O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet269/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

SO’RILISHI

TAQSIMLNISHI
DEPOLANISHI

AJRALISHI

11.1-sxema. Temirni so’rilishi, taqsimlanishi va chiqarilishi
Koamid – kobalt eritropoezni kuchaytiradi.
Giperxrom anemiyalarda nuklein kislotalari sintezida ishtirok etuvchi sianokobalamin va foliev kislotasi qo‘llaniladi.
Sianokobalaminpernitsioz anemiya (Addison Birmer xastaligida) qo‘llaniladi. Vit. V12 yetishmaganda, eritropoez megaloblastik yo‘nalish bo‘yicha boradi: eritroblast - giperxrom megaloblast-megalotsit. Pernitsioz anemiyada ichakdan Kaslning ichki omili (glikoprotein) yetishmaganligidan, sianokobalamin so‘rilmaydi. Adison Birmer xastaligida sianokobalamin periferik qon tarkibini yaxshilaydi, nevrologik o‘zgarishlarni va tilning shilliq qavatidagi buzilishlarni daf etadi.
Foliev kislotasi (vit B6)- makrotsitar anemiyada qo‘llaniladi. Eritroblast-giperxrom makronormoblast-makrotsit. Organizmda foliev kislota o‘zining aktiv (faol) holatiga-tetragidrofoliev kislotasiga aylanadi. Vit B12 yetishmovchiligida, foliev kislotasining faol holatiga aylanishi buziladi va qon hosil bo‘lish jarayoni DNKning sintezi buzilganligi sababidan to‘xtaydi. Normoblastlarning etilishi to‘xtaydi va eritropoez megoblastlar hosil bo‘lish yo‘liga o‘tadi.
Qo‘llanilishi: alimentar va dorilar ta’sirida rivojlangan makrotsitlar anemiyalar. SPRU (ich ketish, glossit, endokrin bezlarning gipofunksiyasi, keskin ozib ketishi), homiladorlar anemiyasida. Siankobalamin bilan birgalikda havfli anemiyada. Eritropoezni susaytiruvchi vositalar asosan eritremiyada (Vakez xastaligi)–politsetimiya xastaligida qo‘llaniladi.
Na2N3R2O4 tarkibida fosfor izotopi bor natriy fosfat. Bu dori vosita tomir ichiga yoki MITga kiritiladi. Miqdori millikyuri (mKi)da o‘lchanadi. Dori vosita qonda eritrotsit va trombosit miqdorini kamaytiradi.
Leykopoezga ta’sir etuvchi vositalar
Leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar, leykopeniya va agronulotsitozni davolashda qo‘llaniladi. Bu xastaliklar kimyoviy birikmalar (benzol, tetraetil qo‘rg‘oshin, pestitsidlar va boshqalar) qo‘ziqorinlar, qishlagan donlar, nur kasalligi, yuqumli kasalliklarda mikroblar zaharlari bilan zaharlanish (qorin tifi, gripp, sil) havfli o‘simliklarga qarshi qo‘llaniladigan dorilar va boshqalar ta’sirida rivojlanadi. Yuqoridagi omillar ta’sirida suyak mag‘zida qon hosil qilishda qatnashuvchi hujayralar halok bo‘ladi va qon shakli elementlarining sintezi kamayadi. Leykotsitlar (aleykiya) leykotsitlarning, ayniqsa donador leykotsitlarning kamayib ketishi (agranulotsitoz), insonning mikroblarga qarshilik qilish qobiliyatini keskin kamaytiradi. Agronulotsitoz rivojlanishining asosiy sababi, nuklein kislotalarining almashinuvini buzilishidir. Shuning uchun agronulotsitozni bartaraf etishda xamirturishdan (drojja)olinadigan, nuklein kislotasining Na+ tuzi qo‘llaniladi. Uni parenteral va enteral qo‘llaniladi. Nuklein kislotalarining tarkibiga pirimidin asoslari kiradi. Shu sababli pirimidin unumlari (pentoksil, metatsil) leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar sifatida qo‘llaniladi. Ikkala dori vosita ham jarohat, yaralarni bitishini tezlashtiradi, leykopoezni kuchaytiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bu dori vositalar ichiladi. Pentoksilga nisbatan metiluratsil mahalliy qo‘zg‘atish chaqirmaydi. Shu tufayli pentoksil dispepsik o‘zgarishlar chaqiradi.
Leykopeniyalarni davolashda leykopoezni boshqaruvchi o‘sish omillari ham qo‘llaniladi. Keyingi yillarda gen injeneriyasi tufayli, bunday dorilar yaratildi. Jumladan, insonning rekombinant granulotsitar makrofagal koloniyalarni stimullovchi omil(GM-CSF)yaratildi.
Molgramostimglikoproteid bo‘lib, T limfotsitlar, makrofaglar, fibroblastlarda hosil bo‘ladi va granulotsitlar, monotsitlar, makrofaglarni proliferatsiyasi, differensirovkasi, funksiyasini boshqaradi. Molgramostim eozonofillar proliferatsiyasini kamroq stimullaydi. Hamda eritropoezni boshqaruvchi eritropoetin kofaktor hisoblanadi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: leykopoezni susayishi, aplastik anemiya, havfli o‘smalar ximioterapiyasida rivojlanadigan, yuqumli xastaliklar, OITSda kuzatiladigan mielodisplastik sindromida. Asosan tomirga kiritiladi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, anoreksiya, allergiya, gipertermiya.
Filgrastim – polipeptid bo‘lib, monotsitlar, fibroblastlar va endoteliy hujayralari ishlab chiqaradi. Granulotsitlar kelib chiqadigan hujayralar proliferatsiyasi va differensirovkasi bilan bir qatorda voyaga etgan granulotsitlarni(neytrofillar) faolligini stimullaydi. Dori vosita tomir ichiga va teri ostiga kiritiladi. Molgramostim qo‘llaniladigan holatlarda ishlatiladi.
Noxush ta’siri kam rivojlanadi. Ba’zan jigar funksiyasini buzilishi, allergiya, «suyak»larda og‘riq, dizuriya bo‘lishi mumkin.
Leykopoezni susaytiruvchi vositalar leykozlarda qo‘llaniladi. Ular haqida havfli o‘smalarga qarshi vositalar bo‘limida to‘xtaymiz.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish