Yangi davr huquqining paydo bo`lishi va rivojlanishi. Buyuk Britaniya



Download 75,5 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2022
Hajmi75,5 Kb.
#687482
  1   2
Bog'liq
Yangi davr huquqining paydo bo`lishi va rivojlanishi Buyuk Britaniya

Yangi davr huquqining paydo bo`lishi va rivojlanishi. Buyuk Britaniya.



Reja:

  1. Yangi davr Angliya davlat hokimiyatining oliy markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi

  2. Angliya huquqi manbalari

Yangi davr Angliya davlat hokimiyatining oliy markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi


O‘rta asrlar G‘arbiy Yevropa davlatchiligi o‘z taraqqiyotida ilk feodal monarxiyasidan mutlaq monarxiya kabi bosqichlarni bosib o‘tgan. XVI asrga kelib antifeodal inqiloblarning kuchayishi bilan davlat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojlangan. Mutlaq monarxiya tuzumiga qarshi inqiloblar natijasida, insoniyat antik va uyg‘onish davrlari oralig‘idagi V–XVII asrlarni o‘z ichiga oluvchi o‘rta asrlardan chiqib, yangi davrga qadam qo‘ydi.
XVII asrdagi ingliz burjua inqilobi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, asosiy bosqichlarga ajratiladi. Angliyada burjua davlati va huquqi XVII asrda «Buyuk isyon» va «Shonli revolutsiya» deb nom olgan ikkita ingliz inqilobi natijasida vujudga kelgan.
Dastlabki ingliz burjua inqilobida ijtimoiy-siyosiy kuchlar feodal monarxiya, feodal dvoryanlar, o‘rta asrlardagi hukmron cherkov va unga qarshi xalqdan iborat bo‘ladi. Burjuaziyaning yangi dvoryanlar bilan ittifoq tuzishi inqilobning oxiriga yetmay qolishiga, uning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy yutuqlarining cheklanishiga olib kelgan. Xususan, siyosiy sohada burjuaziya hokimiyatni yangi yer aristokratiya bilan bo‘lib olishiga to‘g‘ri keldi.
Ingliz burjua inqilobi natijasida Angliyada burjua tuzumiga asoslangan konstitutsiyaviy monarxiya paydo bo‘ladi. Davlat boshqaruvida vakillik organi bilan bir qatorda feodal muassasalar, jumladan kuchli qirol hokimiyati, lordlar palatasi, Yashirin kengash saqlanib qoladi.
Keyinchalik, XVIII va XIX asrlardagi agrar sanoat to‘ntarishlari oqibatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining hukmronlik mavqeini va sanoat burjuaziyasining siyosiy hokimiyatni amalga oshirishdagi rahbarligini ta’minlagan. Bu vaqt mobaynida Britaniyaning yarim feodal, aristokratik siyosiy tizimi asta-sekin burjua-demokratik tizimga aylanib borgan.
Inqilob arafasida siyosiy-diniy konsepsiyalari (qarashlar tizimi) va ijtimoiy manfaatlari qarama-qarshi ikki sinf shakllanadi. Ulardan birinchisi, absolutizm tayanchi bo‘lgan eski feodal dvoryanlar va ruhoniylardan iborat bo‘lsa, ikkinchi oqim «puritan» deb atalib, yangi dvoryanlar va burjuaziyani birlashtirgan. Ularning har ikkalasi umuman olganda diniy ko‘rinishda bo‘lgan.
Inqilob davomida puritanlar lageri ijtimoiy jihatdan va diniy e’tiqod nuqtai nazaridan uchta asosiy oqimga: presviterianlar, independentlar va lavellerlarga bo‘linib ketgan.
Presviterianlar oqimi kuchli konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari bo‘ladi. Ular hokimiyatni egallab, 1640–1648 -yillarda o‘z qo‘lida ushlab turadi.
Independentlar oqimi demokratik tamoyillarni ilgari surgan konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari bo‘ladi. Bu oqim o‘z tarkibi bo‘yicha juda zich va xilma-xil bo‘lgan. Uning asosiy rahnamosi, siyosiy yo‘lboshchisi O. Kromvel bo‘lgan. Independentlar davri inqilobning radikal bosqichi (1649–1660-y.) hisoblanadi. Bu davrda dastlab monarxiya tugatilgan va respublika o‘rnatilgan (1649–1653-y.). So‘ngra u harbiy diktaturaga o‘sib chiqqan (1653–1659-y.) va o‘z navbatida monarxiyaning qayta tiklanishiga olib kelgan.
Lavellerlar inqilob davrida independentlardan ajralib chiqqan oqimdir. Ularning g‘oyalari kelajakda feodal tuzum bilan g‘oyaviysiyosiy kurash olib borishda muhim o‘rin tutgan. Lavellerlarning ancha radikal qismini dehqonlar va proletarlar manfaatlarini ifodalovchi diggerlar tashkil etgan.
Angliya inqilobi qirol va parlamentning an’anaviy o‘zaro bir-biriga qarama-qarshiligida rivojlangan. 1628-yilgi Huquq to‘g‘risidagi petitsiya orqali parlament oppozitsiyasi Erkinliklarning buyuk xartiyasiga tayangan holda qirolning fuqarolar hayoti va mulkiga nisbatan huquqlarini cheklaydi. Natijada 1629–1640-yillarda mamlakat parlamentsiz idora qilinadi.
1640-yil 13-apreldan 5-maygacha qirol Karl I tomonidan xazina masalasida chaqirilgan va tarixda Qisqa parlament nomini olgan parlament faoliyat yuritadi.
1640-yil 3-noyabrdan 1653-yil aprelgacha ichki ahvol tangligi natijasida Uzoq parlament ish olib boradi. Bu davrda parlamentsiz boshqaruvga qaytish imkoniyati yuridik hujjatlar asosida cheklanadi. Muhim islohotlar amalga oshirilgan.
1648-yilda siyosiy hokimiyat parlament tarkibidagi independentlar qo‘liga o‘tadi. 1649-yil 4-yanvarda umumpalata o‘zini Angliyada oliy hokimiyat egasi deb e’lon qildi. 1649-yil 19-mayda parlament hujjati asosida Angliyada respublika boshqaruv shakli o‘rnatiladi. Unda «Parlamentdagi xalq vakillari» (1 ta palata, oldingi quyi palata) davlatning oliy hokimiyati ekanligi e’lon qilindi. Oliy ijroiya hokimiyat organi Davlat kengashi bo‘lib qoldi va u parlament oldida javob beradigan bo‘ldi.
Uzoq parlamentning harbiy islohotlari ijrochilaridan biri intizomli va jangovor armiya tuzgan – independentlar vakili O. Kromvel bo‘lgan. Bu davrga kelib, oliy ijroiya hokimiyati Kromvel boshchiligidagi harbiy kengash qo‘lida to‘plangan.
Kromvelning hokimiyati tobora shaxsiy diktatura xarakteriga ega bo‘lib borgan. U va uning ofitserlar kengashi 1653-yilda uzoq parlamentni tarqatib yuboradi. So‘ngra Angliyaning «Boshqarish quroli» deb nom olgan yangi konstitutsiyani ishlab chiqadi. Bu hujjatda Kromvel protektorati nomli diktatura mustahkamlanadi. Unga binoan Kromvel lord-protektor (himoyachi, homiy) unvonini olib, Respublikaning umrbod rahbari bo‘lib oladi.
Konstitutsiya bo‘yicha oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat lordprotektor va parlament qo‘lida to‘plangan. Parlament bir palatali bo‘lib, tez orada chaqirilmay qo‘yilgan. Katoliklar va qirol tarafdorlari saylov huquqidan mahrum etilgan. Ancha yuqori mulk senzi ham o‘rnatilgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra protektorat parlamenti xalqning vakillik organi emas edi. 1657-yilga kelib yuqori palata – lordlar palatasi qayta tiklangan, respublikachilar esa quvib yuborilgan.
«Boshqarish quroli»ga ko‘ra, oliy ijroiya hokimiyati lord-protektor va Davlat kengashi a’zolariga (13 tadan 21 tagacha) tegishli bo‘lgan. Protektorning ichki va tashqi siyosatdagi vakolatlari juda keng bo‘lib, nazoratsiz yakka hokimlikka o‘xshagan edi.
Mahalliy boshqaruv Kromvel armiyasining generallari qo‘lida to‘plangan. Butun armiya 11 ta okrugga bo‘lingan bo‘lib, ularning tepasiga general-gubernatorlar (general-mayorlar) qo‘yilgan edi. Ular cheklanmagan politsiya vakolatlariga ega bo‘lishgan. Muholifat ayovsiz bostirilgan.
O‘z mohiyati jihatidan bu diktatura burjuaziya va yangi dvoryanlarning diktaturasi edi. Kromvel 1658-yilning 4 fevralida parlamentni tugatish maqsadida tarqatib yuborgan. U 1658-yilning 3 sentabrda vafot etgan.
Kromvel vafotidan so‘ng bir necha oy o‘tgach burjuaziya va dvoryanlarning qayta tiklash tendensiyasi «Styuartlarning an’anaviy monarxiyasi»ni tiklash bilan tugallanadi. Buning sababi protektorat tomonidan yangi jiddiy xalq harakatlarini bostirilmaganligi, deb qaraladi. 1659-yilda Uzoq parlamentning qoldig‘i o‘zini ta’sis etuvchi hokimiyat deb e’lon qiladi. Parlament 1660-yilgi Bred deklaratsiyasi deb atalgan hujjat qabul qiladi. Shu tariqa Karl II taxtni egallaydi va ilgari ag‘darilgan siyosiy tuzumning qayta tiklanishi sodir bo‘ladi. Natijada davlat cherkovi, Yashirin kengash va inqilobdan oldingi boshqa davlat organlari (Yulduzlar palatasi va Yuqori komissiyadan tashqari) va ularni shakllantirishning eski tartibi qayta tiklandi.
Bu davrda 2 ta siyosiy partiya vujudga keladi. Ular torilar – qirol va uning hokimiyatini kuchaytirish tarafdorlari hamda vigilar – burjuaziya va o‘rta dvoryanlar manfaatlarini ifodalovchilardir. Biroq, ular hali yetarlicha shakllanmagan edi. Shunga qaramay, ularning o‘zaro siyosiy kurashlari mamlakatning yanada rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa mamlakatning ikki partiyaviylik tizimiga asos solingan.
1679-yilda vigilar paralamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lishga erishadilar. Parlamentda 1679-yil 26-mayda konstitutsiyaviy kurash tarixida mashhur bo‘lgan Xabeas korpus akt (Habeas Corpus act), ya’ni shaxs huquqlari kafolatlari haqidagi akt qabul qilingan.
Xabeas korpus aktning qabul qilinishi so‘zsiz progressiv ahamiyatga ega bo‘lgan. U qirol hokimiyati tomonidan qilinadigan ta’qiblardan saqlab, daxlsizlik kafolatlarini o‘rnatgan. Keyinchalik, Angliyadagi eng muhim konstitutsiyaviy hujjatlardan biri bo‘lib qolgan.
Xabeas korpus aktning qirol Karl II tomonidan tasdiqlanishi uning taxt vorisi (ukasi) Yakov II ning taxtni egallashiga vigilarning qarshilik ko‘rsatmasligi sharti bilan amalga oshgan. Bu inqilobdan keyingi birinchi o‘zaro kelishuv bo‘lib, Angliya tarixi kelajakda ana shunday o‘zaro kelishuvlar ta’siri ostida rivojlangan.
Yakov II (1633–1701-y.) Angliya taxtiga 1685-yilda o‘tiradi va ochiqdan-ochiq burjuaziyaga qarshi siyosat yurgizadi. Katolitsizmni tiklashni ko‘zlaydi. Natijada parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallagan torilar bilan birga vigilar umumiy til topishadi. 1689-yil yanvarda «konvent» deb atalgan va favqulodda vakolatlarni olgan parlament Yakov II ni «taxtdan voz kechgan» deb e’lon qildi. Yakov II Londondan qochib ketganligi sababli qirol hokimiyatini uning kuyovi Gollandiya shtatgalteri Vilgelm Oranskiyga (1689–1702-y.) topshirdi. Shu vaqtdan boshlab Angliyada konstitutsiya monarxiya batamom o‘rnatildi. Inqilob juda ustalik bilan xalqning ishtirokisiz, qon to‘kilmay qilinganligi sababli «shonli inqilob» deb atalgan.
Parlament tarkibidagi torilar va vigilar partiyalari vakillarining qirol bilan yangi o‘zaro kelishuvlari o‘rnatiladi. Uning mazmuni siyosiy hokimiyat markazda ham, joylarda ham burjuaziya manfaatlariga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan yer egalari qo‘lida qolganligidir.
«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» yangi qirol Vilgelm III ning 1689-yilgi «Huquqlar to‘g‘risidagi deklaratsiya»si bo‘lib hisoblanadi. Amalda u qirol hokimiyatini cheklagan va parlamentning qonun chiqarish sohasidagi ustunligini o‘rnatgan. Shuningdek, unga binoan parlamentning vakolat muddati dastlab 3 yil, 1716-yildan 7 yil etib belgilandi.
Shunday qilib, «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill»ga binoan ijroiya va qonun chiqarish sohalari o‘rtasida chegara qo‘yildi. Qirol parlament bilan birgalikda qonun chiqarish faoliyatida ishtirok etib, unga mutlaq veto huquqi tegishli edi. Bundan tashqari, qirolda ko‘pgina ijroiya va sud hokimiyati saqlanib qolgan.
1701-yilgi «Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt» taxtning keyingi davrlarda aynan kimga va qaysi sulolaga o‘tishi mustahkamlangan. «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» kiritilgan yangi qoidalar qirolning umumpalata qoralagan siyosiy jinoyatchilarga nisbatan afv kuchiga ega emasligini e’lon qilgan. Parlament qonunlarining imzolanishi qirol ministrlariga yuklangan. Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyili bo‘yicha ular mansabidan parlament qarori bilan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan.
Shu tariqa hokimiyatning dualizmi saqlanishda davom etdi. XVII– XVIII asrlardagi Angliya davlat tuzumini dualistik monarxiya sifatida belgilanishi tasodifiy emas. Qirol va uning hukumati ham parlament oldida hech qanday javobgar bo‘lmagan.
XVIII asr Angliya konstitutsiyaviy rivojlanishida ikkita asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: parlamentning yuksalishi va ministrlar kabinetining tashkil topishidir.
Angliya parlamenti ilgarigidek, ikki palatali edi. Yuqori palata (lordlar palatasi) a’zolari o‘z o‘rinlarini yo meros bo‘yicha yoki mansab bo‘yicha yoxud qirolning tayinlashi bo‘yicha egallagan.
Quyi palata (umumpalata, jami 513 ta deputat ) saylov huquqi asosida tashkil qilingan. Torilar va vigilarning siyosiy partiyalari saylovchilar doirasini qisqartirish uchun mulk va yer senzlarini o‘rnatganlar (7 mln. 250 ming aholidan 150 ming saylovchi). Saylanuvchilarga nisbatan ham senz amal qilgan va bu parlamentda aristokratiyaning hukmronligini keltirib chiqargan. Aristokratlar o‘z vakillarini parlament deputatligi nomzodiga tavsiya etib, saylovda qatnashtirganlar.
1707-yildan qirol hokimiyatining veto huquqidan umuman foydalanmay qo‘yishi butun qonun chiqarish hokimiyatini parlamentga o‘tkazgan. Butun XVIII asr mobaynida parlament majlislari yashirin ravishda o‘tkazilgan. Bayonnomalar rasmiy ravishda bosib chiqarilmagan.
XVIII asr davomida britan monarxiyasida «hukumat javobgarligi» kabi yangi tamoyil ham o‘rnatilgan. Odatda, davlat boshqaruvidagi Yashirin kengashning a’zolari qirol tomonidan tanlab olingan. Vaqti-vaqti bilan u yoki bu a’zoga ma’lum tarmoqqa rahbarlik qilish topshirilgan. Ana shunday tartibdagi ministrlarning yig‘indisi kabinetni tashkil etgan.
Shu tariqa Yashirin kengashdan ministrlar kabineti ajralib chiqqan. Ammo, bu kabinet qonun bilan ham, nazariya bilan ham tan olinmagan. Lekin, amalda u nafaqat harakat qilgan, balki mustahkamlanib borgan. Uning majlislari maxfiy tarzda o‘tkazilgan. «Yashirin kengashning ba’zi a’zolari o‘rtasidagi tasodifiy kengash» deb hisoblangan. XIX asrning oxirigacha u o‘zining maxsus binosiga ega bo‘lgan emas.
XVIII asr boshlaridanoq qirol veto huquqidan foydalanmay qo‘yadi. Kabinet majlislarida ham qatnashmaydi. Natijada ministrlar kabineti qirol nomidan amalda mustaqil harakat qila boshlaydi. Davlat boshqaruvini o‘z qo‘lida to‘playdi.
1711-yilda «Qirol nohaq bo‘lishi mumkin emas» degan tamoyilning o‘rnatilishi kontrassignatura (qirolning hokimiyatdan mahrum bo‘lishi) qoidasining mantiqiy davomi bo‘lgan. Qirol o‘z imtiyozlarining birortasini ham mustaqil amalga oshira olmagan. Shu tariqa «qirol podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi» degan qoida vujudga keladi.
Parlament yordamida ministrlar kabineti tezda qirolni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi. Ministrlar kabinetiga birinchi ministr (premyerministr) – kabinet boshlig‘i boshchilik qilgan. Aslida, u parlamentda hukmron rol o‘ynovchi siyosiy partiyaning rahbari bo‘lgan.
Javobgarlikning kabinet a’zolari zimmasiga o‘tkazilishi ular faoliyati ustidan parlament nazorati o‘rnatilishiga olib kelgan. Kabinet a’zolarining parlament oldidagi individual javobgarligi XVIII asrning birinchi yarmida, birgalikdagi javobgarligi XVIII asrning oxirlarida shakllangan. Bu shunda namoyon bo‘lganki, kabinet a’zolarining siyosati umumpalata tomonidan ma’qullanmasa, ular iste’foga chiqishlari lozim edi.
Qirolning oliy mansabdor shaxslarni tayinlash va bo‘shatish huquqi parlament tomonidan cheklanadi. Bu esa uning ta’sirini yana kuchsizlantiradi. Qirol kabinet lavozimlariga faqat parlamentning ko‘pchiligi va liderlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanidigan shaxslardan tayinlagan.
XVIII asrning birinchi yarmida kabinet umumpalataning ko‘pchilik a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa faoliyat yuritishi mumkinligi tamoyili o‘rnatiladi. Budjetni tasdiqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega umumpalata kabinet siyosatiga qarshi bo‘lsa, mamlakatni boshqarib bo‘lmasligi tarixda bir necha bor o‘z aksini topadi. Faqat parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan partiyalarning liderlaridan tuzilgan kabinetgina parlament bilan hamkorlik qilishi mumkin edi. Shu tariqa yana bir yangilik – kabinetning partiyaviy asosda tashkil etish tartibi joriy qilingan.
Shunday qilib, XVIII asr mobaynida Buyuk Britaniyaning ministrlar kabineti qiroldan ajralib turgan. U umumpalata oldida javobgar hisoblangan asosiy mansabdor shaxslardan iborat tarkibdagi oliy boshqaruv organi bo‘lib qolgan. Bunday hukumat javobgar hukumat nomini olgan.

  1. asrning oxiri XIX asrning boshida Buyuk Britaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Buning asosiy sababi sanoat to‘ntarishi va agrar inqilobi bo‘lib hisoblanadi. Agrar to‘ntarish natijasida sanoat taraqqiy etadi.

  2. asrning boshiga kelib ancha rivojlangan siyosiy tizim qaror topadi. Jamiyatning sinfiy tuzilishidagi o‘zgarishlar siyosiy partiyalar – torilar va vigilarning ijtimoiy bazasida ham o‘z aksini topadi. Torilar pomeshchiklar va moliya burjuaziyasining konvervativ partiyasi, vigilar sanoan burjuaziyasining partiyasi bo‘lgan. XVII asr oxirlaridan XVIII asrning o‘rtalarigacha vigilar, XVIII asrning ikkinchi yarmidan XIX asrning o‘rtalariga qadar torilar hokimiyat tepasida turishgan.

XIX asrga kelib ingliz siyosiy tizimining eng muhim elementi parlament bo‘lib qoladi. Uning umumpalatasi alohida rol o‘ynagan. Burjuaziya va aristokratiyaning feodal vakillik organi bo‘lgan. Saylovlarning eski, inqilobdan oldingi tizimi qayta tiklanib, amal qilib kelayotganligi sababli saylov huquqi islohotlari uchun kurash yuzaga keladi. Butun XIX asr Buyuk Britaniyada shu kurash belgisi ostida o‘tgan.
XIX asr boshida, aynan Napoleon urushidan so‘ng Angliyada iqtisodiy va ijtimoiy hayot vaqtincha turg‘unlikka uchraydi. Parlament tomonidan biror bir jiddiy chora ko‘rilmaydi. Natijada xalq ommasi, sanoat burjuaziyasi, mayda burjuaziya va ishchilar siyosiy tuzumning demokratlashtirilishini va umumiy saylov huquqi joriy etilishini talab qilgan.
1830-yil iyulda parlamentga yangi saylov o‘tkazildi. Unda islohot tarafdorlari bo‘lgan vigilar ko‘p o‘rin oldi. Noyabr oyida vigilardan iborat yangi kabinet tuzildi.
1831-yilda hukumatning parlamentni isloh qilish haqida kiritgan qonun loyihasi 1832-yilga kelib har ikkala palatada tasdiqlandi. Parlament islohoti haqidagi qonunga binoan qishloqlar, shaharlar, Shotlandiya, Irlandiya va boshqa hududlarga ajratilgan mandatlar qayta taqsimlangan. Natijada saylovda mulk va o‘troqlik senzi o‘rnatiladi. Ochiq ovoz berish tartibi saqlanib qolgan. Umum palata burjuaziya parlamentiga aylangan va feodal vakillik tugatilgan.
Umum palatadagi o‘zgarishlar kabinetning qiroldan to‘la mustaqil bo‘lishi uchun imkon tug‘dirgan. Qirol tayanchi bo‘lgan aristokratiyaning parlament orqali kabinetga ta’siri cheklangan. Bu vaqtda qirollik imtiyozlari kabinet ixtiyoriga o‘tkazildi. Ministrlik hokimiyati parlamentda ko‘pchilik o‘rin olgan partiya qo‘liga o‘tdi. Kabinet parlament oppoziyasida rahbarlik mavqeini egalladi. Toj-taxt ahvolini belgilovchi, ya’ni «qirol podsholik qiladi, lekin boshqarmaydi» degan qarash qaror topdi. Bu shartli yozilmagan qoida ingliz parlamentarizmining eng muhim asosiy qoidasi edi.
1832-yilgi islohot natijasida siyosiy partiyalar qayta tug‘ildi. Torilar – konservatorlar, vigilar – liberallar partiyasi deb qayta nomlandi. Vaqt o‘tishi bilan liberalizm va konservatizm qudratli siyosiy oqimga aylanib, burjua jamiyati va davlati rivojining butun bir yo‘lini ko‘rsatib bergan.
1832-yilgi islohot markaziy davlat apparatining qayta tashkil etilishiga turtki berdi. Markaziy boshqaruv faoliyati kengaygan va jonlangan. Moliya ministrligidagi o‘rta asrlar mansablari tugatildi. Harbiy-dengiz ministrligi ancha soddalashtirildi. Ichki ishlar ministrligi va savdo ministrligi roli kuchaytirilgan.
Shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish islohoti o‘tkazildi. Shahar kengashlari boshqaruv, xavfsizlik va tartibot funksiyalarini amalga oshirgan.
1830–1840-yillarda ijrochilar siyosiy harakati – chartistlar (cherter – xartiya) harakati tomonidan Xalq xartiyasi e’lon qilingan. Unda 6 banddan iborat demokratik islohotlar dasturi ilgari surilgan. Biroq, Xalq xartiyasi haqidagi petitsiya parlamentda 1839, 1842 va 1848-yillarda uch marotaba rad etiladi. Chartizm ingliz burjuaziyasi va lendlordlarni faqat keyingi o‘n yilliklarda siyosiy islohotlarni amalga oshirishga majbur qilgan.
XIX asrning 50–60-yillarida sanoat burjuaziyasining klassik burjua parlamentarizmi shaklida siyosiy hukmronligi o‘rnatilgan. Umum palata XIX asrga kelib lordlar palatasini ikkinchi o‘ringa surib qo‘ygan va qirol hokimiyatining nufuzini tushirib yuborgan. Ular asosan o‘rta asr qonun va odatlari amal qilishidan manfaatdor bo‘lishgan.
Ushbu davrda yangi islohotlar o‘tkazish, saylov huquqini yanada kengaytirish uchun turli kuchlar birlasha boshlaydi. Oxir-oqibatda yozuvchi va siyosatchi, xazina kansleri va konservativ hukumat boshlig‘i Benjamin Dizraeli (1804–1881-y.) tomonidan parlamentga islohotlar dasturi taklif etiladi. Yangi parlament islohoti haqidagi ushbu Bill loyihasi Parlamentda qabul qilinib, 1867-yil avgustda qirolicha tomonidan imzolanadi. 1867-yilgi islohot deputatlik o‘rinlarini qayta taqsimlanishini nazarda tutgan. Unda hududiylik belgisi ko‘proq amal qilgan. Natijada, saylovchilar soni mayda burjuaziya, hunarmandlar va ishchilar hisobiga kengaygan. Biroq, saylov okruglarining noteng taqsimlanishi va mulk senzi saqlanib qolgan edi.

Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish