O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi 
Qilichdumlilar  -  juda  kam  uchraydigan  qadimgi  dengiz  hayvonlari.  Paleozoy  erasida 
keng  tarqalgan,  keyinchalik  qirilib  ketgan.  Hozirgi  davrda  ularning  faqat  5  turi  tarqalgan. 
Uzunligi 50-90 sm ga yetadi. 
Qilichdumlilarning  keng  va  yassi  tanasi  yaxlit  boshko‘krak  va  qorindan  iborat.  Qorin 
boshko‘krak  bilan  harakatchan  qo‘shilgan,  6  juft  plastinkasimon  jabraoyoqlarga  ega.  Qorni 


keyingi  uchida  harakatchan  uzun  dum  o‘simtasi  bor  (130-rasm).  Boshko‘krak  keng  va  qalin 
qalqon bilan qoplangan; qalqon oldingi tomonida ikki juft ko‘zlari, og‘zi oldida uch bo‘g‘imli 
kichik  xelitserasi,  og‘iz  atrofida  5  juft  yurish  oyoqlari  bor.  Xelitseralilar  pedipalpasiga  mos 
keladigan birinchi juft  oyoqlari  kichik qisqich bilan ta‘minlangan,  lekin  tuzilishi  bilan boshqa 
yurish oyoqlaridan deyarli farq qilmaydi.  Hamma oyoqlari bir shoxli, asosiy bo‘g‘imida qilga 
o‘xshash  chaynash  o‘simtasi  bor.  Oxirgi  juft  oyoqlarida  jabra  o‘simtasi  bo‘ladi.  Qorin 
bo‘limida  6  juft  bargsimon  rudimentar  oyoqlar  bor.  Bu  oyoqlarning  birinchi  jufti  jabra 
qopqoqchasini  hosil  qiladi.  Qolgan  qorinoyoqlarda  juda  ko‘p  plastinkasimon  jabra 
yaproqchalari joylashgan. Dumi telson bilan qorin bo‘ limining keyingi uchta bo‘g‘imining qo‘ 
shilishidan hosil bo‘lgan. 
Hazm  qilish  va  qon  aylanish  sistemasi  boshqa  bo‘g‘imoyoqlilarga  o‘xshash  bo‘ladi. 
Yuragi  naysimon,  sakkizta  ostiylar,  ya‘ni  yurakoldi  bo‘lmasiga  ochiluvchi  teshiklar  bilan 
ta‘minlangan.  Yuragining  keyingi  uchi  berk,  oldingi  uchidan  esa  oldinga  bitta  aorta  chiqadi. 
Aortadan to‘ rtta kalta yon arteriyalar chiqadi. 
Qilichdumlilarning  ikki  juft  ko‘zlari  bor.  Ulardan  bir  jufti  oddiy  ko‘zlar  bo‘lib, 
boshko‘krak  ustida  markaziy  chizikning  ikki  tomonida  joylashgan.  Bu  ko‘zlar  yonida  yirik 
ikkinchi juft yirik ko‘zlar joylashgan. Yirik ko‘zlar tiniq umumiy kutikula bilan qoplangan juda 
kup mayda ko‘zchalardan iborat. 
Qilichdumlilar  ayrim  jinsli,  jinsiy  bezlari  juft  naysimon  xaltachalardan  iborat.  Jinsiy 
teshigi birinchi qorin bo‘gimi jabra qopqoqchalari ostiga ochiladi. 
Rivojlanishi  metamorfoz  orqali  boradi.  Lichinkasi  trilobitasimon,  ko‘krak  bo‘g‘imlari 
to‘liq  rivojlangan,  qorin  qismi  uncha  yaxshi  rivojlanmagan.  Tashqi  ko‘rinishi  trilobitalarga 
birmuncha o‘xshash bo‘ladi. 
Qilichdumlilar tropik va subtropik dengizlarda, xususan Atlantika okeanining Shimoliy 
va  Markaziy  Amerika  qirg‘oqlarida,  Tinch  okeanining  Malayya  arxipelagi,  Hindi-Xitoy, 
Filippin yaqinida va Yaponiya orollari atrofida uchraydi. Suvning qirg‘oqqa yaqin joylarida 4-6 
m chuqurlikda yashaydi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish