UCHINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA
Tadqiqot jarayonida “O’qish” darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvdan foydalanish bugungi ta’lim tizimi talab etayotgan dozarb vazifalar sifatida belgilanmoqda. Boshlang’ich ta’limda o’quv-tarbiya jarayonlarini innovatsion yondashuv asosida tashkillashtirish bo’yicha faoliyat jarayonida zamonaviy ilmiy bilimlarni berish, ularda mustaqil fikr-mulohaza yuritishga da’vat etish, muhokamalarga faol ishtirok etishga chorlash, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlarni qo’llash, kichik guruhlar bilan ishlash, erkin, ijodiy munozaralarga ishtirokini ta’minlash va o’z fikrini erkin bayon etishga yo’naltirildi. Interfaol metodlardan foydalanishda o’rganilayotgan mavzular tahlili, badiiy va she’riy asarlar, kinofilmlar yoki hayotda uchraydigan holatlar tahliliga alohida e’tibor berildi.
Innovatsion yondashuvga asoslangan dars jarayonlarida bevosita o’quvchilarda ham innovatsion faollik yuzaga kelishi kuzatildi. Tajriba-sinov jarayonida aniqlandiki, innovatsion faollikni shakllantirish tarbiya-ta’lim bilan uzviy bog’liq uzoq muddatli, izchil davomiy, maqsadli, dinamik jarayon bo’lib hisoblanadi.
Innovatsion yondashuvli ta’limda o’quvchilarda innovatsion faollikni shakllantirish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1. O’quvchilarni ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish – hikoya qilish, so’zlash, tushuntirish, innovatsion metodlar, didaktik o’yin texnologiyalari, turli davra suhbatlar, rolli o’yinlar, illyustratsiya va demonstratsiyalar, multimediya vositalari, maxsus tarqatma materiallar tayyorlash, mustaqil ma’lumotlar yig’ish, bukletlar tayyorlash, dasrlikda keltirilgan matnlar ustida ishlash, bahs-munozara, savol-javob va interfaol metodlardan foydalanish kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
2. O’quvchilarda innovatsion faollikni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar va musobaqalar, pedagogik metodlar, tahlil qilish, tasniflash, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat turlaridan samarali foydalangan holda tashkil etildi.
XULOSA
Zamonaviy ta’limda o’quv-tarbiya jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish muhim omil hisoblanmoqda. Pedagog tomonidan tashkil etiladigan dars jarayonini oldindan loyihalashtirib olish lozim. Chunki innovatsion yondashuvli dars yangi o’tiladigan mavzu, uning predmeti, fanning xususiyatlaridan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quv-taybiya jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish muammosining muayyan jihatlari uzoq va yaqin xorijiy davlatlarda mustaqil yo’nalish sifatida o’rganilgan. Xorijiy davlatlarda mazkur yo’nalishlarda bajarilgan ishlar uchun tadqiqot obyekti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish, shu jumladan, badiiy adabiyotlami o’qish malakalarini, umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalarida innovatsion faollikni rivojlantirish jarayonlari qabul qilingan.
O’quv-tarbiya jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Buning uchun, avvalo, pedagog yangilikka intiluvchan, izlanuvchan, pedagogik mahoratni egallagan, umumiy qilib aytganda pedagogik innovatsion kompetensiya yuqori darajada rivojlangan bo’lishini talab etadi. Shu bilan birga o’z o’quvchilarini qobiliyatlarini diagnos qila olishi, dasr jarayonida ularni erkin va mustaqil ishlashlari uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratishi lozim.
“O’qish” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etishda o’quvchilarning innovatsion faolligini shakllantirish – boshlang’ich sinflar o’ziga xos o’rin tutadi. Boshlang’ich sinflarda tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik, psixologik talablar negizida tizimli faoliyatning yo’lga qo’yilishi boshlang’ich sinf o’quvchilarida bilim va ko’nikmalarini samarali rivojlantirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “O’qish” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etishda ularning innovatsion faolligini shakllantirish murakkab pedagogik jarayon bo’lib, uni samarali tashkil etish boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan jarayonga maqsadli, tizimli yondashishni talab etadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarda innovatsion faollik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari, tashkiliy-metodik talablaridan yetarli darajada xabardor bo’lsalargina kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin.
Muammoning mavjud holatini amaliy tajriba asosida baholash shuni ko’rsatdiki, umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida o’quv dasturi ko’rsatmalariga muvofiq “O’qish” darsini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish boshlang’ich sinf ta’lim jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois nazariy tahlil va amaliy o’rganishlar natijasi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tashkil etiladigan har bir darsni oldindan loyihalangan ishlanmalar, mexaniz, metodikasi hamda texnologiyalar asosida ishlab chiqishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |