O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Barg ziravorlar
Barg ziravorlarga Dafna bargi (lavrovыy list) kiradi. Bu ziravor Qrimda va Kavkazda 
o’sadigan asl dafnaning quritilgan bargidan iborat. Dafna bargi soya joyda quritilgandan keyin 


147 
yashilroq rangli, quruq bargining uzunligi kamida 3 sm bo’lishi kerak. Dafna birgi tarkibida 3 % 
gacha efir moyi bo’lib, uning 30 foizini pinenon va 16 % ga yaqini spirtlar tashkil etadi. 
Yaxshi quritilgan Dafna bargi yashil rangda bo’lib, egib ko’rganda sinib ketmaydi. Uning 
ta’mi sal achchiqroq, hidi – xushbo’y, yoqimli. Namlik dafna bargida 12 % dan ortiq bo’lmasligi 
kerak. Zamburug’ va hasharotlar bilan zararlangan, begona hidlarga ega bo’lgan dafna 
barglarining sotishga ruxsat etilmaydi. 
Dafna bargining asosiy iste’molchilari konserva sanoati hisoblanadi. Shuningdek, undan 
umumiy ovqatlanish korxonalarida va uyda har xil ta’omlar tayyorlashda keng foydalaniladi. 
Ildiz ziravorlar
Eng ko’p qo’llaniladigan ildiz ziravorlardan biri zanjabil (imbir) hisoblanadi. Zanjabil 
ko’p yillik o’simlikning quritilgan ildiz poyalaridan iborat. Zanjabil asosan Hindiston, Xitoy, 
Yaponiya, Indoneziya, Afrika va boshqa mamlakatlarda o’sadi. 
Tayyorlab olish usuliga qarab oq zanjabil va qora zanjabil bo’ladi. Oq zanjabil yuvilib 
tozalangan ildizpoyani havoda va quyosh nurida quritib olinadi. Qora zanjabil esa ildizpoyani 
avval suda qaynatib, so’ngra quritish yo’li bilan olinadi. Qaynatilganda ildizpoyadagi kraxmal 
kleystrlanadi va qora rang hosil qiladi. Zanjabil tarkibida 1-3 % miqdorida efir moyi bo’ladi. 
Uning achchiq ta’mi tarkibida fenolsimon modda gingerol (C
17
H
26
O
4
) borligi bilan izohlanadi. 
Zanjabil sotuvga ildizpoya bo’lakchalari holida yoki yanchilgan tarzda chiqariladi. 
Yanchilgan zanjabil – bu o’tkir zanjabil hidli, achchiq ta’mli, kulrang-sariq talqonsimon 
mahsulotdir. Efir moyining miqdori zanjabilda 1,5 % dan ortiq bo’lmasligi talab etiladi. 
Mog’or bosgan, qo’lansa va boshqa begona hidlarga ega bo’lgan zanjabil sotuvga 
chiqarilmasligi kerak. 
Chakana savdo tarmoqlariga zanjabil yanchilgan holda 10 g lik shisha probirkalarga
karton qutilarga qadoqlanib chiqariladi. Zanjabil unli qandolat mahsulotlari, liker-aroq 
mahsulotlari, kolbasalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Ba’zi mamlakatlarda zanjabildan 
pivoning ta’m va hid ko’rsatkichlarini yaxshilashda ham foydalaniladi. 
Gul ziravorlar
Gul ziravorlar ham oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladi. Asosiy gul ziravor – bu 
za’faron (shafran) o’simligining quritilgan gul tumshuqchalaridir. Bu o’simlik ko’p yillik 
hisoblanib Ozorboyjon davlatining Apsheron yarim oralida o’stiriladi. U to’q qizil rangli 
egiluvchan ingichka iplardan iborat. 
Za’faronning quritilgan tumshuqchalari tarkibida 0,6 % ga yaqin efir moyi bo’ladi. Shu 
sababli ham za’faron xushbo’ylik beruvchi modda sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari za’faron 
tarkibida achchiq ta’m beruvchi glyukozid pikrokrostin (C
16
H
26
O
7
) bo’ladi. Bu glyukozid 
gidrolizlanganda glyukoza va safronal terpeni (C
10
H
14
O
4
) hosil bo’ladi. Za’faronning hidi o’tkir, 
o’ziga xos, ta’mi esa yoqimli, sal achchiqroq bo’ladi. 
Savdo tarmoqlariga zafaron shisha probirkalarga 1 g dan qadoqlangan holda chiqariladi. 
Za’faronni suvda hatto 1:1000000 nisbatda eritganda ham sariq rang hosil bo’ladi. 
Zafaron asosan liker-aroq, non, unli qandolat mahsulotlari va pishloqlar ishlab 
chiqarishda rang beruvchi xushbo’y modda sifatida ishlatiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish