O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
2.4.3.-rasm. Kesishuvchi talab 


Kesishuvchi talab nazariyasi – 
bu 
turli 
mamlakatlardagi 
iste’molchilarning daromadlari va 
istak-hohishlari deyarli bir xil 
bo’lganligi 
sababli 
har 
bir 
mamlakat uchun ishlab chiqarishda 
va ichki bozorda yaxshiroq tajriba 
to’plangan tovarlarni eksport qilish 
oson bo’lishidir.
Nazariyaning 
grafik 
ko’rinishi 
quyidagicha: 
faraz 
qilaylik, ikki mamlakat mavjud, 
birinchi 
mamlakatda 
daromad 
darajasi A dan S gacha, bu 
daromad 
darajasida 
ushbu 
mamlakatda sotiladigan tovarlar 
sifati A' dan S' gacha. Ikkinchi mamlakatda esa daromad darajasi V dan D gacha, 
bu daromad darajasida ushbu mamlakatda sotiladigan tovarlar sifati V' dan D' 
gacha. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo sifati V' dan S' gacha bo’lgan tovarlar bilan 
amalga oshadi. CHunki bu oraliqda ikki mamlakatdagi iste’molchilarning talabi 
kesishadi.
 
Tayanch iboralar:
tashqi savdo, xalqaro savdo, eksport, import, reeksport
reimport, mutloq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST. 
Mavzuning qisqacha xulosasi: 
Merkantilistlar birinchi bo’lib xalqaro savdoning o’ziga xos modelini taklif 
etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bulgan oltin va kumush 
mikdori bilan bog’liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib 
kirishga nisbatan ularni chetga ko’proq olib chiqish, eksportni kupaytirish va 
importni kiskartirish uchun tashki savdoni tartibga solish, chetga xomashyo olib 
chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz 
import kilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashkari barcha 
boshka mamlakatlar bilan xar kanday savdosini ta’qiqlash kerak deb ta’kidlaydilar. 
Adam Smit tomonidan ishlab chiqilgan mutlak ustunlik nazariyasiga muvofik, 
mamlakatlar uzlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni eksport 
kiladi va boshka mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan
ustunlikka ega bulgan tovarlarni import kiladi. 
Klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri D. Rikardo tovar oqimlari harakatiga 
dalil sifatida nisbiy ustunlikning mikdoriy nazariyasini taklif etdi. Albatta, nisbiy 
ustunlik nazariyasi mavxum va juda sodtsalashtirilgan tabiatga ega va xalqaro 
savdoga bevosita ta’sir kursatadigan bir kator xodisalarni e’tiborga olmaydi. 
Nazariyaning cheklanganligi uni yaratilishida kilingan farazlar bilan bog’liq. 
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko’ra, omillar 
sigimligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, 
omillar serobligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy 


ta’minlanganligini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi 
fark, O’z navbatida ular o’rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir 
xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi. 
Xalqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat 
modeli hisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bulgan talab va tovar taklifini shu 
tovarga bulgan xorijiy talab va taklifni o’zaro boglaydi. Bu model turli mikdordagi 
tovarlarni eksport kilishga xoxish uygonishi uchun mamlakat kancha mikdorda 
boshka bir tovarlarni import kilishi kerakligini ifodalovchi o’zaro talab 
tushunchasiga asoslangan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy 
parametrlarini va u bilan bog’liq bulgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini 
o’rganish imkonini beradi. 
Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xar kanday mamlakat uchun eksport va 
import narxlarining xar kanday uzgarishi real daromadning uzgarishini anglatadi. 
Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport kilinayotgan bulsa, mamlakatning real 
daromadi oshadi, agar bu tovar import kilinayotgan bulsa, aksincha, real daromad 
kamayadi. 
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport va 
import narxlari indekslari nisbati orkali aniqlanuvchi mamlakat eksport va import 
narxlarining nisbati savdo sharti deb ataladi. Uning o’sishi natijasida mamlakat 
farovonligi ortadi, pasayishi natijasida esa farovonlik tushadi. Taklifning ortishi 
(iqtisodiy o’sish) va talabning ortishi (daromadning kayta taqsimlanishi) savdo 
shartiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi eksport-
import operatsiyalarning sifatiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi 
tamoyillar paydo bo’ldi; keyingi yillarda bir kator amerikalik iqtisodchilar 
tomonidan tovar ayirboshlashning turli omillarini hisobga oluvchi «tovar xayotiy 
tsikli», «xalqaro rakobat» va boshka modellar ishlab chiqildi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish