I. Boshlang’ich daraja – o’quvchining eshitganlari ularga berilgan namunalar, ko’rsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish ko’nikmasini ifodalaydi.
II. Algoritmik daraja – bilim va ko’nikmalar mazmunini tatbiq qila olish mahorati, berilgan algoritm bo’yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish ko’nikmasini ifodalaydi.
III. Evristik daraja – berilgan o’quv vazifalarini yechish uchun o’zgarishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, o’quv muammosini hal etish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.
IV. Ijodiy daraja – avval o’rganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi, sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi va mazmuni tubdan yangilandi. Shu sababli maktab ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etishga alohida etibor qaratilmoqda.
Umumta’lim maktablari o’quvchilari aqliy salohiyatining o’sib borishi, ularning ta’lim mazmuniga chuqurroq kirib borishga intilishi, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib, dunyo yangiliklaridan boxabar bo’lishga qiziqishlari o’qituvchilaprdan o’z ustilarida tinimsiz izlanishlami, bugungi kun nafasi bilan yashashlari hamda ta’lim sohasidagi eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lib borishlarini talab etadi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida o’z o’quvchilarini ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida qarashlarini tashkil qilishi, ularda mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirishi kerak bo’ladi. Albatta, zamonaviy o’qituvchi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy darsni tashkil etadi.
Zamonaviy dars berayotgan o’qituvchi didaktik o’yinlar, topishmoqlar, boshqotirmalar, testlardan darsning istagan vaqtida foydalanishi mumkin. Bu esa o’quvchilami izlanuvchanlikka, topqirlikka undaydi. Sinfda darsga bee’tibor bola qolmaydi. U dars jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. O’qituvchi esa yo’naltiruvchi, maslahatehi vazifasini otaydi. Bunda o’qituvchi muammoli topshiriqlar berib, o’quvchini ana shu vaziyatlarni hal qilishga o’rgatadi va buning natijasida o’quvchiga yangi mavzu ma’lumotlarini berib boradi.
Boshlang’ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo’g’ini bo’lgani sababli ana shu jarayonda o’quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko’proq e’tibor berilmog’i lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir. Eng avvalo, ular bilim dargohiga endigina qadam qo’ygan o’quvchilami maktab hayotiga ko’niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo’l ochib beradilar. Bolalarning o’qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu kichik maktab yoshidan shakllanadi. Bu ham boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi mas’uliyatli ekanini ko’rsatadi. O’qituvchilarning asl maqsadi o’quvchilarning o’quv istagi va shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ulami barcha darslarda faol bo’lishlariga jalb qilish, ta’limga bo’lgan qiziqish va mustaqillik tuyg’usini uyg’otishdir. Boshlang’ich sinfiarda o’qituvchi ishlash jarayonida yangi o’qish vositalarini izlab topishga, ilg’or pedagogik texnologiyalarni boshlang’ich ta’lim tizimiga tatbiq etishga harakat qilishi va bunga albatta, erishishi lozim.
Muammo shundaki, boshlang’ich ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning ayrimlarini tatbiq etishda qiyinchiliklar vujudga keladi. Ya’ni, yozish va o’qish malakalari to’liq takomillashmagan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga mos tushadigan texnologiyalarni tanlab olish yoki muayyan o’zgartirishlar kiritib, boshlang’ich ta’lim jarayoniga moslashtirish o’qituvchidan izlanuvchanlik va ijodkorlikni talab qiiadi.
Noan’anaviy darslar tashkiliy usullari, o’tkazish metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar an’anaviy darslardan ko’ra bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi.
O’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish asosida maqsadga erishish motivatsiya hisoblanadi, bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro ichki yaqinlashuvni yuzaga keltiradi. Bunda asosan o’quvchining faolligi oshib boradi va uni quyidagi omillar ta’minlaydi:
– o’quv materialini ongli ravishda o’zlashtirib olishga tayyorligi;
mustaqil faoliyat yuritishga tayyorligi;
faoliyatni tushunib, amalga oshirishi;
o’zining shaxsiy darajasini oshirishga moyilligi.31
Quyidagi motivlar esa darsda o’quvchi faolligini oshiradi:
o’z fikrini himoya qilishi;
– munozara, muhokamada faol ishtirok etishi;
– o’rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olishi;
– qoloq, o’zlashtirishi qiyin, bo’sh o’quvchilarga yordam berishi;
– o’ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olishi;
o’z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar yechishi.32
O’qituvchining o’z ishiga fidoyiligi, o’quv materialida yangiliklarning mavjudligi, noan’anaviy va yangi yo’nalishli darslarni tashkil etishi, ularni ommalashtirib borishi, muammoli, evristik, kompyuterli darslarni tashkil etishi, darslarda multimedia tizimidan foydalanishi, o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalari yuzasidan test-sinovlarini tashkil etishi, musobaqalar uyushtirishi, o’z o’quv faniga muhabbati, bolaga do’stona munosabatda bo’lishi o’quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir.
Yuqoridagi omillar o’quvchining turli fanlarga bo’lgan ijobiy munosabatini shakllantiradi va o’z navbatida dars samaradorligini oshirib, o’zlashtirishni kafolatlaydi.
Ma’lumki, o’qish darslari bolalarning aqliy, axloqiy tarbiyasiga, muomala odobiga, nutqining ravon, nafis, ifodali bo’lishiga, ruhiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shunday eka o’quvchilarni darsni qay darajada o’zlashtirishlari darsni tashkil etishga bog’liqdir. O’qish darslarini tizimli yondashuv asosida tashkil etish esa har bir mavzuni har tomonlama chuqur o’rganishga imkon beradi.
Bizga ma’lumki, o’qish darslariga badiiy asarlarni o’qish bilan bog’liq holda shaxsni estetik tarbiyalash, ya’ni bilim berish, e’tiqodlarni shakllantirish, maktabda o’qitiladigan fanlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini san’at asari sifatida o’rganish vazifalari yuklatiladi. O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |