92
Bunday transportlovchi vositalarda materiallar
vagonetkalarda yer
ostidagi tayanchlarga tayanuvchi arqonlar yordamida tashiladi. Osma
arqon yo’llar ko’pincha karerlardan xom ashyoni maydalash-saralash
tsexlariga yetkazishda ishlatiladi. Bu ayniqsa tog’li hamda yerda ko’p
kommunikatsiyalar (masalan, avtomobil va temir yo’llar, gaz yoki neft
trassalar va x.k.) bor hududlarda samarali.
Osma arqon yo’llar tuzilishi bo’yicha bir arqonli va ikki arqonli,
vagonetkalar harakati bo’yicha esa – halqasimon va mayatnikli bo’ladi.
Ikki arqonli osma arqon yo’llarda ikki arqon ko’zda tutilgan: bittasi-yuk
ko’taruvchi, u bo’ylab vagonetkalar g’ildiraklari
harakat qiladi,
ikkinchisi esa – tortuvchi. Bir arqonli osma arqon yo’llarda bitta arqon
bir vaqtning o’zida ham yuk ko’taruvchi, ham tortuvchi a’zo. Osma
arqon yo’llar vagonetkalar harakati bo’yicha halqasimon va mayatnikli
harakatda bo’ladi. Birinchisida arqon uzluksiz halqaga aylantirilgan
bo’lib, bitta yo’lida material bilan to’ldirilgan
vagonetkalar,
ikkinchisidan
bo’sh
vagonetkalar
harakatlanadi.
Mayatnikli
harakatdagisida esa vagonetka tortuvchi arqonga ko’zg’almas holda
mahkamlanadi va u yo’lning boshlang’ich va oxirgi nuqtalari o’rtasida
reversiv harakat qiladi. Ish unumdorligini oshirish maqsadida mayatnikli
osma arqon yo’llar 2-yo’lli qilinadi.
7.3-rasm. Osma konveyer sxemasi.
1-arqon, 2-tortuvchi shkiv, 3-bunker, 4-tarang arqon, 5-bashmak, 6-
osma idish, 7-etaklanuvchi shkiv, 8,9-yordamchi yuk, 10-bo’sh arqon,
11-tayanch roliklari, 12-tashqi tayanch, 13- ankerga mahkamlangan
qism, 14-yuritma.
Ikki arqonli osma arqon yo’li (7.3-rasm) boshlang’ich (yuklovchi),
oxirgi (bo’shatuvchi) va o’rta stantsiyalardan iborat, ular orasida yuk
tashuvchi arqonlar 4 tortilgan. CHegaraviy
stantsiyalarda arqonlar
relslardan tayyorlangan yarim halqalar 1 ga almashtirilgan. Ular yuzasi
bo’ylab vagonetkalar 6 osma itaruvchi konveyerlar yoki o’zining
93
inertsiyasi bo’yicha harakatlanadi. Yuklovchi stantsiyada material
vagonetkalarga bunker 3 dan solinadi. Vagonetkalarni avtomatik
ravishda to’ldirish vaznli va hajmli miqdorlagichlar
yordamida amalga
oshiriladi. Bo’shatuvchi stantsiyada material vagonetkalarning
avtomatik ravishda ag’darilishi evaziga amalga oshiriladi, ularni ishchi
holatga qaytarish maxsus spiral yordamida bajariladi. Tortuvchi arqonlar
10 ga vagonetkalar avtomatik ravishda ulanadi.
Odatda osma arqon yo’lining kengligi metrni tashkil etadi.
Tayanchlarning tepa qismi konsoliga tortuvchi
arqon rolikli tayanchlari
va boshmoqlar mahkamlangan, oxirgilarda yuk tashuvchi arqonlar
uchun kanavkalar qilingan. Tarangligini ta’minlash uchun har bir yuk
ko’taruvchi
arqon bir uchidan ankerlarga, ikkinchi uchidan yukga
mahkamlangan. Tortuvchi arqon esa tortuvchi shkiv va yuk yordamida
taranglanadi. Harakatga tortuvchi arqon yuritma va shkiv yordamida
keltiriladi. Tortuvchilar sifatida 26 – 32
mm diametrli arqonlar, yuk
ko’taruvchilar sifatida esa 30 – 50 mm diametrli arqonlar qo’llaniladi.
Vagonetkalar (7.4-rasm, a,b) kuzov 1, osmasi 2 hamda ikki yoki
to’rt g’ildirakli yurish aravacha 3 dan tashkil topgan.
Bo’shatish usuliga qarab vagonetkalar 2 turga bo’linadi: kuzovi
ag’dariladigan (7.4-rasm, v) va tubi ochiladigan (7.4-rasm, g).
Halqasimon osma arqon yo’llar vagonetkalar kuzovi hajmi 0,3 – 1,6 m
3
,
yuk ko’tarish qobiliyati esa 1 – 3 t. Vagonetkalar yurish tezligi 0,8 –
3,15 m/s.
Osma arqon yo’llar tayanchlari metall yoki temir-betondan
tayyorlanadi (7.4-rasm, d). Tayanchning yuqori qismida yuk ko’taruvchi
arqonlar uchun boshmoqlar 4, tortuvchi arqon uchun roliklar 5 va
saqlovchi moslamalar 6 o’rnatilgan. Tayanchlar balandligi amalda 10-15
metrni, ular orasidagi masofa 80 – 120 metrni, tog’ hududlarda 600
metrni, ayrim o’ta muhim hollarda 1500 metrni tashkil etadi.