Faol ingredientlarining asosiy xususiyatlari:
Ingredientlar
|
xususiyatlari
|
Oddiy arpabodiyon
|
Yel haydovchi, MIY sekretsiyasi va eristal`tikasini rag'batlantiruvchi.
|
Qalampiryalpiz
|
Spazmolitik, qusishgaqarshi, ko'ngilaynashinioldinioladi, ovqathazmbo'lishigayordamberadi.
|
Asafetida
|
Ел ҳайдовчи, МИЙ иннервациясини яхшилайди.
|
Ajgon
|
Spazmolitik yel haydovchi
|
Yalang'och chuchukmiya
|
Yaraga qarshi, ovqat hazm bo'lishiga yordam beradi.
|
HaqiqiyKardamon
|
-Yelhaydovchi, qusishgaqarshi, me'davao't-safrosekretsiyasiniboshqaradi.
|
Dorivor Imbir`
|
Yel haydovchi, ovqat hazm bo'lishiga yordam beradi.
|
Kmin
|
Yelhaydovchi, spazmolitik
|
Dorixonamoychechagi
|
Diareyaga qarshi, MIY innervatsiyasini yaxshilaydi.
|
Xitoy choyi butasi
|
Ovqat hazm bo'lishiga yordam beradi.
|
Farmakoterapevtik guruhi. Ovqat hazm qiluvchi, yel haydovchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari. Entofit ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, abdominal diskomfortni yengillashtiradi, ichak sekretsiyasini (fermentlar) boshqaradi, dispepsiya va meteorizmni kamaytiradi, hamda peristal`tikani normallashtiradi (ichak motorikasi) va ichak sanchig'ini kamayishiga yordam beradi.
Qo'llanilishi. Ovqat hazm bo'lishining buzilishi, ko'ngil aynashi, meteorizm, ichak sanchiqlari.
Qo'llash usuli. Bir sashe ichidagisini piyoladagi qaynoq suvda yoki choyda eriting va asta-sekin iching.
Dozalari. Kattalarga: 1 sashedan kuniga 2-3 marta.
Bolalarga: 1 sashedan kuniga 1-2 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar.
Preparat komponentlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
Nojo'ya ta'sirlari. Noma'lum.
Kreon 25000
Tarkibi.Faol moddalar:18000 TB - amilaza, 25000 TB - lipaza, 1000 TB - proteazaga mos keladigan 300 mg pankreatin.
Farmakologik ta'siri. Ovqat hazm bo'lish jarayonlarini yaxshilovchi ferment vosita. Farmakodinamikasi:Ferment preparati ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Preparat tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar oqsil, yog', uglevodlarning hazm bo'lishini osonlashtiradi, bu esa ularning ingichka ichakda to'la absorbtsiyalanishiga olib keladi. Minimikrosfera saqlovchi, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan Kreon 25000 kapsulalarini oshqozonda erishi natijasida yuzlab minimikrosfera ajraladi. Ko'pbirlikli doza printsipidan maqsad minimikrosferalarni ichak ichidagilar bilan yaxshiroq aralashib ketishi va oqibatda, fermentlarni ichak ichidagilar orasida yaxshi tarqaladi. Minimikrosfera ingichka ichakka yetganidan so'ng ichakda eruvchi qobiq parchalanadi, keyin lipolitik, aminolitik va proteolitik faollikka ega bo'lgan fermentlar ajraladi, ular oqsil, kraxmal va lipidlarni parchalanishga olib keladi.
Qo'llanilishi.Oshqozon osti bezining ekzokrin funktsiyasi yetishmovchiligini quyidagi holatlarda o'rinbosar davolash:
mukovistsidoz, surunkali pankreatit, pankreatektomiya, oshqozon osti bezi raki, umumiy gastrektomiya, me'daning qisman rezektsiyasi (Bilrot – I/II), o'cimtalar oqibatidagi obstuktsiya (masalan, oshqozon osti bezi yoki o't yo'li obstruktsiyasi), Shvaxman-Daymond sindromi, keksalik.
Ovqat hazm qilish jarayoni buzilgan quyidagi holatlarda simptomatik davolash uchun qo'llaniladi:
Xoletsistktomiyadan keyingi holat, oshqozonning qisman rezektsiyasi (Bilrot-1/11), Total gastrektomiya, duoden–va gastrostaz, biliar obstruktsiya, xolestatik gepatit, jigar sirrozi, ingichka ichak terminal bo'limi potologiyasi, ingichka ichakda bakteriyalarning ortiqcha o'sib ketishi. Asoratlarning oldini olish maqsadida shifokor maslahatidan so'ng qo'llash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |