149
O’zi cho’kkan tuz - bu tuz sho’r suvli ko’llar tubida qalin qatlam bo’lib to’planadi. Bir
necha asrlar davomida ana shunday tuzlar manbai bo’lib kelayotgan asosiy ko’llardan biri
Bosqunchoq ko’li hisoblanadi. Tosh tuzlarga qaraganda bu tuzlar tarkibida ko’proq begona
aralashmalar, asosan kalstiy tuzlari aralashmalari bo’ladi. Shu sababli bu tuzlar begona
aralashmalardan tozalanishi kerak.
Cho’kma tuzlar sun’iy havzalarga to’plangan okean, dengiz, ko’llarning sho’r suvlaridan
tabiiy sharoitda yoz kunlari suvning bug’lanib ketishi natijasida hosil qilinadi.
Bunday tuzlar
kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Qaynatma tuz er osti sho’r suvlarini bug’latish yo’li bilan olinadi. Organoleptik va fizik-
kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha yuqori sifatli tuz olish uchun bug’latish asosan vakuum-
apparatlarda olib boriladi. Bu tuz toza oq rangli, mayda kristallar holida bo’lib, toza sho’r ta’mga
egadir. Xlorli natriyning miqdori bu tuzlarda 99,7% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ishlov berish usuliga qarab osh tuzlari mayda kristallar holida,
maydalangan,
maydalanmagan va yodlangan tuzlarga bo’linadi.
Mayda kristalli tuzlar, asosan qaynatma tuzlar bo’lib, ko’zchalari 0,8 mm bo’lgan
elaklardan butunlay va 0,5 mm ko’zchali elaklardan esa 95% o’tadi.
Maydalangan tuz kristallarining o’lchamlariga binoan to’rt nomerga bo’linadi: №0 -
kristallarining kattaligi 0,8 mm; №1 - 1,1; №2 - 2,5; №3 - 4 mm.
Yodlangan tuz kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadlarida ishlab chiqariladi.
Bu tuz asosan qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish uchun 1 tonna tuzga 25 g yodli kaliy
aralashtirib ishlab chiqariladi. Yodlangan tuzlarning 200 g ning tarkibida yod miqdori 1,91 mg ni
tashkil etadi. Bir kunlik ehtiyoj uchun zarur bo’ladigan tuzni yodlangan holda iste’mol qilgan
kishi, bir sutkada 200 mkg yod olgan hisoblanadi.
Sifatiga ko’ra osh tuzi to’rt navga bo’linadi: ekstra, oliy, 1-chi va 2-chi navlar. Tuzning
sifati uning
tarkibidagi xlorli natriyning, suvda erimaydigan moddalarning miqdori va
kristallarining o’lchamiga bog’liq.
Ekstra navli tuzlarning rangi oq bo’lishi kerak, qolgan hamma navlarida esa mineral
aralashmalarning tarkibiga qarab oq-sarg’ish,
oq-kulrang, oq-pushti ranglarda bo’lishi mumkin.
Tuzlar tarkibida ko’z bilan ko’rib bo’ladigan mineral aralashmalar bo’lishiga ham yo’l
qo’yilmaydi. Tuzlarning ta’mini aniqlashda 5%-li eritmadan foydalaniladi. Bunday eritma toza
sho’r ta’mli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. Yodlangan tuzlarda esa ozroq
miqdorda yod hidi sezilishiga yo’l qo’yiladi. Tuzlarning organoleptik ko’rsatkichlariga ular
tarkibida uchraydigan mineral aralashmalar katta ta’sir ko’rsatadi.
Tuzlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga xlorli natriyning miqdori (97,0-99,7%),
suvda erimaydigan moddalar miqdori (0,03-0,85%) va tuzlarning namligi (0,1-6,0%) kabi
ko’rsatkichlari kiradi.
Tuz savdo tarmoqlariga mayda idishlarga o’ralgan, katta idishlarga o’ralgan va to’kma
hollarda chiqariladi.
Ma’lumki, tuzlarni saqlaganda ular mikroorganizmlar va zararkunandalarning ta’siriga
uchramaydi. Tuzlarni saqlaganda bo’ladigan asosiy nuqson ularning kristallarining zichlashib
qapishib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson tuz namligining ortishi bilan tezlashadi.
Mayda idishlarga o’ralgan, qaynatma tuzlar quruq, mahkam yopiladigan omborxonalarda
saqlanishi kerak. Maydalangan katta idishlarga joylashgan va to’kma tuzlar yomg’ir
tegmaydigan ochiq omborxonalarda saqlanishi mumkin.
Yodlangan tuzlarni saqlashga esa alohida e’tibor berilishi kerak.
Yodlangan tuzlar
tarkibidagi yodli kaliy namlik va quyosh yorug’i ta’sirida parchalanadi va hosil bo’lgan erkin
yod uchib chiqib ketadi. Shu sabali yodlangan tuzlarni germetik bekitiladigan idishlarda saqlash
maqsadga muvofiqdir. Yodlangan tuzlarning kafolatlangan saqlash muddati 6 oy qilib
belgilangan. Bu muddat o’tishi bilan yodlangan tuzlar oddiy osh tuzi sifatida sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: