O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 0,99 Mb.
bet5/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

Innovatsion jarayon – innovatsiyalarni vujudga keltirish, amaliyotga tatbiq etish va ommalashtirish faoliyatlari bilan bog’liq, innovatsion salohiyatiga ko’ra yangiliklar; modernizatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o’zgartirish, rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo’lgan metodlar elementlarining yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o’xshashlik va umumiylikka ega bo’lmagan innovatsiyalar pedagogik jarayonlar samaradorligining asosi sifatida belgilanadi.
Ta’lim muassasalarining pedagogik va boshqaruv tizimlarida maqsadga yo’naltirilgan o’zgarishlar amalga oshiriladigan, uning samaradorligini oshirishga olib keladigan faoliyat innovatsion deb ataladi.22
Tadqiqotchilar innovatsion faoliyat agar u ta’limiy faoliyatga nisbatan muayyan funksiyalarni bajarsa o’zining vazifasiga javob berishini ta’kidlaydilar: pedagogik tizimdagi o’zgarishlarga bo’lgan (muammolarni aniqlash) dolzarb ehtiyojlarni aniqlash (ta’limiy dasturlar, texnologiyalar, kadrlar, moddiy-texnik baza va boshqalar); ta’limiy faoliyatning qandaydir sohalaridagi sifatni oshirishi mumkin bo’lgan mavjud ishlanmalarni aniqlash (pedagogik tizimni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash); yangiliklarni mustaqil ishlab chiqish; istalgan kelajakni loyihalash va u sari borish; xususiy yangiliklarni loyihalash; yangiliklarni amaliy joriy etish.
Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin.
Ma’lumki, XXI asr – texnika va texnologiya asri. Yillar davomida atrof-muhitda sodir bo’ladigan hodisalar uni o’rganishga bo’lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko’rilmagan kashfiyotlar paydo bo’ldi va paydo bo’lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o’tishni o’rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.23 Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o’sib kelayotgan yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib voyaga yetmoqlari muhim omildir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo’layotgan tezkor o’zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab-yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo’nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko’rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan.
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan.
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o’zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo’ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo’ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo’llanilishi o’qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O’qituvchilarning faoliyati ko’p qirrali bo’lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo’naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo’ladi.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo’lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo’lga qo’yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan jamoaviy o’qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina)24, o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristiko’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Y.Kurganov), loyihali o’z-o’zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) kabilarni keltirish mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilm talab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo’llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg’aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo’lishiga shak-shubha yo’q.



    1. Download 0,99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish