar, 
ayrim kanalar) xelitserasi kalta, og‘iz teshigi oldida  joylashgan. Xelitseralar uchta bo‘g‘imdan 
iborat. Uning ustki bo‘g‘imi harakatchan o‘ tkir tirnoqni hosil qiladi. Kanalar xelitserasi o‘ tkir 
uchli  ikki  bo‘  g‘imli  o‘simtalardan  iborat.    Pedipalpalar  bir  nechta  bo‘g‘imdan  iborat.  Asosiy 
bo‘g‘imidagi  chaynovchi  o‘simtasi  oziqni  maydalaydi;  boshqa  bo‘g‘imlari  paypaslagich 
hisoblanadi.  Chayonlar,  soxtachayonlar  pedipalpasi  qisqichga  aylangan.  O‘rgimchaklar  va 
solpugalar pedipalpasi yurish oyoqlariga o‘xshash tuzilgan sezgi organi hisoblanadi. 
O‘rgimchaksimonlarning  to‘rt  juft  yurish  oyoqlari  bir  xilda  tuzilgan.  6-7  bo‘g‘imli 
oyoqlarning  uchki  qismida  tirnoqlari  bor.  Qorin  bo‘limida  oyoqlar  rivojlanmagan.  Chayonlar 
va  soxta  chayonlarning  o‘pka  xaltasi,  o‘rgimchaklarning  o‘rgimchak  bezlari  shakli  o‘zgargan 
qorinoyoqlardan iborat. 
Tana  qoplag‘ichi  uch  qavatli  kutikula  va  uning  ostida  joylashgan  gipoderma  va  bazal 
membranadan  iborat.  Kutikula  yupqa,  uning  ekzokutikula  qavati  suv  o‘tkazmaydigan 
mumsimon 
madda 
lipoproteinli 
epikutikula 
bilan 
qoplangan. 
Shu 
sababdan 
o‘rgimchaksimonlar eng quruq joylarda ham yashay oladi. Chayon va o‘rgimchaklarning zahar 
bezlari,  o‘rgimchaklar,  soxta  chayonlar  va  ayrim  kanalarning  o‘rgimchak  bezlari  teri 
epiteliysidan hosil bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish