Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi. Ketoprofenni homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas. Uni shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklarida, agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lsagina qo'llash mumkin.
Ketonal gelni emizish vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi. Qo'llash usuli va dozalari. Sirtga qo'llash uchun: Ketonal gelni kuniga bir yoki ikki marta qo'llash tavsiya etiladi. Gelni teriga yengil surtish lozim.
Dozalashni zararlangan sohaning maydoniga qarab tanlash lozim:
gelning 5 sm ketoprofenning 100 mg ga mos keladi, ketonal gelning 15 sm ketoprofenning 300 mg ga mos keladi. Qoplama bog'lov tavsiya etilmaydi. Agarda Siz gelni keragidan ortiqroq qo'ygan bo'lsangiz, unda terini oqar suvda yaxshilab y uvish lozim. Agarda Siz gel` qo'yishni yoddan chiqargan bo'lsangiz, unda uni keyingi doza qo'yiladigan vaqtda qo'ying. Keyingi dozani ikki marta oshirmang.
Nojo'ya ta'sirlari. Ko'p hollarda terida eritema, qichima va og'irligi yengil darajadagi tranzitor dermatit ko'rinishidagi teri ta'sirlanishi (3% patsientlar) ning mahalliy simptomlari kuzatiladi. Yomon gigiena va insolyatsiya fonida og'ir kontakt dermatitni bitta holati, shuningdek tananing butun yuzasi bo'ylab tarqalgan og'ir kontaktli fotoallergik reaktsiyaning bir holati ham qayd etilgan. Fotosensibilizatsiya.
Nafas tizim: Juda kam hollarda allergik reaktsiyaning ko'rinishi sifatida astmatik xurujlar qayd etilgan.
Siydik chiqarish tizimi: Ketoprofen gel` qo'llaganidan so'ng, surunkali buyrak
yetishmovchiligi bo'lgan patsientda, buyraklar faoliyatining yomonlashuvi holati qayd etilgan. Yakka hollarda interstitsial nefrit uchraydi.
Dozani oshirib yuborish. Terining ta'sirlanishi, eritema va qichima dozani oshirib yuborish simptomlari hisoblanadi. Doza oshirib yuborilgan holda terini oqar suvda yaxshilab yuvish lozim.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri. Bir vaqtning o'zida ketoprofen yoki boshqa NYAQV saqlovchi boshqa topik shakllarini qo'llash tavsiya etilmaydi. Atsetilsalitsilat kislotasini bir vaqtda qabul qilish ketoprofenning plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasini kamaytiradi.
Probenitsid ketoprofenning klirensini va oqsillar bilan bog'lanish darajasini kamaytiradi. Ketoprofen boshqa NYAQV kabi metatreksatning chiqarilishini kamaytirishi va uning zaharliligini oshishiga yordam berishi mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri va ularning chiqarilishiga ta'siri ahamiyatli emas.
Maxsus ko'rsatmalar. Ketonal gelni shikastlangan teriga (ekzema, xo'llanuvchi dermatit, ochiq yoki infektsiyalangan yara) qo'yish mumkin emas. Ketonal gelni ketonalning boshqa dori shakllari bilan birga qo'llash mumkin (kapsulalar, tabletkalar, shamchalar bilan). Sutkalik yig'indi dozasi dori shaklidan qat'iy nazar 300 mg dan oshmasligi lozim. Davolash vaqtida va davolanish to'xtatilganidan so'ng 2 hafta davomida quyosh nuri va UBN dan saqlanish lozim.
MUVKVIK kremi Muvkvik quyidagi antibakterial, zamburug'larga qarshi va antivirus xususiyatlarga ega ekologik toza o'simlik xom ashyosidan tayyolangan: Vintergrin moyi (Gaultheria promcumbens): Tabiblar vintergrin moyini sirtga mushak og'riqlarini yengillashtirish uchun, ayniqsa bal`zamlar ko'rinishida oyoqlar uchun va revmatizmni davolash uchun ishlatadilar.
Mentol: Tananing turli joylariga qo'yilgan mentol organizmga xushbo'y hidi bilan ham, teri orqali o'tib ham, shamollash, burunni bitishi, bosh og'rig'i va mushak og'riqlari kabi holatlarni vaqtinchalik yengillashtirib, organizmga ta'sir qiladi.
Terpentin moyi: Kuchli antiseptik xususiyatlarga ega, parazitar va kasallik chaqiruvchi mikroblarni yo'q qiladi, va chirish va fermentatsiyani to'xtatadi.
Evkalipt moyi: Liniment sifatida ishlatiladi, shuningdek lubrikant sifatida ta'sir qiladi.