O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
3.06.2022. Кохинур магис. дисс
Tadqiqot doirasida tajriba-sinov jarayoni quyidagi yo’nalishlar asosida tashkil qilindi: a) tajriba-sinov uchun ta’lim muassasalarida maxsus tanlab olingan guruhlarda (birinchi guruh – an’anaviy ish olib boriladigan guruh; ikkinchi guruh – “O’qish” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etishda, o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikmalar, innovatsion faollikni shakllantirish bo’yicha maqsadli dastur asosida ish olib boriladigan guruh) ilmiy-amaliy ta’lim jarayonini tashkil qilish; b) keng ko’lamda tashkil qilingan o’quvchilar uchun mo’ljallangan turli tadbirlari asosida tajriba-sinov ishlarini va ijtimoiy so’rovnomalarni tashkil etish. Namangan viloyati – son umumiy o’rta ta’lim maktab boshlang’ich sinflarining “O’qish” darslarini tashkil etish jarayoni tajriba-sinov maydonchasi etib belgilandi. Tajriba-sinov jarayoniga jalb qilingan guruhlar bilim darajalarini baholanish mezonlari ishlab chiqildi. Barcha guruhlar o’zaro teng vaziyatda va bir xil mazmunda tajriba-sinovdan o’tkazildi. Guruhlarda o’tkazilgan tajriba-sinov jarayonlariga boshlang’ich sinf o’quvchilari jalb etildi. Tajriba-sinov jarayonlarida matematik-statistik, anketa, suhbat, intervyu olish, eksperiment, pedagogik kuzatish, ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish, test olish kabi zamonaviy usullar qo’llanildi. Tajriba-sinov ishlari 2020-2022 yillarda olib borildi va uch bosqichdan iborat bo’ldi. Birinchi bosqich: 2020-2021 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, bu davrda kitobxonlik madaniyati tushunchasi, uning mazmuni, pedagogik-psixologik xususiyatlari bo’yicha mavjud ilmiy-nazariy adabiyotlarni o’rganish, pedagogik tadqiqot uchun baza tayyorlash, pedagogik tadqiqot olib borish mezonlarini aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi. Bu davrda belgilab berilgan ilmiy mavzuga hamohang tarzda muammo bo’yicha mavjud ahvol va ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilindi. Boshlang’ich sinflarda innovatsion yondashuv asosida darsni tashkillashtirish bo’yicha materiallar respondentlar tarkibi uchun maxsus tarzda umumlashtirildi, materiallar tanlandi. Tadqiqotni olib borish metodlari aniqlandi. Ikkinchi bosqich: 2021 yil. Mazkur bosqichda dissertatsiya materiallari jamlandi va tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar muntazam tarzda turli maqola, tezislar, ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalardagi ma’ruzalar tarzida umumlashtirildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun maxsus innovatsion o’quv ishlanmalari ishlab chiqildi. Innovatsion o’quv ishlanmalari asosida o’quvchilarda innovatsion faollikni shakllantirish jarayoni belgilangan tajriba-sinov maydonchasida tashkil qilindi. Tadqiqotda belgilangan vazifalar amalga oshirildi. Tadqiqotning tajriba-sinov bazasini amalga oshirish boshlandi va muntazam tarzda uning natijalari umumlashtirilib borildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining O’qish darslaridagi faoliyatlari maxsus o’rganildi. Tadqiqot natijalarining keng ko’lamli va asosli bo’lishi ta’minlandi. Uchinchi bosqich: 2021-2022 yillar. Bu davrda ma’lumotlar tizimlashtirildi va tadqiqot ishi matnini tayyorlash bosqichi bo’lib xizmat qildi. Tadqiqot natijalari va uning asosiy xulosalari aynan shu yillarda aprobatsiyadan o’tkazildi. Anketa so’rovnomalari quyidagi yo’nalishlarda tashkil qilindi: “O’qish” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish asoslari; innovatsion yondashuv tushunchasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tushunishga tayyorlikni belgilash; innovatsion faollikni shakllanganlik darajalarini belgilash; Pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlil etishda o’quvchilar kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilim darajalari yuzasidan olingan yakuniy natijalarni baholashda matematik-statistika metodi qo’llanildi. Guruhlarda o’tkazilgan tajriba-sinov jarayonlari uchun o‘quvchilar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |