Qurilish materiallarini pishirishning texnologik jarayonlari, sement, ohak materiallar, xom g’ishtlar, o’tga chidamli shamot, magnezit, farfor va boshqa xomashyolar - yuqori haroratda qizdiriladi, qachonki pishish jarayoni bo’lganidan keyin esa havo bilan sovitiladi. Qizdirish va sovitish xom ashyoning turiga qarab ma’lum rejimda amalga oshiriladi. Tunelli pech to’xtovsiz xarakatlanuvchi agregat bo’lib, regenerativ yoki rekuperativ ko’rinishdagi qurilma emas. Pech uzun (80-120m) tuneldan tashkil topgan bo’lib, ishlov beruvchi xom ashyolar joylashgan vagonli poyezdlar harakat qiladi. Metalldan iborat vagonetkalar o’tga chidamli va izolyatsiyali g’ishtlar bilan qoplangan. Vagonetkalar vaqti-vaqti bilan itargichlar bilan harakatga keltriladi. Pech uzunligi bo’yicha qizdirish zonasiga, yuqori haroratli zonaga va sovitish zonasiga bo’linadi.
Yoqilg’i o’txonada yoqiladi, unga kerakli havo sovitish zonasidan keltiriladi, bu yerda havo hom ashyoni sovitish hisobiga qizdiriladi.
Yonish mahsuloti o’txonadan tunelning ishchi bo’shlig’iga o’tadi, xom ashyo bilan birgalikda asta sekin o’zini issiqligini berib xarakatlanadi. Tutun issiqligining ishlatilish darajasi,
qizdirish zonasining uzunligiga va gazning hom ashyoga issiqlik berish intensivligiga bog’liq.
Tunelli pechning prinsipial sxemasi ko’p talablarni qoniqtiradi va shu prinsipda ishlovchi kamerali pechga nisbatan 1,5-2 barobar kam miqdorda yoqilg’i sarflaydi.
Hozirgi vaqtda yoqilg’i-energitika resurslarini tejash muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, energiya tejamkorligi keramika mahsulotlari va g’isht ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar uchun alohida ahamiyatga ega.
Tunel pechlari sanoat va maishiy maqsadlar uchun keramika mahsulotlarini va g’isht yoqish uchun keng qo’llaniladi. Bu yuqori haroratli qurilmalarning dizayni va ish rejmlarini takomilashtirish orqali ularning energiya, texnalogik va iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
G’isht pishirish murrakkab texnologik va termofizik jarayondir. Issiqlik ta’siri ostida kuyish paytida, materialning turli darajadagi senterlanishi bilan bog’liq ravishda fizzik-kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi. Shu bilan birga, yoriqlar va diffarmatsiyalarga ega bo’lmagan yuqori sifatli mahsulotlarni olish uchun issiqlik bilan ishlov berishning ratsionar rejmini ta’minlash kerak, bu mahsulotni butun massa bo’ylabruxsat etilgan tezlik bilan bir hilda isitish va sovitishdan iborat. Shunday qilib, yuqori sifatli mahsulot olish uchun va tunel pechlarining mahsuldorligini oshirish uchun zarur shart sharoitlar ularning termal ishini to’g’ri tashkil etish uchun va mahsulotlarni qayta ishlash uchun harorat jadvaliga aniq rioya qilishdir. Shu munosabat bilan ishlaydigan agregatning termik ishlashi samaradorligini oshirish, ratsionalkuyish rejmlarini tanlash va ularning issiqlik ishlarini magmatik modellashtirish asosida tunel pechlarini konstruktiv takomillashtirish vasifalari dolzarb ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |