Qo'llash mumkin bo'lmagan holdatlar. Yuqori individual ta'sirchanlik, o'tkir pankreatit, surunkali pankreatit xuruji.
Homiladorlik va laktatsiya davri. Oshqozon osti bezi fermentlarini qo'llashning xavfsizligi haqida keraklicha ma'lumot yo'qligi tufayli preparat homilador va emizikli ayollarga faqat ona uchun bo'ladigan foyda homila yoki bola uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holda qo'llash mumkin.
Qo'llash usuli va dozalari. Ichish uchun: Preparat dozalari, kasalliklikning og'irligi va parhez tarkibiga qarab, individual tanlanadi. Dozaning yarmini yoki uchdan birini ovqatdan oldin, qolganini esa ovqat bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi.
Kapsulalar va mikrosferalarni butunligicha, bo'lmasdan va chaynamasdan yutish lozim. Yutish qiyinlashganda (masalan, kichik bolalarga yoki keksa yoshdagi bemorlarda) kapsulalar ehtiyotkorlik bilan ochiladi, mikrosferalar chaynashni talab qilmaydigan suyuq ovqatga qo'shiladi yoki suyuqlik bilan qabul qilinadi. Mikrosferalarning ovqat yoki suyuqlik bilan har qanday aralashmasini saqlash mumkin emas va uni tayyorlangandan so'ng darhol qabul qilish lozim. Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, hamda ularni rN 5,5 dan yuqori bo'lgan ovqatga qo'shish, ularning oshqozon shirasi ta'siridan himoyalovchi qobig'ini parchalanishiga olib keladi.
Mukovistsidoz Doza tana vazniga bog'liq holda belgilanadi va davolash boshlanishida 4 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda har bir ovqat qabuli uchun 1000 lipaza birligi/kg, va 4 yoshdan kata bo'lgan bolalarda har bir ovqat qabuli uchun 500 lipaza birligi/kg ni tashkil etadi. Dozani simptomlarning namoyon bo'lishi darajasi , steatoriya nazorati natijalari va yaxshi ovqatlanish holatini ta'minlashga bog'liq holda aniqlanadi. Ko'pchilik bemorlarda doza sutkasiga 10000 birlik/kg tana vaznidan ortmasligi kerak.
Oshqozon osti bezi ekzokrin yetishmovchiligi kuzatiladigan boshqa holatlarda dozalash Dozalash bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi, bunga ovqat hazm qilishda yetishmovchilik darajasi va ovqatdagi yog' miqdori kiradi. Bemorga asosiy ovqat (tushlik, nonushta yoki kechki ovqat) qabuli bilan birga talab etiladigan doza 20000 dan 75000 lipaza Yevr.F. B. va yengil ovqat qabul qilinganda – taxminan 5000 dan 25000 lipaza Yevr.F. B. ni tashkil etadi.
Kreon® 25000 ning odatdagi boshlang'ich dozasi asosiy ovqat bilan birga 10000 – 25000 lipaza Yevr.F. B. tashkil etadi. Biroq steatoreyani minimumlashtirish va ovqatlanishni yaxshi xolda saqlash uchun kata dozalartalab etilishi mumkin Odatdagi klinik amaliyotga muvofiq bemor ovqat Bilan birga 20000-25000 lipaza Yevr.F. B. dan kam bo'lmagan dozani qabul qilishi lozim.