O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna


Uslubiy xoslanganlik jihatidan o‘zbek tili leksikasi



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Uslubiy xoslanganlik jihatidan o‘zbek tili leksikasi 
Leksema nutq uslubiga munosabatiga ko‘ra uslubiy betaraf va uslubiy 
xoslangan turlarga ajraladi. 
Uslubiy betaraf leksika
. Uslubiy betaraf leksema barcha uslublarda birdek va 
bab-baravar ishlatilaveradi va uning ifoda semalarida uslubga munosabat 
«uslubiy betaraf» deb beriladi: [kel], [bor], [o‘t], [ket], [kitob], [qalam], [stol], 
[mashina], [oq], [qora], [tez], [sovuq], [faqat], [lekin] va h. Lekin nutqda 
ko‘chma ma’noda ishlatilganda, bu ma’nosi bilan ayrim uslubga xoslanib 
qoladi. Masalan, [sovuq] leksemasi «xunuk» ma’nosida (sovuq rangli) faqat 
so‘zlashuv yoki badiiy uslubga xos. 
Uslubiy xoslangan leksika.
Uslubiy xoslangan leksikani uchga bo‘lish 
mumkin: a) kitobiy leksika; b) badiiy leksika; v) so‘zlashuv leksikasi. 


170 
Ilmiy, rasmiy va publisistik leksikaga mansub birliklar umumlashtirilib, kitobiy 
leksika deb yuritiladi:
ilmiy leksikaga oid birliklar
: [integral], [meridian], [tangens], [olmosh], 
[bo‘lish], [ko‘paytirish];
rasmiy leksikaga oid birliklar
: [bayonnoma], [buyruq], [farmon], [qo‘mita], 
[sessiya], [tashkilot]; 
publisistik leksikaga oid birliklar
: [jangovar], [mafkura], [ilg‘or], [ittifoq], 
[jahon], [afkor].
Bunday leksemaning uslubga xoslikni ko‘rsatuvchi ifoda semasi «ilmiy nutqqa 
xos», «rasmiy nutqqa xos», «publisistik nutqqa xos» deb belgilanadi.
Badiiy leksikaga ifoda semalari sirasida «badiiy nutqqa xos» semasi mavjud, 
badiiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan leksik birliklar kiradi: Mehnat bilan topadi 
iqbol (Y.Mirz.). Uning odobida, uning xulqida, insoniy kamolot mavjud, 
barqaror (Uyg‘.). Tabiatan serzavq va har narsaga qiziquvchi bo‘lgan Sodiq 
uchun har hunar zavq baxsh etar, ko‘nglini ko‘tarar, sog‘lig‘ini saqlardi 
(Shuhr.). Kundan kunga yashnamoqda ko‘rking, jamoling. Bahorning fikri 
bulut bosgan osmonday qorong‘ilashdi-yu, ko‘z oldini tuman chulg‘adi 
(Sh.Rash.). Yaxshi qoling, sevgan yurt-u diyorim (Hamz.). 
Badiiy nutqda ilmiy, rasmiy, publisistik va so‘zlashuv uslubiga xos birlik ham 
bemalol ishlatilaveradi.
So‘zlashuv leksikasiga oddiy so‘zlashuv nutqiga xos, erkin muomalada 
qo‘llaniladigan, adabiy til uchun me’yor bo‘lmagan leksema kiradi: 
[ketvorgan], [po‘rim], [qitday], [mullajiring] kabi. Misollar: O‘ylab ko‘rsam, 
sarkotib odamga shundan bop sovg‘a yo‘q ekan. Ruchkaning poshshaxoni, 
perosi oltindan (N.Saf.). Shomahdiyevning qilig‘i ma’lum: jahli chiqib bir 
sannab ketsa, uning chakagini bosish asov tuyani cho‘ktirishdek mashaqqat 
(A.Muhid.). Qizlaringizni jerkiysiz, so‘kasiz... Xo‘sh, nima uchun To‘lani 
yumshoq paxtaga o‘rab papalaysiz?! (M.Ism.) Jillaqursa juvoldiz bilan 
qarashay dedim (Oyb.). Enang besh-o‘n tanga pul so‘rab yubordi. Bo‘lsa, 
chiqarib ber, boyoqishlar chaynab tursin. (Oyb.) Maza qilib kartoshkani 
tushirib tursang... (Say.) 
So‘zlashuv leksikasiga kiradigan leksemaning tegishli ifoda semasi 
«so‘zlashuv nutqiga xos» deb yuritiladi. 
Leksemaning 
uslubiy 
xoslanganligi 
ularning 
boshqa 
bir 
uslubda 
qo‘llanmasligidan dalolat bermaydi. Masalan, so‘zlashuv uslubi erkin uslub 
sanaladi va unda boshqa uslub unsurini bemalol ishlatish mumkin. Ammo 
leksemani ma’lum bir uslubda qo‘llash nutq me’yoriga muvofiq bo‘lishi lozim. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish