O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


She’r matni tahlilidan oldin o’quvchilarni she’rni o’qish va tushunishga tayyorlov



Download 0,99 Mb.
bet15/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

She’r matni tahlilidan oldin o’quvchilarni she’rni o’qish va tushunishga tayyorlovchi, ularni fikrlashga undovchi metodik ishlar amalga oshiriladi. Bunda she’r mavzusiga bilan aloqador topishmoqlardan, afsonalardan foydalanish bir usul sifatida qo’llanishi mumkin:

Oppoqqina dasturxon
Yer yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)
Yoki qor haqidagi afsonalardan hikoyalab berish mumkin: Qadimda osmondan un yog’ilar ekan. Odamlar o’z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko’z boy unlarning o’ziga keragidan ham ortig’ini qoplab o’z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O’z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. Shunda osmon-u quyosh va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo’yishibdi.
Savol: Bugungi darsimizda qaysi mavzudagi asarni o’rganar ekansiz?

  1. O’quvchilarning qish fasli haqidagi dastlabki tushunchalarini aniqlash. Buning uchun qish fasliga xos xususiyatlarni Klaster metodidan foydalaniladi. O’quvchilar tarmoqlash usulida qish fasliga xos xususiyatlarni yozadilar (2.3.1-rasmga qarang):


2.3.1-rasm. Qish fasliga xos xususiyatlar.


  1. Xattaxtaga mavzu - «Qish to’zg’itar momiq par» (Qudrat Hikmat) yoziladi. O’quvchilardan she’r muallifining yana qaysi she’rlarini o’qib o’rganganliklari va ularning qaysi mavzuda ekani haqida suhbat o’tkaziladi hamda shoir haqida qisqa ma’lumot beriladi:

Qudrat Hikmat – isteododli bolalar shoiri. U qisqa umr ko’rgan. SHoir o’z ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag’ ishlagan.
Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. Birinchi she’rlari 1945-yilda bolalar gazetalarida bosildi. 1960-yildan boshlab bolalar nashriyotida ishladi.
Uning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1952), “Obodlik” (1953), “Do’stlik” (1954), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator she’riy to’plamlari nashr etilgan. Keyinchalik “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “O’g’lim bilan suhbat” kabi kitoblari bosilgan. (Kitoblari ko’rsatiladi. Ular o’qishga tavsiya etiladi.)


  1. Download 0,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish