O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


III BOB. INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI



Download 0,99 Mb.
bet18/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

III BOB. INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI

3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi

Respublikamizda boshlang’ich sinf o’quvchilarining dunyoqarashi va innovatsion faolligini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy va tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, ilmiy-metodik ta’minot va axborot-ta’lim muhiti, innovatsion ta’lim muammolari yechimini topishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy jamiyatning istiqboli bugun kamol topayotgan yoshlar tomonidan bunyod etiladi. Shu sababli yosh avlod tarbiyasini tashkil etish eng muhim ijtimoiy-pedagogik vazifa sanaladi. U qanday zamon, qaysi makon bo’lishidan qat’iy nazar hamisha ushbu vazifaning ijobiy hal qilinishi jamiyatning diqqat markazida bo’lmoqda.


“Ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarda, ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun o’quvchilarning innovatsion axborotlardan foydalanishi va bilimlarni mustaqil baholashi, mavjud muammolarni o’zlashtirish kabi zaruriyatlar vujudga keldi”.42 Shunday ekan boshlang’ich sinf o’quvchilariga zamonaviy o’qitish uslublari − zamonaviy texnologiyalar, interfaol uslublarning o’rni beqiyosdir. 43
Interfaol − (inter − bu o’zaro, act − harakat qilmoq) insonlar bilan o’zaro suhbat, muloqotda bo’lishni anglatadi. Interfaol usullarda pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi ular quyidagilar:
1. Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida o’qituvchi va o’quvchining innovatsion yondashuvga asoslangan hamkorlik faoliyati muntazam olib borilishi talab qilinadi.
2. O’quvchining dars davomida mustaqil fikrlashi, ijod qilishi, yuzaga kelgan masalalarga befarq bo’lmasligi va izlanishga jalb etilishi.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars jarayonida o’rgangan yangi tushunchalar va mavzuga bo’lgan qiziqishi ta’minlanishi.
4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsga bo’lgan e’tiborlarini innovatsion yondashgan holda kuchaytirish.
Dars jarayonida kutilayotgan natijaga erishishda qo’llaniladigan pedagogik ta’lim texnologiyasi, boshlang’ich sinf o’qituvchisi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib, har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar yuzaga kelgan muammolar haqida mustaqil fikrlab, tahlil etib, o’zlari xulosa qilsalar, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatiga sharoit yaratib bersa, demakki, ana shu pedagogik texnologiyani qo’llash asosida o’qitish jarayonning asosi hisoblanadi.44
Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarini tashkil etishda mavzularga mos keluvchi innovatsion metod va didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini uyg’otib, darsga o’ziga xos jozibadorlikni kiritadi, qisqa vaqt ichida mavzu va unga oid muammolarni tarbiyaviy tomonlarini hal qilish, xulosalar chiqarish, erkin fikrlash hamda mustahkam bilimga ega bo’lishga yordam beradi. Chunki, psixologlarning ta’kidlashicha, inson xotirasida eshitilgan ma’lumotning 20 foizi, ko’zi bilan ko’rgan ma’lumotning 30 foizi, eshitgan va ko’rgan ma’lumotning 50 foizi, amalda bajargan ishining 90 foizi saqlanib qolishini bir qator soha mutaxassislar tomonidan o’z ilmiy asarlarida yoritib berishgan.
Jumladan, o’yin metodida o’tkazilgan darslar juda tushunarli va qiziqarliligi bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’ziga jalb qilishligi bilan harakterlanadi. Digaktik o’yinlar individual, guruhiy va jamoa tarzida olib borilishi o’qituvchi tomonidan ilg’or pedagogik mahoratni qo’llagan holda dars jarayonida olib boriladi. Individual o’yinlarda har bir o’quvchi o’zi alohida o’yin uslubidan kelib chiqqan holda ishtirok etadi. Guruhiy o’yinlarda 3-5 o’quvchilardan iborat guruhlar tuzilib, o’yin ular orasida olib boriladi. Jamoa o’yinlarida butun sinf o’quvchilari ishtirok etadilar. Dars jarayonida quyidagi ishchan o’yinlardan foydalanish zaruriyati mavjud.Bular quyidagilardan iborat:

  • mavzuga oid muammoli o’yinlar;

  • egallangan bilimlarni mustahkamlashga oid o’yinlar;

  • o’zlashtirilgan bilimlarni qaytarish va nazorat qilishga moslashtirilgan o’yin turlari.

Tajriba-sinov ishining natijadorligida shuni ko’rishimiz mumkinki, mavzularga doir topshiriqlarni bajarishda o’quvchilar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rganadilar. Shuning bilan bir qatorda ularda tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmalari rivojlanib boradi. Bunday topshiriqlar o’quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Amaliy metodlar o’qitishning og’zaki metodi bilan birgalikda qo’llanishi kerak. Chunki topshiriqni bajarishdan avval, o’qituvchi o’quvchiga uni tushuntirib berishi lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida atrof-muhitni kuzatishga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda iborat bo’lib, ular asosan mashg’ulot, tabiat qo’yniga sayohat, kundalik hayot tarzida amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarni olib borishning ta’limiy ahamiyati shundaki, boshlang’ich sinf o’quvchilari mashg’ulotlarda berilishi yoki aniqlanishi hamda umumlashtirilishi lozim bo’lgan bilim hajmi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi, nutqi va qiziqishlarini o’stiruvchi, dunyoqarashini va mustaqil o’qish ko’nikmalarini hamda qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bo’lmog’i zarur. Tarbiyaviy ahamiyati esa o’quvchilarda kattalarga hurmat, Vatanga, tabiatga mehr-muhabbat, tabiatni avaylab-asrash, tabiat bergan ne’matlardan o’z o’rnida unumli foydalanish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida innovatsion yondashuvni tatbiq etish asosida o’quvchilarda mustaqil o’qish faolligi va ijodiy dunyoqarashni shakillantirishda o’qituvchining innovatsion faoliyati eng muhim jarayon sanalar ekan, bunda “O’qish” darslarida bir qancha metod va usullardan foydalanish mumkinligi xususida yuqoridagi boblarda turlicha yondashuvlar bayon etildi. Ushbu taklif va tavsiyalar asosida tajriba-sinov ishlari tashkil etildi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish