Farmakologik ta'siri.Tefroliv forte - jigarning samarali regeneratsiyasi yo'li bilan jigar to'qimasining tez tiklanishi va jigarning himoyasini ta'minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan 9 o'simlik ekstraktini saqlovchi yangi o'simlik tarkibidir.
Tefroliv forte - Ayurovedik vosita (hind tibbiyotining qadimgi tizimi), xujayra strukturalari va biologik membranalarning faoliyatini barqarorlashtirish yo'li bilan jigarga to'g'ridan-to'g'ri himoyalovchi ta'sirini amalga oshiradi.
Tefroliv forte - jigarni shikastlovchi ekzogen va endogen omillar bilan kurashadi yoki oldini oladi. Jigarni bu antigepatotoksik faolligi kuchli lipotrop va antinekrotik xususiyatlari bilan bog'liq. Tefroliv forte nafaqat membranani mustahkamlovchi agent sifatida ta'sir qiladi, balki xujayraning umumiy samaradorligini ham oshiradi. Bu ta'sir gepatotsitning regenerative xususiyatlari bilan bog'liq.
1. Phyllanthus niruri (Fillantus niruri) - preparatning eng muhim ingredienti bo'lib, V gepatiti bo'lgan patsientlarning jigari xujayralariga virusni kirishini ingibirlab, virusli yuklamani pasaytiradi.
Zamonaviy tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, antigepatotoksik ta'siri Fillantus
nirurining ikki komponenti: fillantin va gipofillantin bilan bog'liq. Bu moddalar kalamushalarning gepatotsitlarini birlamchi kul`turalarida o'tkazilgan tajribalarda to'rt xlorli uglerod va galaktozamin tomonidan chaqirilgan sitotoksiklikni bartaraf qilganlar.Bundan tashqari, preparat juda past zichlikdagi lipidlar darajasini pasaytirgan.
Gastritlarda, dispepsiyada buyuriladi, siydik haydovchi, o't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi, shuningdek viruslarga qarshi xususiyatga ham ega.
2. Tephrosia purpurea (qirmizi Tefroziya) - hindistonning antigepatotoksik
preparatlarining eng ko'p ishlatiluvchi o'simliklaridan biri bo'lib, yaqqol gepatoprotektor faollikka ega. Aniqlanishicha, qirmizi Tefroziyaning flavonoidlari mikroblarga qarshi faollikka ega.
O't-safro qopi sanchig'ida, jigar va taloqning kattalashishi va obstruktsiyasida buyuriladi. Kuchsiz siydik haydovchi ta'sirga ega.
3. Eclipta alba (Oq eklipt) - CCl4 tomonidan chaqirilan jigar mikrosomal fermentlarining ingibirlanishiga to'sqinlik qiladi.
Jigar va o't-safro qopining faoliyatini buzilishlarida, shuningdek jigar va o't-safro qopining obstruktsiyalarida qo'llanadi.
4. Andrographis paniculate (Popukli andrografis) - antioksidant va gepatoprotektor faollikka ega. Mualliflar (Trivedi va Rawal (2001) ning ma'lumotlariga ko'ra bu o'simlikning suvli ekstrakti yaqqol gepatoprotektorlik faollikni namoyon qilgan. Bu o'simlikdan ajratib olingan andrografolid, gepatotsitlarning mitoz tezligini, shuningdek jigar xujayralarida DNK va RNK sintezini oshirgan.
Sust kechuvchi gepatitda qo'llanadi. Kuchli o't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi. Dispepsiyada qo'llanadi.
5. Picrorhiza kurroa (Pikroriza kurroa) - Zamonaviy tadqiqotlarning natijalariga ko'ra jigarning paratsetamol va galaktozaminli shikastlanishida Pikroriza korroa glikozidlarining aralashmasini yaqqol gepatoprotektor samarasi aniqlangan. Jigarning o'tkir va surunkali alkogolli intoksikatsiyasini zararsizlantiradi. O't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi, gastritlarda, dispepsiyada ishlatiladi.
6. Solanum nigrum (qora ituzum) - Siddiqui (2000) ning ma'lumotlariga ko'ra o'simlik antigepatotoksik va yallig'lanishga qarshi faollikka ega. Bu o'simlikning ekstraktini gepatoprotektor samarasi uning jigarning shikastlangan to'qimalarida DNK ni oksidlanuvchi parchalanishiga susaytiruvchi ta'siri bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Yumshoq siydik haydovchi vosita, kuchli o't haydovchi. Gepatitlarda va jigar sirrozlarida, splenomegaliyada tavsiya qilingan.
7. Piper longum (Uzun qalampir) - Uzun qalampirning asosiy komponenti - Piperin CCl4 chaqirgan jigarni zararlanishida gepatoprotektor samara ko'rsatadi (hayvonlar va odamlarda). Kuchli o't-safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi, jigar va taloqning obstruktsiyasini bartaraf qiladi, preparatning boshqa ingredientlarini so'rilishini oshiradi.
8. Terminalia chebula (Terminaliya chebula)- o'simlikning asosiy komponentlari (taninlar, antraxinonlar, chebulin, chebulan, chebul, ellg va gall kislotalari) antigepatotoksik va antitsitotoksik faollikni namoyon qiladi. Taloq va jigar kattalashganida qo'llanadi.
9. Ocimum sanctum (Muqaddas rayxon) - immunomodulyatorlik, antistressor va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Bu o'simlik barglarining ekstrakti kalamushlar jigarining paratsetamol chaqirgan shikastlanishini bartaraf qiladi. Ko'pchilik surunkali jarayonlarda ishlatiladi va to'qimalarni tez tiklanishiga yordam beradi. Jigar faoliyatining buzilishlarida qo'llanadi, tinchlantiruvchi va o't-safro haydovchi ta'sirlarga ega.