O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 0,99 Mb.
bet17/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

4-topshiriq: Shoir quyidagi misralarda nimalarni nazarda tutadi?
Osmon elak nazdimda Shahrimizga un separ...
O’ra kumush choyshabga O’lkamning har yog’ini.
5-topshiriq. She’r matni asosida xattaxtaga yozilgan so’zlarning ma’nosini izohlang: to’zg’itar, momiq par, oq namat, nazdimda, zarra.

  1. She’rdagi qahramonlar ustida ishlash.

  • She’rda nimalar haqida gap boryapti? Ularni she’rdagi qahramonlar deyish mumkinmi? Nima uchun?

  • She’rda ishtirok etgan qahramonlarni ayting (Qish, izg’irin, avtobus, osmon).

  • She’rda kim g’orga qarata gapiryapti? (SHoir)

  • Shoirning qorga qarata aytgan gaplarini topib o’qing.

  1. Ijodiy ish uchun topshiriq: She’r mazmuniga mos rasm chizish.

She’rdan olgan taassurotingizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda sher matnidagi quyidagi soz va iboralardan foydalaning: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izgirin, fayz beradi, oq kiyimda.
She’r matni tahlili PIRLS nazorati talabi asosida quyidagi tartibda ham tahlil qilinishi mumkin:

  1. Q.HikmatningQish tozgitar momiq parsherida qishning tabiati kimning tilidan bayon qilingan?

  1. Shoir - Qudrat Hikmat tilidan.

  2. O’quvchi tilidan.

  3. Mahalla odamlari tilidan.

  4. Bobo tilidan.

  1. Shoir qorning yogishini nimaga oxshatadi?

  1. Oq namatga.

  2. Momiq parga.

  3. Oq bulutga.

  4. Oq choyshabga.

  1. Jonlantirish qo’llangan misralarni toping.

  1. Mahalla-ko’y ko’chada Chuvullashib qor kurar.

  2. Pirpiratib ko’zini Avtobuslar o’tadi.

  3. Ora kumush choyshabga O’lkamning har yog’ini.

  4. Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ.

  1. O’xshatish qo’llangan misralarni toping.

  1. Esib sovuq izg’irin -Tezroq yur! - deb buyurar.

  2. Qorga deyman: -Namuncha Zeriktirding uchqunlab.

  3. Yog’masding-kuilgari Surunkasi uch kunlab.

  4. Qahraton qish hovurni Mo’rkon kabi yutadi.

“Tomlar kiyda oq qalpoq” she’rning davomini yozing.

  • Shoir “Yetar shuncha yog’ganing, Uzoq dala-qirga bor! Ular seni kutmoqda” misralari orqali nima demoqchiligini yozing.

  • Jonlartirish qo’llangan misralarni topib yozing.

  • O’xshatish qo’llangan misralarni topib yozing.

  • Shoir she’rni nima uchun “Qish to zg tar momiq par” deb nomlagan?

  • Qudrat Hikmatning yana qaysi she’rlarini o’qigansiz?

Xulosa qilib aytganda, she’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji harakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuygular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog’liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag’zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zamiridagi yashirin ma’noni o’qish va anglash boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mashaqqatli vazifadir.
IKKINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini yaratish, ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak. Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va interfaol usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o’yinlar o’qish darslarida o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim.
O’qish darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish bilimlarini izchillik bilan bayon etishlarini tashkil etish har bir bolaning she’r o’qish malakasini o’rganish va o’qish tezligini kun sayin oshirish, uni badiiy til ustida ishlashga o’rgatish va undash: o’quvchining tafakkuri va tasavvurlarini o’stirish, og’zaki va yozma nutqi, shuningdek lug’at boyligini rivojlantirish o’quvchilarda ma’naviy- marifiy, axloqiy didni tarkib toptirishga hamda ularda innovatsion faollikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish