Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Tarix


Muhammad Solihning ―Tarixi jadidayi Toshkand‖



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana15.12.2022
Hajmi0,53 Mb.
#887817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Oʻzbekiston tarixi mustaqil ishim 5-semestr PDF

Muhammad Solihning ―Tarixi jadidayi Toshkand‖ 
asarida koʻrsatilgan shahar topografiyasi, shahar atrofidagi joylar geografiyasiga 
oid maʼlumotlar keltirilgan.
Shaharning toʻrt dahasi, madrasa, masjid, mahallalari, qabriston va 
maqbaralari, hammomlari, bozorlari, shuningdek, shahar devorlari, qoʻrgʻonlari va 
oʻn ikki darvozasi haqida yozilgan. Jumladan: 1. 
Qiyot darvozasi 
– qiyot qabilasi 
nomidan, qadimda Parkent darvozasi deb atalgan. 2. 
Turklar darvozasi
– turk 
qabilasi nomidan. 3. 
Oʻzbek darvozasi
– oʻzbek qabilasi nomidan. 4. 
Taxtapul 
4
Юлдошев А. Аграрные отношения в Туркестане (конец XIX – начало XX вв.). – Ташкент: Узбекистан, 1969. – 
255 б. 
5
Юнусходжаева М. Из истории землевладения в Туркестане (на материалах хозяйства князя Н.К.Романова). – 
Ташкент: Фан, 1970. – 104 с. 


darvozasi
. 5. 
Qorasaroy darvozasi
– qorasaroy qabilasi nomidan. 6. 
Chigʻatoy 
darvozasi
– Chingizxon avlodidan boʻlmish Chigʻatoy ulusi nomidan. 7. 
Suʼboniyon darvozasi
– bu ham qabila nomidandir. 8. 
Koʻkcha darvozasi 
– bu 
ham qabila nomidandir. 9. 
Kamondaron darvozasi 
– kamondaronlar buzuq 
qabilasidan bir toifaga mansub. 10. 
Qangʻli darvozasi 
– bir qabilaning nomidan. 
11. 
Beshogʻoch darvozasi
– bu ham qabila nomidan. 12. 
Qatagʻon darvozasi
– 
qatogʻon qabilasi nomidan. Muhammad Solihning yozishicha bu darvozalar 
Sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan
boʻlib, nomlar oʻsha paytda 
berilgan. 
Toshkent joy nomlarining tarixini yoritishda 
A.R.Muhammadjonovning 
―Qadimgi Toshkent‖
risolasida arxeologik maʼlumotlar asosida hozirgi Toshkent 
hududida shahar madaniyatining shakllanishi va uning rivojlanishi tarixi, bu yerda 
qad koʻtargan dastlabki dehqonchilik qishloqlari, qalʼa-qoʻrgʻonlari va ularning 
tarixiy topografiyasi tavsiflangan, ayrim mahallalar nomlarining etimologiyasi 
talqin etilgan, shuningdek, “Toshkent” toponimining etimologiyasi haqida 
mufassal toʻxtalib oʻtilgan. Unda taʼkidlanishicha, milodning boshlarida Choch 
vohasida shahar madaniyati kengayib, Qorasuv, Salor va Joʻnariq tarmoqlari 
boʻylab yangi yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan qadimgi Choch shahri yangi 
joyda, hozirgi temir yoʻl vokzali yaqinida Salor suvi boʻyida yangidan qad 
koʻtargan. V asrda u kengayib, Shosh viloyatining markaziga aylangan. Bu 
qadimgi shaharning harobalari Mingoʻrik tepaligidir. Shu vaqtdan boshlab u 
Choch nomi bilan atala boshlagan. Arablar bu shaharni “Shosh” va “Madinat ash-
Shosh” deb ataganlar. Arxeologik maʼlumotlarga qaraganda, qadimgi Choch 
shahri IV–VIII asrlarda gullab-yashnagan. VIII asr oʻrtalarida Toshkentning 
arablar tomonidan bosib olinishi oqibatida, Mingoʻrikdagi Shoshkand shahri 
vayron etilib, boʻshab qolgan. IX asrga borganda shahar yangi joyda – hozirgi 
Xadrada qad koʻtargan. Yangi joydagi shahar IX–XI asrlarda “Binkat” deb 
yuritiladi. Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent shahri bu 


davrda “Tarkan” deb ham yuritilgan.
6
Muallifning qayd etishiga koʻra, XI asrda 
Toshkentning qadimgi nomlaridan Shoshkent turk tiliga tarjima qilinib, u 
“Toshkand” deb yuritila boshlangan. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida 
Toshkentning Choch, Shosh, Binkat kabi qadimiy nomlari aholi oʻrtasida 
muomaladan chiqib, uning soʻnggi atamasi shuhrat topa boshlagan. 
Toshkentda mavjud suv inshootlari – gidronimlar haqida maʼlumotlar 
Q.Xolmatov va P.Baratovlar tomonidan yozilgan va 1983-yili chop etilgan 
“Toshkent shahrining irrigatsiya shoxobchalari” nomli risolasida keltirilgan
7

Xususan Toshkent iqlimining oʻziga xos tomonlari, shahar hududidagi ariq, hovuz 
va koʻllarning hozirgi kundagi nomi, oʻlchamlari, joylashgan va oqib oʻtadigan 
hududi, paydo boʻlgan vaqti haqida bayon qilingan. Toshkentning ayrim 
koʻchalari, bogʻlari tarixiga doir maʼlumotlarni Yu.Sokolovning “Ташкент, 
Ташкентцы и Россия”
8
, A.Tyurikovning “Истории о Ташкенте”
9

Yu.F.Buryakovning 
“Toshkent 
koʻchalari”, 
N.S.Sodiqova 
va 
Yu.F.Buryakovlarning “Qadimgi va hozirgi Toshkent” asarlarida uchratish 
mumkin. 
Oʻzbekistonning mustaqillik yillari Toshkent shahri toponimiyasi uchun 
yangi oʻzgarishlar davri boʻldi. Bu yillarda shahar joy nomlari qaytadan koʻrib 
chiqildi. Shahar toponimika komissiyasi tuzildi va uning barcha tumanlarda 
filiallari tashkil etildi. Sovet davrida pala-partish, ilmiy asossiz qoʻyilgan koʻplab 
mikrotoponimlar yangicha yondashilgan holda oʻzgartirildi. 1993-yili Toshkent 
shahri toponimlariga bagʻishlangan ilmiy anjuman oʻtkazildi. Unda mutaxassislar 
tomonidan shahar toponimiyasining tarixi, tasnifi, yangi nomlar berish tartibi kabi 
mavzularda ilmiy maʼruzalar qilindi, tegishli xulosalar aytildi va maʼruzalari 
tezislari 1994-yilda toʻplamda nashr qilindi.
10
2002-yili “Toshkent mahallalari: 
6
Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. 3 томлик. – Т., 1960. Т.I. Б. 414. 
7
Холматов Қ., Баратов П. Тошкент шаҳрининг ирригация шоҳобчалари. – Т.: Фан, 1983. – 47 б. 
8
Соколов Ю. Ташкент, ташкенты и Россия. – Ташкент: Узбекистан, 1965. – 190 с. 
9
Тюриков А. Истории о Ташкенте. – Ташкент: Ёш гвардия, 1983. – 75 с. 
10
Тошкент шаҳри ва вилоятлари топонимлари муаммолари: илмий-амалий конф.докл.тез. – Т., 1994.– 90 б. 


anʼanalar va zamonaviylik” (tarixiy-etnografik tadqiqot) nomli kitob chop etildi
11

unda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi Toshkent mahallalarining 
ijtimoiy-demografik tavsifi keltirilgan. H.Ziyoyevning 2003-yilda nashrdan 
chiqqan “Tarixning ochilmagan sahifalari”
12
nomli kitobida Toshkent shahar 
darvozalarining nomlari, shahar devorining ahamiyati, koʻchalarning tuzilishi 
haqida soʻz yuritiladi.
Toshkent shahrining XIX asr oxiri – XX asr boshlari tarixiga bevosita 
daxldor tadqiqotlar jumlasiga J.Ismoilovaning 2004-yili nashr etilgan “XIX 
asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkentning “yangi shahar” qismi 
tarixi” nomli kitobini kiritish lozim. Mazkur tadqiqotda oʻrganilayotgan davrdagi 
Toshkentning “yangi shahar” qismi hududida joylashgan turli toponimik obyektlar 
– maʼmuriy binolar, savdo inshootlari, ilmiy, maʼrifiy, tibbiy, diniy muassasalar 
tarixi bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan.
S.Qorayevning 2005-yilda chop qilingan “Oʻzbekiston viloyatlari 
toponimlari” nomli kitobi Oʻzbekiston joy nomlarini oʻrganishda muhim 
tadqiqotlardan sanaladi. Unda respublika hududidagi koʻplab toponimlarga 
sharhlar berilgan, har bir viloyatning toponimiyasiga oid izlanishlar olib borilib, 
qisqacha tahlillar keltirilgan. Jumladan, Toshkent shahrining mahalla, mavze, 
koʻcha, darvozalari nomlari bilan bogʻliq toponimlar haqida ham ilmiy 
mulohazalar yuritilgan. 
Sanab oʻtilgan manbalarda Toshkent shahri Yangi shahar qismining 
toponimiyasi haqidagi maʼlumotlar shaharning XIX asr oxiri – XX asr 
boshlaridagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayoti bilan bogʻliq holda 
uchraydi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish