O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Pivolarning rangi va tiniqligi nimaga bog’liq? 
2. Pivolarning rangi va tiniqligi nimaga bog’liq? 
3. Oqish-tiniq pivolar va qoramtir pivolar orasidagi farqni tushuntiring. 
4. Pivolarning hidi va ta’m ko’rsatkichlarini aniqlashni tushuntiring. 
5. Nima uchun qoramtir pivolar oqish-tiniq pivolarga nisbatan birmuncha shirinroq bo’ladi? 
6. Pivolarning sifatini baholashda qanday fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari aniqlanadi? 
7. Pivolarda etil spirti miqdori qanday aniqlanadi? 
8. Pivolarning sifatni 100 ballik sistema asosida baholashni tushuntirib bering. 
9. Ioz eritmasi yordamida pivolarning rangliligi qanday aniqlanadi? 
10. Pivolarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlarni tushuntirib bering. 
11. Kvaslarning sifat tahlilini o’tkazishda qaysi ko’rsatkichlariga e’tibor beriladi? 
Ma’danli suvlar va gazlashtirilgan spirtsiz
ichimliklarning sifat tahlili 
Spirtsiz ichimliklar guruhi tabiatan, tarkibi, organoleptik ko’rsatkichlari va olinish 
texnologiyasi bo’yicha har xil, lekin kishiga rohat baxishlash va chanqoq bosish xususiyatiga ega 
bo’lgan xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Bu ichimliklarning ba’zi birlari ozuqaviy ahamiyatga 
ega bo’lsa, ba’zilari davolash maqsadlarida ham ishlatiladi. 
Spirtsiz ichimliklar guruhiga ma’danli suvlar, meva-rezavor meva va sabzavot 
sharbatlari, siroplar, ekstraktlar, morslar, gazlashtirilgan ichimliklar kiradi. 
Ma’danli suvlar.
Ma’danli suvlar deganda tarkibida mineral tuzlar miqdori 2 g/l dan 
ortiq va 0,25 g miqdorida karbonat angidrid gazi bo’lgan suvlarga aytiladi. Ma’lumki, oddiy
ichimliklar suvlari tarkibida ham erigan tuzlar bo’ladi, lekin ularning miqdori 2 g/l ga etmaydi. 
Olinishi qandayliligiga qarab ma’danli suvlar tabiiy va sun’iy bo’ladi. 
Tabiiy ma’danli suvlar. Bu suvlar er osti suvlari bo’lib, tarkibida yuqori darajada 
fiziologik faol kimyoviy komponentlar va gazlar bo’ladi (SO
2
, SO
2
va boshqalar). Shu sababli 
ular tabiiy manbalardan olinadi. 
Ma’danli suvlar tarkibida erigan mineral tuzlar miqdori bo’yicha shartli ravishda xo’raki, 
shifobaxsh-xo’raki, shifobaxsh ma’danli suvlarga bo’linadi. Tarkibida ma’danli tuzlar 1 g/l 
gacha bo’lsa xo’raki, 2 dan 8 g/l gacha bo’lsa shifobaxsh-xo’raki, 8 dan 12 g/l gacha va undan 
ham yuqori bo’lsa shifobaxsh ma’danli suvlar deb yuritiladi. 
Shifobaxsh-xo’raki ma’danli suvlar organizmga huzur bag’ishlab, chonqoqni bosadi
lekin ularning ko’pchiligi davolash maqsadlarida ham ishlatiladi. Eng ko’p tarqalgan ma’danli 
suvlarga Arzni, Borjomi, Narzan, Dilijan, Mirgorodskaya, Esentuki №20, Moskovskaya, 
Ijevskaya kabi turlarini kiritish mumkin. 
Respublikamiz ham tabiiy ma’danli suv manbalariga boy hisoblanadi. Hozirgi kunda 
Respublikamizning deyarlik hamma viloyatlarida ma’danli suvlar manbalari aniqlanib, ular aholi 
sog’lig’ini saqlashda keng foydalanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va 
foydalanilayotgan shifofabaxsh-xo’raki ma’danli suvlarga Samarqand, Farg’ona, Toshkent
Afrosiyob, Shodlik, Omonxona kabi ma’danli suvlarni kiritish mumkin. 


143 
Shifobaxsh ma’danli suvlar vrachlarning tavsiyasiga binoan, ko’proq oshqozon-ichak 
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. 
Ma’danli suvlar tarkibida hozirgi kunda ma’lum bo’lgan ko’pgina kimyoviy elementlar
ion, molekula va murakkab biriklamalar holida uchrasada, ulardagi natriy, kaliy, kalstiy, magniy, 
temir, xlor, yod va boshqalar har xil miqdorlarda va nisbatlarda bo’ladi. Shu sababli ma’danli 
suvlar erigan ma’danli tuzlarning tarkibiga qarab ishqorli, kislotali, xlorli, temirli, oltingugurtli 
va boshqa turlarga bo’linadi. 
Shifobaxsh ma’danli suvlardan Essentuki №4, Essentuki №17, Batalinskaya, Lugela, 
Naftusya mineral suvlari keng tarqalgan hisoblanadi. 
Sun’iy ma’danli suvlar. Bu suvlar kaliy, natriy, kalstiy, magniy tuzlarini suvda eritib
so’ngra ularni karbonat angidrid gazi bilan to’yintirish yo’li bilan olinadi. Sotuvga Sodovaya, 
Selterskaya sun’iy ma’danli suvlari chiqariladi. 
Sodovaya suvi tarkibida ichimlik sodasi - 0,20-0,25%ni, osh tuzi esa - 0,10-0,15%ni 
tashkil etadi. Selterskaya suvi tarkibida esa ichimlik sodasidan tashqari kam miqdorda magniy 
xlor tuzi va 0,10-0,15% miqdorida kalstiy xlor tuzlari bo’ladi. Bu suvlar ozroq sho’rroq ta’mga 
ega bo’lganligi uchun issiq stexlarda ishlayotgan ishchilarga chonqoq bosdi ichimlik sifatida 
tavsiya etiladi. 
Tabiiy va sun’iy ma’danli suvlar savdoga 0,33 va 0,5 l sig’imga ega bo’lgan shisha 
butilkalarga qadoqlanib, maxsus probkalar bilan germetik yopilgan holda chiqariladi. 
Butilkalarga yorliqlar yopishtirilib, ularda suvning nomi, qachon va qaerda ishlab chiqarilganligi, 
standart nomeri ko’rsatkichlaridan tashqari, ma’danli suv olingan manba, mineral elementlar 
miqdori, saqlash bo’yicha tavsiyalar va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlar ham 
ko’rsatilishi kerak. 
Ma’danli suvlarni harorati 12
0
S dan oshmaydigan qorong’i xonalarda gorizontal holatda 
saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati tabiiy ma’danli suvlarniki bir oy, sun’iy ma’danli 
suvlarniki esa 15 kun qilib belgilangan. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish