O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 0,99 Mb.
bet14/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

1-topshiriq. O’qigan qismlarining mazmunini to’liq gapirib berishga tayyorlanish (Guruhning har bir o’quvchisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadi).
So’ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda oldingi guruhdagi bitta mutaxassis o’quvchi bo’ladi. Ular arra tishlari ketma-ketligida mavzuni – asar mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda o’rtoqlariga hikoyalab beradi.
2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob beradi:
1. Malika Kuzbor Malikka nima uchun o’g’li Jaliliddinni ayamasdan tarbiya qilishni topshirdi?
2. Kuzbor Malikning Jaloliddinga chavandozlik sirlarini o’rgatishining sababini izohlang.
3. Kuzbor Malikning Jaliloddinga o’q otish sirlarini o’rgatishining sababini izohlang.
4. Asar nima uchun to’rt qismga bo’lindi?
3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi topshiriqlarni bajaradilar va taqdimotga chiqadilar:
1. Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona ona sifatida baho bering.
2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan? Malikning malika Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz?
3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o’rgandi? U qanday shahzoda bo’lib yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?
4-topshiriq. Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:
1. Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko’rsatgan ehtiromlarini ifodalagan so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (ehtirom ila bosh egdi, tiz cho’kdi, buyuring, sadoqat ila, “Siz buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingizman, e’tirozga og’iz juftlamoqchi bo’ldi, bosh ustiga, ta’zim ila).
2. Malika Oychechakning Kuzborga ko’rsatgan ehtiromini ifodalovchi so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (yonidan joy ko’rsatdi, og’a, o’tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uni yuz-xotir qilmang).
3. Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (injiq-tantiq shahzoda bo’lmasin, chinakam bahodir yigit bo’lsin, alp yigit bo’lsin, zehni o’tkir, Jaloliddin valiahd, shogirdingiz bugundan, o’quvchingiz).
O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o’qiydi, o’qish ko’nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda yuqorida aniqlagan so’z va iboralarni nutqida qo’llaydi, nutqi rivojlanadi. Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o’quvchilar o’zlariga hozirgi davr nuqtai nazari bilan yondashib tegishlicha xulosa chiqaradilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp yigitlar, bahodir yigitlar bo’lib yetishishlari uchun harbiy bilimlarni egalamoqliklari kerak degan xulosaga keladilar.
Musobaqa tashkil qilish:
1. “Ifodali o’qish” musobaqasi. Hikoyaning bir qismini ifodali o’qitiladi.
2. “Eng yaxshi hikoyachi” tanlovi. Hikoya matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalatiladi.
O’quvchilarning topshiriqni tez, to’g’ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib, tayanch so’zlar tavsiya etish foydalidir. O’quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo’lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so’z boyligi yetarli emas.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolalar o’qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o’rganib qolmasliklari uchun ko’proq ularning o’zlarini mustaqil fikrlashga da’vat etish lozim. O’quvchilar e’tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo’ldi? Seningcha qanday bo’lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma’qullab, yana o’ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag’batlantiruvchi so’zlarini ishlatish foydalidir. Masalan, “O’roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O’roq nega afsuslandi? Kombayn unga nima dedi? kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e’tibori tortiladi har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o’rgatiladi.
Dastlabki bajargan mustaqil ishidan bola mamnun bo’lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og’zaki yoki yozma tarzda bo’lishi mumkin.
Bola yozishdan oldin o’ylaydi, fikrini og’zaki jamlaydi, so’ng uni yozishga kirishadi. O’z fikrini bayon qilish yoki qo’yilgan biror savolga yo masala yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og’zaki) nutq asosida paydo bo’ladi va mustahkamlanadi.
Masalan, o’quvchi o’z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o’ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o’z-o’zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi). Insho yozishining dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o’qib, og’zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o’ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
Mustaqil ishlar o’quvchilarni toliqtirmasligi, zerikib ishdan ixloslari qaytmasligining oldini olishga qaratilgarl bo’lmog’i lozim.
Mustaqil ishlarga sarflanadigan vaqt 10-15 daqiqi bo’lishi, iloji boricha shu muddat ichida ham dam olisri daqiqalari o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarni mustaqil faoliyatga o’rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • beriladigan har bir topshiriq o’quvchilarning imkoniyatlariga mos bo’lsin va qiziqishini uyg’ota olsin;

  • ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo’naltirilsin, o’quvchiga tushunarli bo’lsin;

  • ishni bajarishda bolalarda o’ziga ishonch hissi uyg’onsin, ishga kirishishda ular o’zlarida dadillik sezsin;

  • mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o’quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz)!

  • topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;

  • topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum yaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bolalarni shu talabni bajarishga ko’niktirish lozim;

  • ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo’lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo’lmasligi) kerak;

  • topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;

  • darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik boo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me’yorlash kerak. Bolalar darsdan so’ng (og’ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko’proq ochiq havoda bolib, harakatli o’yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o’tkaib, unda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o’zlashtirish yaxshi bo’ladi.
Shuning uchun uy vazifalari oson bo’lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim. Hozirgi kunda maktablarda iqtidorli bolalar soni tobora ortib bormoqda. Bunday bolalar bilan alohida ishlagan ma’qul. Topshiriq turlarini bolalarning imkoniyatlariga qarab almashtirish, masalan, bir hikoya yoki she’rni ichda o’qitib, o’qitib mazmuni yuzasidan savollarga javob berishni mashq qildirish maqsadga muvofiqdir (matn oxirida berilgan savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan doskaga yozib qo’yilgan bo’lishi kerak).
Mustaqil ish turlaridan yana biri tanlab o’qishdir. Bu o’qish turi o’quvchiga ancha yengillik beradi. Chunki o’quvchi oson, goh murakkab parchani tanlaydi. Harqalay, o’z kuchiga ishonib ish tutganligining o’zi uning mustaqilligidan dalolat beradi.
Asarda ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlarini tushunib olishda ham tanlab o’qish juda katta yordam beradi.
Bunda o’quvchilar matndan asarda ishtirok etgan qahramonlarni tasvirlovchi materiallar tanlaydilar. Ularning tashqi ko’rinishlarini tasvirlovchi yoki ichki kechinmalarin ifodalovchi jumlalarni topadilar.
Tanlab o’qish va badiiy matn ustida ishlash bolalarni ko’pgina boshqa qiziqarli ishlarga, jumladan, ifodali o’qishga yo’llaydi. O’qituvchi bolalarga biror asardan ayrim qismini tanlab o’qish topshirig’ini beradi. O’quvchilar topshiriqni bajaradilar. O’qituvchi ular bilimini tekshiradi va quyidagicha topshiriq beriladi:
- Bolalar, endi shu matnni ifodali o’qishga tayyorlaning.
Bolalar bu topshiriqni astoydil bajarishga urinadilar, lekin ifodali o’qish ular uchun ancha qiyinlik qiladi, shuning uchun o’qituvchi bu o’qish turining ba’zi unsurlarinigina shakllantiradi va asta-sekin takomillashtirish boradi. Shunday qilinganda bolalar bu o’qish turini o’zlashtirishga, o’z o’qishlaridan bahra olishga odatlanadilar.
O’qituvchining ifodali o’qishi bolalar uchun namuna bo’ladi. Ular o’qituvchiga taqlid qilib, ovozlarini boshqarishga harakat qiladilar va mustaqil o’qishni boshlaganlarida shunga amal qiladi.

2.3. “O’qish” darsligida berilgan she’rlar orqali innovatsion faoliyatni tashkil etish


Boshlang’ich ta’limda o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar o’quvchilar qalbida chuqur iz qoldiradi, ularni sevintiradi, qayg’ulantiradi, o’ylab mushohada yuritishga undaydi.
O’qitiladigan har bir she’r bolalarda yaxshi taassurot qoldirishi, estetik zavq uyg’otishi va ularning yodida uzoq vaqt saqlanib qolishi, shu bilan birga, asardagi timsollar va asarning tili bolalarda emotsional ta’sirchanlikni tarbiyalash kerak. Bolalarning estetik didini o’stirib, uni ravon va ta’sirli nutq egasi bo’lishga o’rgatish kerak.
O’qish kitoblariga kiritilgan har bir mavzu oxiridagi maxsus savol – topshiriqlar asar tilini o’rganishda juda zarurdir.
Shu savollarga o’xshash, qo’shimcha savollar tuzishga o’rgatish, topshiriq turlarini xilma-xil qilish va ularni mustaqil bajartirish, tushunilishi qiyin so’zlarni alohida izohlab berish kerak.
O’qish darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini izchillik bilan bayon etishlarini ta’min etish, har bir bolaning o’qish tezligini kun sayin oshirish, uni she’r ustida ishlashga o’rgatish va undash ko’zda tutiladi. O’quvchining tafakkuri va tasavvurini o’stirish, og’zaki va yozma nutqi shuningdek, lug’at boyligini rivojlantirish, o’quvchilarda ma’naviy va ma’rifiy axloqiy did va farosatni tarkib toptirish kabi muhim masalalarga jiddiy e’tibor beriladi.
1-sinf o’qish darslarida bolalar diqqat-e’tibori o’qilayotgan she’r mazmunini ochib berishda, ayniqsa, muhim bo’lgan so’z va iboralarni, fikrlarni ajratishga, so’roq, undov va darak gaplarning ohiridagi intonatsiyaga rioya qilish zarurligiga talab etiladi, ularni dialogli gaplarini o’qish malakasini egallashda o’rgatiladi.
Dars jarayonida o’quvchilarda narsa va voqealar haqida muayyan tasavvurlarni tarkib toptirish va o’stirish bilan bir vaqtda ular tez va ravon o’qishga va she’r bilan muntazam ishlashga o’rgatiladi.
O’qituvchi o’quvchilarning o’rganiladigan har bir mavzusining asosiy mazmuni va g’oyasini tushunib olishlariga, mavzu voqealari orasida ichki bog’lanishlarni to’g’ri anglab olishlariga erishmog’i lozim.
O’quvchilarning o’qituvchi yordamida o’qitilayotgan asar mazmunini va g’oyasini tushunib olishlarida she’rning tili, undagi obrazli ifodalar va ayrim iboralarga ularning diqqatini tortish hamda bu obrazli ifodalar va iboralarni o’z nutqlarida o’rinli ishlatishga o’rgatish muhimdir. O’qituvchi o’quvchilarning she’r o’qish jarayonida tushunmaydigan so’zlarni avval o’zlaridan so’rab aniqlashi va izohlashi lozim yoki tushunish lozim bo’lgan so’zlar she’r o’qilmasdan oldin izoh berilish kerak.
O’qituvchi she’r matnini ifodali o’qib tugatgach, mazmuni so’zlatiladi. O’quvchi oldiga matn ustida ishlash vazifasi qo’yiladi. O’qituvchi o’qilayotgan gaplarning mazmunini ohang yordami bilan bilib olishi, mantiqiy urg’uni qanday farqlashi kerakligini o’quvchilarga har bir o’qish darsida tushuntirib borishi kerak.
O’qish darslarida bola she’rni ongli, to’g’ri, ravon, tushunib ifodali o’qigan taqdirdagina uning mazmunini yaxshi o’zlashtiradi va yod oladi. O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asarni muntazam mutolaa qilib, yod olib borish istagini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarda badiiy asarni, she’riy asarni mustaqil holda mutolaa qilishni shakllantirish badiiy asardagi jozibali tomonlarni ko’ra olish, tushunish va his etishga bog’liqdir. Bu o’quvchida bilim va tajribaning kengligini, badiiy mushohada qobilyatlarining rivojlanishini talab etadi. O’quvchida she’riy asardagi voqealar rivojini, uning ichki bog’lanishini, qahramonlarning ruhiy holatini aniq tasavvur etishi asosida badiiy mushohada shakllanadi.38
Mushohada yurita olgan o’quvchigina she’rni tushunib,undan ma’naviy ozuqa oladi. O’quvchilarda she’riyatga qiziqish, o’qishga, yod olishga havas uyg’otish maktab ta’limi sohasida olib boriladigan umumiy ishning uzviy qismi hisoblanadi.
Shu boisdan ham boshlang’ich ta’limning maqsadi, vazifasi, tartibi va yo’llarini o’rganadigan didaktika tashqi olamning inson faoliyati va hatti- harakatiga, ruhiyatiga ta’sir etish qonuniyatlarini o’rganuvchi ruhiyat, shuningdek badiiy adabiyotni tadqiq etuvchi adabiyotshunoslik fanlari bilan bog’lanib ketadi. Maktab ta’limidagi pedagogik jarayon juda murakkab hodisa bo’lib, bu jarayonda o’qituvchi beradigan ta’lim o’quvchilarning o’quv mashg’ulotini bajarishi bilan uzviy bog’liq. Har bir fan, ayniqsa, o’z hususiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin fanlar badiiy adabiyot, til, tarix, musiqa, tasviriy san’at maktabda uzviy o’rganiladi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida she’r ustida ishlashda asar tilini o’rganish orqali qaysi she’r xususida fikr yuritilmasin, hamma hollarda ham boshlang’ich ta’limning o’ziga hos hususiyatlari nazarda tutiladi. Bu hususiyatlar quyidagilardan iborat: sinf o’quvchilarining yoshi, bilim saviyasi fikrlash qobilyatiga qarab munosabatda bo’ladi. Har bir mavzudagi she’r hayotga, mehnatga, mahalliy sharoitga mumkin qadar bog’lab o’tiladi. O’quvchilarning mustaqil fikrlashiga, qobilyatlarining rivojlanishiga ahamiyat beradi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida qaysi she’rni o’rganishga kiritilmasin, o’quvchi, avvalo, uning matni ustida ishlashga alohida ahamiyat beradi. Bu esa she’rning g’oyaviy mazmunini o’zlashtirish hamda uni tahlil etish, badiiy qimmatini aniqlash, she’r qahramonlariga tavsif berish uchun zamin hozirlaydi, eng muhimio’quvchilarni mustaqillikka o’rgatadi.
Boshlang’ich sinflarda she’riy asar soddaroq qilib tahlil qilinadi. Masalan: 3-4-sinflarda she’riy asar tili o’rganilayotganda 1-, 2-sinflardagi she’r tilini o’rganish yuzasidan olgan bilimlari hisobga olinib, tilni o’rganish yuzasidan olgan bilimlari hisobga olinib, tilni o’rganish jarayoni biroz murakkablashadi, boyitiladi, rivojlantiriladi. She’rdagi tushunilishi qiyin so’zlar izohlab o’qiladi, o’quvchilarning tajribasi asosida suhbat o’tkaziladi.
Boshlang’ich sinflardagi “O’qish kitobi”ga kiritilgan she’r mavzulari bolalar adabiyotini so’z san’atidagi tarbiya vositasidir.
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari bolalarni ongli, to’g’ri, ravon, ifodali va tushunib ta’sirli o’qishlarini ta’minlaydi. Tevarak-atrofdagi voqealarga ongli munosabatda bo’lish kabi zaruriy malakalarni hosil etishda yetakchi ro’l o’ynaydi. O’quvchilarni axloqiy, estetik ruhda tarbiyalashga, nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini farqlashga, yaxshi ishlarga ergashish, illatlardan yiroq bo’lishga o’rgatadi.
O’qish darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish bilimlarini izchillik bilan bayon etishlarini tashkil etish har bir bolaning she’r o’qish malakasini o’rganish va o’qish tezligini kun sayin oshirish, uni badiiy til ustida ishlashga o’rgatish va undash: o’quvchining tafakkuri va tasavvurlarini o’stirish, og’zaki va yozma nutqi, shuningdek lug’at boyligini rivojlantirish o’quvchilarda ma’naviy- marifiy, axloqiy did farosatni tarkib toptirish kabi muhim masalalarni jiddiy e’tibor beriladi.
Boshlang’ich ta’limda muammoli vaziyatning har xil turlari bo’lib, o’qituvchi bolalarda qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan topshiriqlarni, zehnni o’tkirlashtiradigan masalalarni bajarish uchun berishlari kerak. O’quvchilar masalani hal qila olishni, buning uchun nima haqida gap borayotganini tasavvur etishi va fikrlashning to’g’ri yo’nalishini topishi zarur. Zehn va topqirlikni o’stiradigan topshiriqlar hamda masalalar bolalarni mantiqan to’g’ri fikrlashga, o’zlari uchun tushunarli xulosalarni chiqarishga o’rganadilar.
Muammoli ta’lim ilmiy bilishning asoslaridan biridir. Ilmiy muammo o’quvchilarni fikrlashga, xulosa qilishga, natija chiqarishga, o’z fikrini aniq va ravshan bayon qilishga o’rgatadi. Shu bilan birga, ularda fan asoslarini o’rganish uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga har qanday o’quv muammosini emas, balki faqat ular tushuna oladigan va sub’ektiv muammo sifatida qabul qilishi mumkin bo’lgan muammolarni qo’yishi kerak.
Muammoli vaziyat – o’quvchining ma’lum psixik holatidir. Bunday holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash, o’quvchilarda predmet to’g’risidagi. ishni bajarishning usuli yoki shartlari to’g’risidagi yangi bilimni izlash ehtiyojini uyg’otadi.
Muammoli-didaktik savol aqliy faollikka, uni o’rgatishga rahbarlikning eng muhim vositalaridan biridir.39
Bunday savolning javobi kamchiliklarini to’ldiradi, noma’lumni aniqlaydi, o’xshashlik va farqni topadi, xususiy fikrni ifodalaydi, shuningdek sxema yoki belgi bilan tushunilgan narsalarning ma’nosini anglatadi. Savol-javob qaytaruvchiga til jihatidan yordam beradi. Chunki, javob uchun zarur so’zlarning ko’pi o’qituvchining savolida beriladi.
Didaktik savollar o’quvchilarga ma’lum bilish harakatlarini bajarishni taklif qiladi va tabiiy bilish vaziyatini yaratadi. O’qituvchi o’quvchini yangi faktlarga, voqea-hodisa yoki jarayonlarga ro’baro qiladi. U bunda nimani aniqlash kerakligini oldindan biladi. Shuningdek, pedagog sifatida o’zi nazarda tutgan ma’lumotni qanday yo’llar bilan mustaqil holda bilib olishini his etadi. Shu bois o’qituchi sinfga tayyor natijani e’lon qilmaydi, balki o’quvchilarni mustaqil bilish yo’lidan o’zlariga ma’lum va izlanayotgan natijaga olib borayotgan harakat va bilimlarni qo’llash yo’liga yo’naltiradi.
She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.40
She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea- hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o’qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir.
She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg’ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi.

  1. sinfda Q.Hikmatning “Qish to’zg’itar momiq par” she’rini41 o’rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o’qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib beradi.

Ma’lumki, qish fasli go’zal ko’rinishi bilan odamda yoqimli tuyg’ular uyg’otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynashdan olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, dala-bog’lar kishida ajib bir kayfiyat uyg’otadi.
Qish to’zg’itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o’rganish jarayonida agar qor yog’magan bo’lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo’shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo’lib tovlanishiga, ko’zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o’rganish darsi dastlab o’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning o’ziga xos belgilari, qishda o’ynaladigan o’yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. O’quvchilarning qish faslida sovuq bo’lishi tufayli ayrim qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to’ldiriladi. Shundan so’ng o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi.
Quyida she’riy asarni o’rganish bosqichlarini bir she’r misolida yoritishga harakat qilamiz.
She’riy asarni o’rganishni quyidagi kabi bosqichlarda tashkil etish mumkin:


  1. Download 0,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish