O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

1. Omonim so‘zlar.
Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar 
omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. 
Masalan: ot – hayvon, ot – uloqtirmoq, ot – ism; og‘iz – insonning tana a’zosi, 
og‘iz – yangi tug‘gan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang – to‘zon, gard, 
g‘ubor, chang – to‘rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‘sh cho‘p 
bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq – insonning tana a’zosi, ot, qovoq –
poliz ekini, ot. 
Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz – miqdor 
bildiruvchi son) oid bo‘ladi. 
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‘aviy omonimlar; 2) grammatik 
omonimlar. Lug‘aviy omonimlar:
1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi. 
1.Omonimlik hodisasi so‘z bilan so‘z doirasida bo‘lsa, leksik omonim deyiladi. 
Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan kukun. U 
oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l) – zavq 
shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar 
shod: Yuzi kuladi, ko‘zlari yonadi? (H.G‘ulom) 
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‘lsa, frazeologik omonim 
deyiladi. Masalan: bosh ko‘tarmoq – qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarmoq, bosh 
ko‘tarmoq – tuzalmoq, sog‘aya boshlamoq. 
Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. Shakli bir xil, 
ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im 
qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I 
shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) – 
sifat yasovchi qo‘shimcha. 
Ba’zi omonim so‘zlar qo‘shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab 
qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so‘z – ter ot turkumiga oid so‘z bo‘lib,
I shaxs, birlik egalik qo‘shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid so‘z ot 
yasovchi -im qo‘shimchasini olgan. Bu so‘zlar bir xil shaklini saqlab qolgan. 
Qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan so‘zlar 
omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa 
so‘z turkumiga ham oid bo‘ladi. Masalan, 1) bog‘ – mevazor (ot); 2) bog‘ –
bog‘ich (ot). Ularning qo‘shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari: 
1) bog‘ni, bog‘ning, bog‘dan; 
2) bog‘ni, bog‘ning,bog‘dan. 
Qiyoslang: oq (sifat)+ar – fe’l yasovchi qo‘shimcha; 
oq (fe’l)+ar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimcha. 
Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og‘zaki so‘zlashuv nutqida so‘z 
o‘yinlari, askiyalarda qo‘llanadi. 
Omonimlar ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosidagi bog‘lanishning yo‘qolishi, 
so‘zlardagi fonetik o‘zgarishlar va boshqa tildan so‘z o‘zlashishi jarayonida yuzaga 
keladi. Masalan: 1) bog‘ (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog‘ (bog‘ich) o‘zbekcha 
so‘z; 2) dam – nafas (o‘z ma’nosi), dam - bosqon (ko‘chma ma’no), dam - hordiq 


156 
(ko‘chma ma’no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‘qolib, omonimiya hodisasi 
yuzaga keldi. 
2. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish