Trombositlar agregasiyasini kamaytiruvchi vositalar
(Antiagregantlar)
Organizmda tromboksan – prostatsiklin sistemasi trombositlar agregasiyasini boshqaradi. Ikkalasi ham araxidon kislotasining hosilasi siklik endoperoksidlardan hosil bo‘ladi. Trombositlarda sintezlanadigan tromboksan A2 (TX A2) ta’sirida, trombositlar agregasiyasi ortadi va tomirlarning keskin torayishi (vazokonstriksiya) kuzatiladi (7.1-rasm). Turg‘un bo‘lmagan (t½=30 sek) tromboksanning trombositlar agregasiyasini kuchaytirish ta’sir mexanizmi quyidagicha bo‘lishi mumkin: u tromboksan retseptorlariga ta’sir etib, fosfolipaza S faolligini oshiradi, hamda inozitol 1,4,5-trifosfat va diatsilglitsirolni hosil bo‘lishini kuchaytirib,trombositlarda Ca++ miqdorini oshiadi.
11.1-rasm. Prostosiklin-trombaksan sistemaning trombositlar agregatsiyasidagi o’rni va uni farmokolgik boshqarish usullari.
1 – siklooksigenaza ingibirlanishi (atsetilsalitsil kislota); 2 – tromboksansintaza ingibirlanishi (dazoksiben); 3 – tromboksan retseptorlari bloklanishi (daltroban); 4 – prostosiklin retseptorlari stimullanishi (epoprostenol); 5 – fosfodiesteraza ingibirlanishi (dipiridamol); 6 – prostosiklinsintaza faollashuvi.
(+) – stimullash, (-) – susaytirish.
Tomir devoridagi kollagen, trombin, ADF, serotonin, PGE2, katexolaminlar ham, tromboksan kabi trombositlar agregasiyasini kuchaytiradi. Prostatsiklin (PGI2). Trombositlar agregasiyasiga qarshilik qiladi, hamda tomirlarni kengaytiradi (vazodilyatatsiya). Katta miqdorlari trombositlarning tomirlardagi kollagenlarga ta’sir etishiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli prostatsiklin organizmda trombositlar agregasiyasini susaytiruvchi, eng faol birikma hisoblanadi.
Ta’sir mexanizmi quyidagicha: adenilatsiklaza faolligini oshirib, ATF dan sAMF hosil bo‘lishi va uning miqdorini trombositlarda va tomir devorida kuchayishidan iborat. Shu bilan bir qatorda prostatsiklin trombositlarning fosfolipaza va siklogenaza fermentlari faolligini susaytiradi. Trombositlar agregasiyasiga PGE1, geparin, AMF, adenozin, metilksantinlar, serotoninning antagonistlari ham shunday ta’sir ko‘rsatadilar.
Trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi vositalar quyidagi guruhdan iborat:
Siklooksigenazani susaytiruvchi vositalar: atsetilsalitsilat kislotasi
Adenilatsiklazani faollashtiruvchi vositalar: prostatsiklin
Fosfodiesterazani susaytiruvchi vositalar: dipiridamol
Turli xil vositalar: anturan.
Atsetilsalitsilat kislotasi - ning kam miqdori trombositlar siklooksigenazasini qaytmas susaytiradi va siklik endoperoksidlar, hamda uning unumlari bo‘lgan tromboksan va prostatsiklinlar sintezini susaytiradi. Lekin prostatsiklinga nisbatan tromboksanning sintezini kuchliroq susaytiradi, chunki tomir devorlaridagi siklooksigenaza, trombositlarnikiga nisbatan salitsillat kislotasi ta’siriga sezgirroqdir. Dori vositaning ta’siri bir necha kun davom etadi, chunki trombositlar siklooksigenaza fermentini qaytmas susaytiradi. Tomir devoridagi siklooksigenaza esa o‘z faolligini bir necha soatdan keyin qayta tiklaydi. Shuning uchun ham tromboksan miqdorini kamayishi prostatsiklinnikiga nisbatan davomliroq. Atsetilsalitsilat kislotasining ta’siri yoshlarda faqat kichik dozalardagina namoyon bo‘ladi, qarilarda esa xamma dozalari kam qon oqish davomliligini uzaytiradi.
Prostatsiklin – turg‘un bo‘lmagan birikma bo‘lganligidan, uning turg‘unroq analogi-karbotsiklin sintezlangan. Bu dori vositaning ta’siri infuziya davri va undan keyin 10 minutga davom etadi. Dori vosita tomirga kiritilganda,trombositlar agregasiyasini susaytiradi. Bu borada davomliroq ta’sir etuvchi dori vosita kerak;
Dipiridamol – toj tomirlarni kengaytiruvchi vosita. Fosfodesteraza fermentini susaytirib, trombositlarda sAMF miqdorini oshiradi. Bundan tashqari trombositlar agregasiyasini susaytiruvchi adenozinning ta’sirini kuchaytiradi.
Anturan – podagra xastaligiga qarshi qo‘llaniladigan dori vosita, agregasiyani kamaytiradi. Siklooksigenaza fermenti faolligini susaytiradi. Ta’sir mexanizmi aniq emas. Trombositlar membranasiga ta’sir etib, ADF va serotoninni ajralishini kamaytirsa kerak, chunki bu ikkalasini ham trombositlar agregasiyasini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |