O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet337/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Qo'llanilishi. Bo'g'imlardagi og'riq va yallig'lanish, bel og'rig'i, paylarni cho'zilishi, cho'zilishlar, miozit, fibroz, ishialgiya.
Qo'llash usuli. MuvKvik kremi shikastlangan sohaga ikki barmoq uchida qo'yiladi va yupqa qavat qilib surtilib, yaxshi so'rilishi uchun ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni qo'yish oldidan yoki keyin quruq isitish mumkin. Agarda yengillashish yuz bermasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo'ya ta'sirlari. Mahalliy qo'llanganida hech qanday nojo'ya samaralari haqida xabarlar bo'lmagan. Shunga qaramasdan qichishish va allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Ogohlantirish. Faqat sirtga qo'llash uchun.
NAYZ geli
Farmakodinamikasi. Nimesulid: Sulfonanilidlar sinfidan bo'lgan nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir (NYAQV). Og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va harorani tushiruvchi ta'sirga ega.
Samarasi siklooksigenaza – 2 ni selektiv blokadasi, hamda quyidagilar kabi qator boshqa mexanizmlar bilan bog'liq:
• trombotsitlar faollanishi omili sintezini bosilishi;
• proteinkinaza S va IV tur fosfodiesterazani bosilishi orqali rag'batlantirilgan polimorfnoyadroli leykotsitlar tomonidan superoksid-anion hosil qilinishini pasayishi;
• o'smalarni a nekroz omili chiqarilishini ingibirlanishi orqali bradikinin va sitokinlar tomonidan induktsiyalangan giperalgeziyani oldini olish;
• gipoxlar kislotasini neytralizatsiyasi;
• a-proteinaza ingibitorlari inaktivatsiyasini oldini olish;
• proteazalarni ingibirlanishi (shu jumladan elastazani, kollagenazani);
• bazofillar va semiz xujayralardan gistamin ajralib chiqishini ingibirlanishi.
Mentol: Mahalliy qo'zg'atuvchi, og'riqni qoldiruvchi, chalg'ituvchi, qichishishga qarshi, antiseptik, tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Samarasi asosan sezuvchi nerv oxirlarini qo'zg'atilishi bilan bog'liq bo'lgan reflektor reaktsiyalar sabablidir: teri yoki shilliq qavatlarni retseptorlarini qo'zg'atish og'riq hissiyotini, tomirlar o'tkazuvchanligini va boshqa jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi endogen biologik faol moddalarni (enkefalinlar,
endorfinlar, peptidlar, kininlar) hosil bo'lishi va aralib chiqishini rag'batlantiradi va og'riqsizlantiruvchi, chalg'ituvchi va qichishishga qarshi ta'sirini ta'minlaydi. Antiseptik ta'siri mikrob xujayralarini tanlamay shikastlanishi bilan namoyon bo'ladi. Qitiqlovchi (chalg'ituvchi) samarasi og'riq hissiyotlarini pasayishiga yordam beradi. Mahalliy ta'siri tomirlarni torayishi, sovuqni his qilish, yengil achishish va sanchiqni his qilishga o'tuvchi, bilan birga kechadi. Teri-vistseral reflkslar (refleks yoyi bosh miyaga tegishmaydi) to'qimalar trofikasini yaxshilaydi (innervatsiya zonalariga mos ravishda). Yuzada hamda to'qimalar va ichki a'zolarda chuqur joylashgan tomirlar tonusini reflektor o'zgartiradi.
Kapsiatsin: Og'riq va qichishish reaktsiyalarini periferik nerv tizimi retseptorlaridan markaziyga o'tkazilishini amalga oshiruvchi neyrotransmitter bo'lgan R moddasi miqdorini pasaytirishi orqali ta'sir ko'rsatadi. Kapsiatsin R moddasini sintezini va neyron bo'ylab o'tkazilishini bloklaydi, bu og'riq impul`si jadalligini kamayishiga olib keladi.
Metilsalitsilat: Salitsil kislotasini hosilasi. Mahalliy applikatsiyada tez terini chuqur qavatlariga o'tadi, absorbtsiyalanadi, gidrolizlanadi va salitsil kislotasini anioniga aylanadi. Siklooksigenazani noselektiv ingibirlaydi, yallig'lanish, og'riq, haroratni ko'tarilishiga javobgar prostaglandinlar sintezini pasaytiradi. Oshgan kapillyarlar o'tkazuvchanligini normallashtiradi, mikrotsirkulyatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, yallig'langan to'qimalarni shishi va infil`tratsiyasini kamaytiradi, bo'g'imlar, mushaklar va yumshoq to'qimalar patologiyasida og'riq hissiyotlarini kamayishini chaqiradi. Teriga mahalliy qitiqlovchi ta'sir ko'rsatadi.
Farmakokinetikasi Nimesulid xalqaro tekshirishlarning ma'lumotlariga ko'ra, 200 mg dozada bir marta mahalliy qo'llanganidan keyin qon plazmasida nimesulidni maksimal kontsentratsiyasi, qo'llagandan keyin 24 soat o'tgach kuzatiladi va 9,77 ng/ml ga yetadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Nimesulidni asosiy metaboliti – 4-gidroksinimesulidni plazmada hech qanday izlari aniqlanmaydi. Uzoq muddat qo'llanganida nimesulidni kontsentratsiyasi 8-nchi kuni qon plazmasida 37,25±13,25 ng/mg ni tashkil qilgan, bu o'rtacha sutkalik dozada (sutkada 200 mg) ichga qabul qilgandagidan 100 marta kam.
Ahamiyatsiz tizimli absorbtsiyasi munosabati bilan, mahalliy qo'llashdagi boshqa faol komponentlarini farmakokinetikasi haqidagi ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilishi. Og'riq va yallig'lanish sindromlari bilan birga kechuvchi tayanch-harakat apparatini o'tkir va surunkali kasalliklari, bo'g'imli revmatik sindromlar va yumshoq to'qimalarni patologiyasini ham qo'shib. Shu jumladan lyumbalgiyalar, tendinitlar, tendosinovitlar, chiqishlar va bo'g'imlr va paylarni cho'zilishlari, degenerativ kasalliklar va teri qoplamalarini shikastlanishisiz travmalar.
-Paylar, mushaklar, bo'g'imlarni posttravmatik yallig'lanishida.
Dozalash tartibi va qo'llash usuli. Faqat sirtga qo'llash uchun:
Gel` (3 sm uzunligiga mos keladigan miqdorda) og'riqli sohaga ehtiyotkorlik bilan yupqa qavat qilib qo'yiladi, kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha. Qo'yish oldidan terini qo'yiladigan joyi yaxshilab yuviladi va quritiladi. Yupqa qavat qilib gel` kerakli joyga va atrofdagi sohaga qo'yiladi va yengil harakatlar bilan surkab singdiriladi. Bosuvchi tor kiyim kiyishdan saqlanish tavsiya etiladi. Muolajagacha va keyin qo'lni yuvish kerak.
Odatda davolash kursi 7-15 kun davom etadi. Zarurati bo'lganida davolashni takroriy kurslarini 3-5 kun o'tgach o'tkazish tavsiya qilinadi.
Ogohlantirish va ehtiyotkorlik chralari. Mahalliy irriatativ reaktsiyalar paydo bo'lganida preparat qo'llashni to'xtatish va to'g'ri keladigan davolash tadbirlarini o'tkazish kerak. Gelni shilliq qavatlarga, ko'zga, terini shikastlangan va infektsiyalangan joylariga, teri kasalliklari bilan zararlangan sohalarga va ochiq jarohatlarga qo'yish mumkin emas. Qo'yish vaqtida kuchli achishish hissi paydo bo'lishi mumkin, u bir necha kun davomida yo'qoladi.
Muolaja vaqtida va preparatni qodiqlaridan qo'llar tozalanmagunicha terini sezuvchan joylariga teginmaslik kerak. Salitsilatlar chaqiradigan nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanishi xavfi bo'lgan patsientlarda gelni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish