Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish organlari yurak, yurakoldi bo‘shlig‘i, aorta va
tana bo‘shlig‘i - lakunlardan iborat. O‘rgimchaksimonlar yuragi har xil tuzilgan. Tanasi
bo‘g‘imlarga bo‘lingan chayonlarning yuragi qorin bo‘limida ichak ustida joylashgan uzun
naydan iborat. Yurakning ikki yonida 7 juft tirqishsimon teshiklar - ostiylar ochiladi.
O‘rgimchaklar yuragi birmuncha kalta bo‘lib, 3-4 juft ostiylarga ega. Kanalarning yuragi esa
bir juft teshikli kalta xaltachadan iborat. Juda mayda kanalar yuragi bo‘lmaydi. Yurakning
oldingi va keyingi uchidan bittadan aorta chiqadi. O‘rgimchaklarda faqat oldingi aorta bo‘ladi.
Gemolimfa tana bo‘shlig‘iga, undan ostiylar orqali yurakka o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |