Nazorat uchun savollar:
1.
Tashqi savdo deganda nimani tushunasiz?
2.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal rivojlanishiga
qanday omillar ta’sir ko’rsatgan?
3.
Sizning fikringizcha, XXI asrda tashqi savdoning rivojlanishiga asosan
qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
4.
Mintaqaviy integratsion jarayonlarning kuchayishi xalqaro savdoning
rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?
5.
Mutloq ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
6.
Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
7.
Xalqaro savdoning vanday yangi rivojlanish nazariya va modellari bor?
8.
Xalqaro savdo nazariya va modellarining amaliy tatbiqini tushuntirib bering.
Adabiyotlar:
6. Nazarova G.G., Xaydarov N.X. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O’quv
qo’llanma. – T.: TDIU, 2007, - 14 b.
7. Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtaev A.A. va boshq. Jahon iqtisodiyoti.
Darslik. – T.: TDIU, 2005, 10-15 b.
8. Lomakin V. Mirovaya ekonomika. Uchebnik. – M.: Yuniti-Dana, 2009. -
190 s
9. Avdokushin Ye.F. Mejdunarodnыe ekonomicheskie otnosheniya. Uchebnik.
– M., 2008, 19-23 s.
3-MAVZU. TASHQI SAVDONI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA
SOLISH VA BOSHQARISH YO’LLARI
3.1. Xalqaro savdoda davlatning roli
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy
yo’nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-
import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish
bilan bog’liq byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati xo’jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy
bog’liq bo’lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan qulay
tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritredlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning
bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Uning nazariy
jihatdan asoslanishida A. Smitning mashhur asari - «Xalqlar boyligi tabiati va
sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritredlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida
rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga yetkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat
sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko’rinmas qo’l»
hukmronligiga, ya’ni bozorning o’z-o’zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga
topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g’oyalarini
rivojlantirdi.
Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi
ingliz-sakson mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947
yilgacha Britaniya tarkibiga kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlar)
iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga kelib fritredlik tizimining klassik
ko’rinishi davlat ixtiyorida bo’lgan biror-bir mamlakat qolmadi. Davlatning nufuzli
tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini sezilarli oshganligini hisobga olsak, bu
o’z-o’zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari ko’plab
mamlakatlarning iqtisodiy kursida hozir ham sezilarli, ayniqsa, rivojlangan va
hududi hamda resurslari jihatidan kichiq bo’lgan mamlakatlarda, masalan,
Singapurda.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo protektsionizm siyosatiga (ingl.
protection — himoya, homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor
tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy
etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi qo’yiladi.
Protektsionizm o’z mohiyatiga ko’ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon
mavjud. Bu siyosatning printsiplari nazariy jihatdan amerikalik davlat arbobi A.
Gamilьton (XVIII asrning oxiri) va taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning
o’rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq protektsionizm amaliy chora-tadbirlar
seriyasi sifatida sayyoramizda so’l (SSSR) va o’ng («Uchinchi reyx» - fashistlar
Germaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rejimi davrida o’z kulьminatsiyasiga
yetgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi.
Yuqorida qayd etib o’tilgandek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy
tamoyili sifatida yanada ko’p sonli mamlakatlarni aholi turmush farovonligini
oshishini ta’minlovchi erkin savdo siyosatiga o’tishi tan olinib kelinayotgan bo’lsa-
da, protektsionizmning «tanlangan» restavratsiyasi deb atalgan jarayon ham
kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |