O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


Boshlangich sinf o’qish darslariga innovatsion yondashuvning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati



Download 0,99 Mb.
bet6/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

Boshlangich sinf o’qish darslariga innovatsion yondashuvning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati

Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. Yangilik ko’pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi o’quv dasturlari kiritishni hamda qo’llanishga xosdir.


“Innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo’llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma”.25
Yunesko hujjatlaridan birida “... Yangilik albatta yangi bo’lishi shart emas, biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va o’z-o’zidan namoyon etilishi mumkin bo’ladi”-deb ko’rsatilgan.26
Innovatsion muammolari bilan bog’liq bir qator tadqiqotlarda o’zgarishlar yangilik bo’lishi, biroq har doim butunlay yangi g’oyalar yoki shakllar bo’lmaslik mumkinligi faraz qilinadi.
Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali o’quv-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirishga yo’naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik o’zgarishlarni tushunamiz. Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda o’qituvchining ijodiy faoliyati eng dolzarb muammo bo’lib qolmoqda (eng zarur pedagogik texnikani egallash, tarkibiy qismlari).
Shu boisdan o’qituvchi mahoratiga ko’p narsa bog’liqligi uning pedagogik tizimda tutgan o’rni haqida quyida batafsil to’xtalamiz:

  1. O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishish uchun ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.

  2. O’qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga to’g’ri keladigan o’quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o’quv dasturi bo’yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o’z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.

  3. O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo’lishi kerak: bu – jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma’lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo’llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil – talablarning ma’lum faoliyatini o’zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi o’quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug’diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: talabalarning o’qishga bo’lgan xoxishi, o’quv mehnatiga munosabati.

  4. O’qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga o’qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O’qitishning tashkiliy shakllari to’g’ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog’liq ekanligini bildiradi. Bu bog’lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo’lgan tashkiliy shakllar topish ta’limda rasmiyatchilikni yo’qotishga yo’l ochadi.

  5. O’qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo’lgan talabaning ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to’g’rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.

Pedagogikaning ijodiy salohiyati uning ijodkor shaxsni shakllantirishga intilmoqda, pedagogik odobning namoyon bo’lishi, empatiya, qobiliyat, tasavvurni rag’batlantirish, qiziqarli, muammoli savollarni berish va hokazo orqali amalga oshirilishi mumkin. Pedagogik ijodiyotda yangilik tushunchasiga, muhim o’rin ajratilib, uning vaqt va faoliyat tushunchalari bilan o’zviy bog’liqligi quyidagi ikki vaqtlarida namoyon bo’ladi: 1) o’tmish bilan bog’lanmaganligi va hozirgi vaqtda mavjudligi; 2) yangilikning ijtimoiy muhimligi sifatida amaliy ishlashi, lekin hali haqiqatni standartlashtirilish bosqichiga o’tmaganligi.
Pedagogika fanida innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion ta’lim, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab AQSH va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo’ldi. O’sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi.
Yaqin o’tmishda “Innovatsion ta’lim”, “Innovatsion faoliyat” va “Innovatsion jarayonlar” terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam kuzatilar edi. Innovatsion ta’lim so’zining zamirida yangilikni tashkil qilish, yangilikni o’zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi kompleks faoliyat yotadi.
Innovatsion ta’lim – ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta’lim konsepsiyasidagi, o’quv dasturlaridagi, usul va uslublardagi, tarbiya va o’qitish usullaridagi yangilik va o’zgarishlardir.
Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar so’zining tub ma’nosida pedagogikaning ikkita muhim – o’rganish, umumlashtirish va ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish muammosi va pedagogika fanlari yutuqlarini amaliyotga tadbik etish muammosi yotadi.
Shunday ekan, innovatsiyaning predmeti va innovatsion jarayonlarning tarkibi, mexanizmi bir-biriga o’zaro bog’lik bo’lgan jarayonlar jamlanmasi tarkibida bo’lishi kerak. Aynan, innovatsion faoliyat xizmat ko’rsatish bozorida ta’lim muassasalari o’rtasidagi raqobatbardoshlikning asosini yaratibgina qolmay, o’qituvchi kasb mahoratining o’sishini, ijodiy izlanishini, amaliy jihatdan ochib beradi. Shuning uchun ham, innovatsion faoliyat o’qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati va talabalarning o’quv jarayoniga ijodiy faoliyati bilan uzviy bog’liq.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.
Ta’limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
“Innovatsion faoliyat” tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mertchyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovor: - “Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o’qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko’p bo’lsa, o’qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi”.27
Innovatsion faoliyat bu – amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi bo’lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo’lishdir. O’qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o’quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;

  • o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Innovatsion muhit – pedagogik yangiliklarning vujudga kelishi, ularning jadal o’zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi.
Innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to’g’risida ma’lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash, ta’lim jarayonida bolaga do’stona munosabatni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat bu – ijodiy jarayon va pedagogik innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo’nalish tarkib topdi. Bu o’qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining umumiy va alohida jihatlarini F.N.Gonobolin, S.M.Godkina, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, N.D.Nikandrov, V.A.Slastenin, L.M.Fridman, A.I.Sherbakov28 kabi olimlar o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar.
I.Shumpater va N.Kondratevlar “Innovatsiya” tushunchasining ilk nazariyachilari deb hisoblansalar, K.Angelovskiy, V.A.Slastenin va V.I.Slobadchikovlar innovatsion faoliyat pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Jumladan, V.I.Slobadchikov shunday yozadi: “Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot sohasidagi faoliyatga o’xshatib bo’lmaydi, chunki bunday o’xshatish “Innovatsion faoliyat” termini ma’nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki har qanday ilmiy-texnikaviy faoliyat o’z tabiatiga ko’ra innovatsion hisoblanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko’rib chiqish zarur. Bu amaliyotni konkret subyekt nuqtai nazaridan va amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy o’zgarishlarga olib keladigan faoliyatni innovatsion faoliyat deb hisoblash mumkin”.29
Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyat amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir.
Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topmagan. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo’naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o’rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o’tiladigan uzilishlardir. Yana kattarok sabab esa nazariy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o’rtasidagi uzilishdir.
Innovatsion faoliyatga tayyorlash pedagogning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arseneva, K.N.Volkov, M.N.Skatkinlar pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilishda va ta’lim samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining yangiliklarni qo’llashga tayyorgarlik darajasi muhim o’rin egallashini asoslab berdilar. Bu pedagogik faoliyat tizimida innovatsion faoliyatning o’rnini belgilashga va bu faoliyatni tahlil qilishga imkon berdi.30
Yangilikni sezish jarayoni yangilikni kirituvchi innovatorlarga bog’liq bo’lib, barcha o’qituvchilar yangiliklarga bir xil munosabatda emasligi va ular bir vaqtda yangilikni seza olmasligini ta’kidlab Rodjers ularni quyidagicha tasniflaydi:

  1. novatorlar (yangilikka muntazam qiziqadigan, yangilikka doimo ochiq va har qanday tajribadan yangilik izlaydiganlar) – 2,5%;

  1. ilgarilab amalga oshiruvchilar (novatorlar izidan boruvchilar, lekin yangilik ketidan ko’r-ko’rona bormay, o’z jamoasi fikrini qadrlaydilar) – 13,5%;

  1. oldingi safdagilar (yangilikni amalga oshirishda ilgarilab ketishni ham, orqada qolishni qam xohlamaydiganlar) – 34%;

  2. keyingi safdagilar (ko’pchilik tomonidan yangilik qabul qilinishi va yangilik ijobiy natija berishini kutib turuvchilar) – 34%;

  3. ikkilanuvchilar (an’anaviy qadriyatlarga sodiq, yangilikni eng oxirgi saflarda qo’llovchi, yangilikning kirib kelishiga to’sik bo’luvchilar) – 16%.

O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida turli xil innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishi milliy dasturni ro’yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog bilimga chanqoq o’quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun-dastur, qo’llanma, darsliklar mavjud bo’lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatini tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Hamkorlikka asoslangan o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan, o’quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o’zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan o’rganish, ularga o’rgatish, ta’sir qila olish, o’zining va boshqalarning “men”ligini sezish, his qilish, o’zini boshqarish, fikrini lo’nda, puxta va aniq bayon qila olishga o’rgatishga qaratilgan interfaol o’qitish usullari tez rivojlanib, ijobiy samara bermoqda.
Bahsli, muammoli vaziyat – insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog’liq bo’lib, qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar o’quvchilarning aqliy kuchini zo’riqtiradi, u vaziyatni oydinlashtirish uchun yo’llar qidira boshlaydi, qiyinchiliklar bilan to’qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (to’qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O’zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyaga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi. O’quvchilar o’zlari bajargan topshiriqlarni qanday qilib bajarganliklarini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim.
Muammo hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o’rinlarini o’z so’zlari bilan ifodalab bera olishi o’qituvchi uchun muhimdir. Nemis pedagogi Disterveg tomonidan “Noqobil o’qituvchi haqiqatni aytadi qo’yadi, yaxshi o’qituvchi esa uni topishini o’rgatadi” deb aytilgan fikrlar bunda yana bir misol bo’la oladi. Bu o’rinda o’qituvchining vazifasi faqat mavzuni tushuntirib berish emas, masalani to’g’ri qo’ya bilishi, o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olishi, uning tuyg’ularini bezovta qila bilishi va muammoni hal etishda hamkor sifatida qatnashishdan iborat.
Bola faoliyati erkin bo’lsa, hurligiga dahl qilinmasa, unda shaxsga hurmat tuyg’usi paydo bo’ladi. Bahs jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligi bolani mutelikdan, ko’r-ko’rona itoatdan qutqaradi. Dars bir maqsad sari intilayotgan hamkorlikning yagona faoliyatiga aylanadi.
Pedagogik texnologiya doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirish quyidagi darajalardan iborat:

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish