O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Bo‘yoqsiz leksika
. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi leksemaning ko‘pchiligi 
so‘zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‘yoqdan xoli bo‘ladi. 
Bunday birlik bo‘yoqsiz leksema. Masalan, [bor], [yo‘q], [katta], [mazali], 
[daryo], [urmoq], [chiroyli], [tez], [husn] kabi leksemalar borliq hodisalarini 
boricha aks ettiradi va unga so‘zlovchining munosabatini ifodalamaydi. 
Boshqacha aytganda, bo‘yoqsiz leksemaning kishi hissiy munosabatini 
ifodalovchi ifoda semalari nol darajada bo‘ladi. Biroq bu leksemaning 
bo‘yoqsizligi nisbiy, ya’ni faqat lisonda. Nutqda har qanday bo‘yoqsiz leksema 
ham bo‘yoq kasb etishi mumkin. Masalan, [katta] leksemasining lisoniy 


169 
mohiyati – sememasi bo‘yoqsiz. Biroq u nutqda boshqa nolug‘aviy tajallilar 
bilan qorishib, bo‘yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi gapida fonetik tajalli 
ta’sirida [katta] leksemasi bo‘yoqdor nutqiy birlikka aylangan.
Bo‘yoqdor leksika.
Bunday leksemaning kishi hissiy munosabatini 
ifodalovchi ifoda semasi bo‘rtib turadi: [ulkan], [badnafs], [qiltiriq], [oniy], 
[tashrif], [oraz], [yovqur], [mahliqo], [badbashara] va h. 
Bo‘yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. 
Shunga ko‘ra bo‘yoqdor leksemalar ijobiy bo‘yoqdor leksema va salbiy 
bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi. 
Ijobiy bo‘yoqdor leksema so‘zlovchining borliq hodisasiga ijobiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari ijobiy 
bo‘ladi. Misollar: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis va mehribon 
chehrang bo‘lar namoyon (G‘.G‘ul.). 2. U hamisha kulib, jilmayib turadigan 
mehribon chehrani ko‘rmadi (M.Ism.). 3.Orazin yopqoch, ko‘zimdan sochilur 
har lahza yosh (Nav.)
Salbiy bo‘yoqdor leksema borliq hodisasiga so‘zlovchining salbiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni ifodalovchi sema 
bo‘rtib turadi. Misollar: 1. So‘ngra yakkam-dukkam iflos tishlarini yashirgan 
og‘zini katta ochib esnadi, go‘yo uning butun badburush yuzini og‘iz qopladi 
(Oyb.) 2. U bir ko‘ngli borib, muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi, yo iflos 
basharasiga tupurgisi keldi. (M.Ism.)
Ijobiy bo‘yoqdor leksema nutqda salbiy bo‘yoqdor leksema o‘rnida 
voqelanishi mumkin. 1. Jamolingizni (“basharangizni” ma’nosida) boshqa 
ko‘rmay! 2. Rosa xursand qildingiz (“xafa qildingiz” ma’nosida).
Leksemaning ijobiy va salbiy bo‘yog‘ini ijobiy va salbiy ma’nodan farqlash 
kerak. Masalan, [yaxshi] leksemasi ijobiy ma’noga ega, ammo uning ifoda 
semasi bo‘yoqdorlikni ko‘rsatmaydi, ya’ni u bo‘yoqsizdir. [xunuk] salbiy 
ma’noga ega bo‘yoqsiz leksema. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish