O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Qon tizimiga ta’sir etuvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet268/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

11.Qon tizimiga ta’sir etuvchi vositalar

Sut emizuvchilar organizmida doimo qon elementlari (unsurlari) yangilanib turadi. Bu murakkab jarayon neyroendokrin sistema orqali boshqariladi. Qon hosil qiluvchi a’zolar, tomirlardagi qon, qon elementlarining parchalanishi o‘tadigan a’zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi sistema, umuman qon sistemasi deb ataladi. SHu sistemaning biror bir qismi faoliyatining buzilishi qonning miqdoriy yoki sifat o‘zgarishlariga olib keladi, ya’ni patologiya rivojlanadi, ko‘proq eritropoez, leykopoez va trombositopoezning buzilishi tufayli yuzaga keladi. Tibbiyot amaliyotida ana shu jarayonlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan dori vositalar ishlatiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi.



  1. Eritropoezga ta’sir etuvchi vositalar:

  1. Eritropoezni kuchaytiruvchi vositalar:

    1. gipoxrom anemiyada qo‘llaniladigan: temir sulfat, temir laktat, ferumlek, ferkoven, koamid

    2. giperxrom anemiyada qo‘llaniladigan:sianokobalamin, foliev kislotasi

  1. Eritropoezni susaytiruvchi vositalar: fosfor 32 izotopli natriy fosfat eritmasi.

  1. Leykopozzga ta’sir etuvchi vositalar:

  1. leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar: pentoksil, natriy nukleinat, molgramostim, filgrastim

  2. leykopoezni susaytiruvchi vositalar: novembixin, mielosan, merkaptopurin, dopan, tiofosfamid.

Eritropoezga ta’sir etuvchi vositalar
Anemiya-patologik holat bo‘lib, eritrotsitlar va gemoglobinni miqdorini kamayishi bilan, hamda eritrotsitlarning shakli, kattaligi va yashash muddatini o‘zgarishi bilan kechadi. Anemiyalarning turi ko‘p bo‘lib, dori vositalri bilan davolashga asosan temir yetishmovchiligi tufayli rivojlanuvchi va xavfli anemiya qulayroq.
Gipoxrom anemiyalarda (rang ko‘rsatkichi 1 dan kam) eritropoezni kuchaytirish uchun asosan temir dori vositalari qo‘llaniladi. Inson tanasida tahminan 2-5 g temir bor bo‘lib, uning 60% gemoglobin tarkibida, 20%-mioglobinda va to‘qima fermentlarida (sitoxrom b, c, a3, p450, v5) qolgan qismi zaxirada (jigar, qora taloq, ilik). Temir zaxirasi asosan qondagi gemoglobin va fermentlar sintezi uchun ishlatiladi. Ayollar hayz ko‘rganda anchagina temir yo‘qotadilar (10-50 mg.bir kunda). Homiladorlikda ham xuddi shunday (homilaning gemoglobini va fermentlari uchun)bo‘ladi. Erkaklarning temirga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 5mg, ayollarnikiga esa 15mg. Kunlik taomda inson tahminan eng kamida 20mg temir qabul qiladi. Ya’ni kundalik ehtiyoj ovqat bilan butunlay qoplanadi. Lekin surunkali qon yo‘qotish ro‘y berganda (sur. gemmoragiya) ovqat tarkibidagi temir kamlik qiladi, onalar bolani emizish davrida ham, xuddi shunday bo‘ladi (alimentar anemiya) MITdan ionlangan ikki valentlik temir yaxshi so‘riladi, ayniqsa 12 barmoqli ichakda (7.1-sxema). So‘rilishi asosan aktiv jarayon, lekin diffuziya yo‘li bilan ham bo‘ladi (kamroq). Me’da va ichakning shilliq qavatida transport oqsili-apoferritin bo‘ladi. U temir bilan bog‘lanib, ferritinga aylanadi. Agar bo‘sh qolgan apoferritin tugasa, so‘rilishi to‘xtatiladi. Qonda esa transport oqsili (β-globulin) transfferrin 2-molekula temir bilan bog‘lanib, ferrotransferritinga aylanadi. Shu holda temir zaxira makonlariga etkaziladi. U erda apoferritin bor bo‘lib, temirni o‘ziga oladi va ferritinga aylanadi. Temirning so‘rilishi zaxira bo‘shab qolganda tezlashadi. Bir kunda eng ko‘pi bilan 50mg temir MITdan so‘rilishi mumkin. Bu miqdorni ovqat bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun temir unsurlari bo‘lgan dori vositalar berishi shart.
Temir sulfat va temir laktat - Bu dori vositalarni kapsulalarda yoki kobig‘li tabletkalar shaklida qabul qilinadi, chunki temir og‘iz bo‘shlig‘idagi oltingugurt vodorod bilan (SH) birikib, qora rangli temir sulfidni hosil qiladi. Tishlar qorayib qoladi. Temir dori vositalari kabziyatni rivojlantiradi, chunki oltingugurt vodorod ichakning harakatga keltiruvchi omildir. Temir dori vositaining ichakdan so‘rilishi buzilganda, uni parenteral yo‘l bilan kiritishga moslangan dori vositalari qo‘llaniladi. Ferkoven tarkibidagi kobalt eritropoezni rag‘batlantiradi. Bu preperat ta’sirida yuzni qizarishi, ko‘krakni qisilishi, bel og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Ferumlek tarkibida 3 valentli temirning maltoza bilan birikmasi bor.
Tomirga kiritish uchun 5ml (amp) chiqariladi. Ampuladagi suyuqlik 0,9% Naclning 10ml eritmasida suyultirib, sekin kiritiladi. Teri ostiga kiritish mumkin emas.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish