O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Buyrak naychalari epiteliysiga bevosita ta’sir etuvchi diuretiklar



Download 30,26 Mb.
bet264/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Buyrak naychalari epiteliysiga bevosita ta’sir etuvchi diuretiklar.
Ushbu guruh preparatlarining ta’sir meaxnizmi buyrak kanalchalari epiteliysidagi maxsus transport tizimlari faoliyatiga susaytiruvchi ta’siridan iborat. Bu, asosan, natriy va xlor ionlari va mos ravishda suvning reabsorsiyasi kamayishi bilan bog’liq (6.1-rasm).

10.1-rasm. Siydik hosil bo’lishida qatnashuvchi jarayonlar (I) va diuretiklar ta’sirining lokalizatsiyasi (II) Nefron sxemasida: 1 – kapsula va kapiliar koptokcha; 2 – proksimal egri-bugri kanalcha; 3 – Genle qovuzlog’ining tushuvchi qismi; 4 – Genle qovuzlog’ining ko’tariluvchi qismi; 5 – distal egri-bugri kanalcha; 6 – yig’uvchi kanalcha; 7 – yig’uvchi naycha.
Dixlotiazid – kuchli diuretik vosita, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha benzotiazidin hosilasi bo‘lib, tarkibida sulfanilamid guruhi bor. Ta’sir mexanizmi nefronning egri bugri naychalarining proksimal va distal qismlarida Na+ va u bilan bog‘liq xlor ionlarining reabsorsiyasining kamayishi bilan bog‘liq. Diakarbga nisbatan karboangidraza faolligini kamroq susaytiradi. Dixlotiazid ta’sirida K+ va bikarbonat ionlarini reabsorbsiyasi Na+ va Cl- ionlariga nisbatan kamroq kechadi. SHuning uchun dixlotiazid faol saluretik vosita sifatida tanilgan. Na+ va xlor ionlari o‘zaro muvofiq yoki ekvivalent miqdori ajraladi. Dori vosita atsidozda ham o‘z samaradorligini yaxshi namoyon qiladi. Davomli qo‘llanilganda ham, diuretik ta’sir kuchi kamaymaydi. Kandli diabet xastaligida dori vosita poliuriyani kamaytiradi, chanqoqlik hisini kamaytiradi, qonning osmotik bosimi kuchli darajada pasayadi (mexanizmi noma’lum). Qisman bunday ta’sir buyrakning konsentrlash qobiliyati oshishi va chanqash markazi faoliyatini susayishi bilan bog‘liq deb tahmin qilinadi. Qon bosimi yuqori bo‘lgan hollarda dori vosita uni tushiradi. MITdan dixlotiazid tez so‘riladi. Ta’siri ancha tez boshlanadi (30-60daqiqadan so‘ng) 10-12soat davom etadi. Dori vositaga o‘rganib qolish rivojlanmaydi, lekin dixlotiazid peshob kislotasini ajralishini kamaytiradi va giperurekimiyani rivojlanishiga, shu tufayli podagra xastaligini kechishiga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: katta va kichik qon aylanish doirasida qon dimlanish holatlarida (yurak-tomir yetishmovchiligi), jigar sirrozida, nefritlar va nefrozlarda, homiladorlar nefropatiyasida, buyrak usti bezi gormonlari va AKTG ta’sirida yuzaga kelgan shishlarda, xafaqonlik xastaligida(tuzsiz parxez bilan), glaukomada. Dixlotiazidni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, lekin davomli qo‘llanilganda gipokaliemiya, gipoxloremik alkaloz, podagrani kuchayishi, quvvatsizlik, dispepsiya rivojlanishi mumkin. Bularni oldini olish uchun, kaliy dori vositalari KCl, asparkam, panangin berish kerak.
Siklometiazid – tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha dixlotiazidga o‘xshaydi, lekin undan tahminan 50marta kuchli. Ta’siri 2-4 soatdan keyin boshlanib, 10-12 soat davom etadi. Bir sutkali peshob miqdori 1,5-2,5 marta oshadi.
Klopamid va oksodolin – dori vositalari davomli ta’sirga ega. Klopamid kuchli ta’sirga ega va 8-18 soat, oksodolin esa tahminan 3 kun ta’sir etadi. Ta’sir mexanizmi asosan distal (va qisman proksimal) naychalarda natriy ionlarini reabsorbsiyasini susaytirish bilan bog‘liq. Ikkala dori vosita ham MITdan yaxshi so‘riladi. Buyrak va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanishga ko‘rsatmalar va noxush ta’sirlari dixlotiazidnikiga o‘xshash.
Furosemid – juda kuchli tez va qisqa ta’sir etuvchi diuretik hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishi dixlotiazidnikiga o‘xshash. Enteral va parenteral qo‘llanilganda ham samarador.
Ta’sir mexanizmi natriy va xlor ionlarini nefronlarning egri-bugri naychalarining nafaqat distal, balki proksimal qismlarida, hamda genli sirtmog‘ining ko‘tariluvchi qismining yo‘g‘on bo‘g‘imida reabsorbsiyasini susaytirishi bilan bog‘liq. Dori vosita kaliy ionlarni reabsorbsiyasini sustroq kamaytiradi. Karboangidraza fermenti faolligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Atsidoz va alkalozda ham, bir xil ta’sir etadi, davomli qo‘llanilganda ham samaradorligi kamaymaydi. Ta’siri tez boshlanadi. M-n: venaga kiritilgach, bir necha daqiqadan so‘ng boshlanib, 1,5-3 soat davom etadi. Ichilganda 45-60 minutdan so‘ng boshlanib 4-8 soat davom etadi. Yaxshi tomoni shuki, furosemid boshqa diuretiklar samara bermagan holatlarda ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Furosemid buyrakda qon aylanishini oshiradi. Organizmda peshob kislotasini to‘planishiga olib keladi. Kalsiy ionlarini ajralishini (organizmdan) kuchaytiradi, shu tufayli giperkalsiemiyada yaxshi natija beradi (giperparatireoidizm). Furosemid qon bosimini mo‘tadil tushiradi, chunki periferik qon tomirlarini kengaytiradi.
Ko‘rsatmalar: peshob haydovchi vositalar sifatida, xafaqonlik xastaligida o‘pka, bosh miya shishida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, o‘tkir zaharlanishda peshobni tezkorlik bilan ko‘paytirish uchun va dixlotiazidni qo‘llash zarur bo‘lgan barcha holatlarda.
Noxush ta’siri: dixlotiazidlarnikiga o‘xshash. Furosemid qo‘llanilganda kaliy tuzlari ko‘p bo‘lgan parxez bo‘lishi kerak.
Diakarb – karboangidraza fermentini tanlab susaytiradi. Natijada karbonat kislotasining hosil bo‘lishi va bikarbonat va natriy ionlarning naychalar shilliq qavatidan so‘rilishi kamayadi. Hamda ularning miqdori peshobda ortadi. Bu o‘z navbatida peshob tarkibida suvni ko‘p ajralishiga olib keladi. Peshob pH ortadi, kaliyni ajralishi ham ortadi. Lekin xlor ionlarining ajralishi o‘zgarmaydi. qonning ishqoriy rezervi kamayadi va atsidoz rivojlanishi mumkin, bunda dori vositaning samaradoriligi kamayadi. Diakarb ta’sirida boshqa a’zolardagi karboangidraza fermenti faolligi susayadi. Jumladan, ko‘zda shu tufayli suyuqlik kamayadi. Orqa miya suyuqligi, oshqozon shirasi va boshqalar… Diakarb MITdan yaxshi so‘riladi. Ta’siri 1-3 soatdan so‘ng boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. Lekin peshob ajralishi faolligi furosemid va benzotiadizinlarnikidan past.
Noxush ta’siri: uyqusirash, paresteziyalar, gipokaliemiya. Hozirda peshob haydovchi vosita sifatida kam qo‘llaniladi, lekin glaukoma, tutqanoq xastaliklarida qo‘llaniladi.
Etakrin kislotasi – faolliligi bo‘yicha furosemiddan kuchsiz bo‘lsa ham, ancha kuchli diuretik.
Ta’sir mexanizmi: furosemidnikiga o‘xshash, ya’ni bikarbonatlar ajralishini kuchaytirmaydi, qonning elektrolitlar tarkibini o‘zgartirmaydi. Dori vosita asosan proksimal naychalarda, natriy ionlarini, nefronning ko‘tariluvchi genli sirtmog‘i qismining semiz bo‘g‘imini butun yuzasi bo‘yicha, xlor ionlarini reabsorbsiyasini kamaytiradi. Kuchsiz bo‘lsa ham kaliy ionlarining ajralishini oshiradi. Organizmning kislota-ishqor muvozanati buzilgan holda ham, diuretik xossasi yaxshi saqlanadi. Tomirga kiritilganda ta’siri 15 minutdan so‘ng boshlanib, 3-4 soat davom etadi. Ichilganda ta’siri 1-1,5 soatdan keyin boshlanib, 8 soatgacha davom etadi. Etakrin kislotasi qon bosimini o‘rtacha tushiradi. Bemorlar uni furosemidga nisbatan yomonroq qabul qiladi (ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligida).
Noxush ta’siri: gipokaliemiya, gipoxlorimiya, alkaloz, bosh aylanishi, quvvatsizlik, dispepsiya, (karlik-eshitishni keskin susayishi). Anuriya va homiladorlikda qo‘llanilmaydi.
Ko‘rsatmalar: dixlotiazidnikiga o‘xshash.
Merkuzal (novurit) Hg-simob, Suksinatdegidrogenaza (SDG) fermentdagi –SH guruhini bloklaydi va shu tufayli suksinatdan vodorod atomini ajralishi keskin kamayadi. Natriy ionlarining qayta so‘rilishi uchun sharoit yaratilmaganligidan u peshob tarkibida, suvni biriktirgan holda ajraladi. Gipoxlorimik alkaloz chaqiradi, dori vositaning ta’siri unda keskin susayadi. Mushak ichiga kiritilsa, ta’siri 2-3 soatdan so‘ng boshlanib, 1 kun davom etadi.
Temisal, eufillin – ksantin hosilalari. Tomirlarni kengaytirib, buyrakda qon aylanishini tezlashtiradi va birlamchi peshob ko‘p hosil bo‘ladi. Lekin natriy va xlor ionlarining reabsorsiyasiga ta’sir etmaganligidan peshob ajralishini uncha kuchli oshirmaydilar. Kaliy ionlari peshob tarkibida ortadi. Asosan yurak-tomir yetishmovchiligida samara beradilar.
Spironolakton – aldosteronning retseptorlarini qamal qiladi, natijada natriy ionlari qayta so‘rilmaydi va u xlor ionlari va suv bilan peshob tarkibida ajraladi. Lekin kaliy ionlari sekretsiyasini kamaytiradi va uning miqdori qonda oshadi. Bu asnoda spironolakton triamterenga o‘xshaydi. Spironolakton ta’sirida kislota-ishqor muvozanati o‘zgarmaydi. SHu sababli atsidoz va alkalozlarda ham samarador. Organizmda peshob kislotasini to‘planishiga olib kelmaydi. Lekin spironolakton kuchsizroq diuretikdir. Ta’siri asta-sekin rivojlanadi. (2-3 kun). Dori vosita qon bosimini tushiradi. Dori vosita odatda ichiladi.
Noxush ta’siri: giperkaliemiya, ginekomastiya, bosh aylanishi, terida toshmalar; Buyrak xastaliklarida qo‘llash mumkin emas.
Mannit – diuretik ta’siri organizmdan ko‘p miqdorida erkin suvni ajralishi bilan bog‘liq. Peshob tarkibida ko‘p miqdorda natriy ionlarini ajralishiga olib keladi. Kaliy ionlarini peshob tarkibida ajralishiga ta’sir etmaydi. Dori vosita konsentratsiyasi qonda qancha katta bo‘lsa, uning diuretik ta’siri shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin buyrakning filtratsiyalash qobiliyati pasayganda ta’siri yuzaga chiqmaydi.
Ta’sir mexanizmi: dori vosita nefron ichida osmotik bosimni oshiradi, natijada natriy va suvning qayta so‘rilishi susayadi. Mannitni asosan tomirga kiritiladi. Peshob haydovchi va suvsizlantirish vositasi sifatida o‘pka, miya shishlarida ba’zan ko‘zning ichki bosimini pasaytirish uchun qo‘llaniladi.
Mochevina – mannitga o‘xshab ta’sir etadi. Lekin dori vositaning 50% qayta so‘rilib, qonda qoldiq azot miqdorini oshiradi. GEBdan yaxshi o‘tadi.
Triamteren – pteridin unumi. Distal va yig‘uvchi naychalar epiteliysini natriy ionlari uchun o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va natriy so‘rilmaydi, peshob tarkibida suv bilan ko‘plab chiqariladi. Kaliy ionlarini chiqarilishini oshirmaydi, chunki kaliy ionlarining distal qismida sekretsiyasi pasayadi. Tiazid unumi bo‘lgan diuretiklar ta’sirida rivojlangan gipokaliemiyani kamaytiradi. Ular ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun ularni qo‘shib ishlatish yaxshi natija beradi. Triamterenning peshob haydash kuchi o‘rtacha. Triamteren spironolaktonga o‘xshab kaliy ionlarini jamg‘aruvchi (to‘plovchi) diuretiklar guruhiga kiradi. Peshob kislotasini ajralishini ajralishini biroz oshiradi. Dori vosita MITdan tez so‘riladi va ta’siri 15-20 daqiqadan so‘ng boshlanib, 8-12 soat davom etadi. Alkaloz, atsidozga va peshob kislotasini organizmda to‘planishiga olib kelmaydi.
Qo‘llanilishi: yurak tomir yetishmovchiligida, jigar sirrozida va nefrotik sindromda yuzaga keladigan shishlarda.
Noxush ta’siri: dispepsiya, bosh og‘rig‘i, qon bosimini pasayishi. Ba’zan giperkaliemiya, azotemiya. Kamdan-kam hollarda giperglikemiya, giperurikimiya.
Amilorid – triamterenga o‘xshash, lekin uzoqroq ta’sir etadi (24 soatgacha). Tiazid unumlari bo‘lgan diuretiklardan ta’sir kuchi past. Ular bilan birga ishlatiladi.
Ammoniy xlorid – kislota hosil qiluvchi diuretiklarning tipik vakili. Ammoniy xlorid qonda NH3, H+ va Cl- ga parchalanadi. Xlor va vodorod ionlari bikarbonatlar bilan birikib H2O, CO2, NaCl hosil qiladi. Qonning ishqoriy zahirasi kamayadi va atsidoz rivojlanadi. Xlor ionlarining ortiqchasi natriy ionlari bilan birikadi va ularga mos ravishda suv peshob tarkibida ajraladi. Bunda oz miqdorda bo‘lsa ham, kaliy ionlarining ajralishi ortadi. Natijada peshob hajmi ortadi. Lekin ammoniy xloridning diuretik ta’sir kuchi sustroq va shuning uchun mustaqil dori sifatida ahamiyatga ega emas. Uni alkaloz chaqiruvchi diuretiklar bilan birgalikda qo‘llaniladi (simobli diuretiklar, etakrin kislotasi).

Dori vositalari



Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik doza va qo’llash usuli

Chiqarilish shakli

Dixlotiazid-Dichlothiazidum

Ichishga 0,025-0,05gdan

Tabletka 0,25 va 0,1gdan

Oksodolin-Oxodolinum

Ichishga 0,025-0,1gdan

Tabletka 0,05gdan

Klopamid-Clopamide

Ichishga 0,01-0,04gdan

Tabletka 0,02gdan

Furosemid-Furosemidum

Ichishga 0,04g; mushak orasiga va vena ichiga 0,02g

Tabletka 0,04g; ampula 2ml 1%li

Toracemid-Torasemide

Ichishga 0,0025-0,01g

Tabletka 0,005 va 0,01gdan

Etakrin kislota-Acidum etacrynicum

Ichishga 0,05-0,1g; vena ichiga 0,05g

Tabletka 0,05gdan; ampula, 0,05g dori vosita saqlagan (qo’llashdan oldin eritilsin)

Triamteren-Triamterenum

Ichishga 0,05-0,1g

Kapsula 0,05gdan

Spironolakton-Spironolactonum

Ichishga 0,025-0,05g

Tabletka 0,025 va 0,05gdan

Mannit-Mannitum

Vena ichiga 0,5-1,5g/kg

Kukun;flakon, 30g dori vosita saqlagan; flakon 200, 400 va 500mldan 15%li


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish