O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Jismoniy yuklamalar ta’siriga tezkor va uzoq muddatli adaptatsiya



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Jismoniy yuklamalar ta’siriga tezkor va uzoq muddatli adaptatsiya 
 
Har  bir  odamning  u  yoki  bu  omil  ta’siriga  adaptatsiyalanishini  o’ziga  xos 
bo’lishi bilan birga hamma  uchun  umumiy  belgilar ham  mavjud.  Ular  ichida  har 
qanday omil ta’siriga moslashishni ikki turi farqlanadi:                                          
    a) Tezkor adaptatsiya 
    b) Uzoq muddatli adaptatsiya 
Tezkor  adaptatsiya  -  omil  ta’sir  qila  boshlagandan  keyin  yuzaga  kelib 
organizmning o’zida mavjud - avval shakllangan fiziologik mexanizm va dasturlar 
hisobiga  amalga oshadi. Sovuq ta’siriga issiqlik ishlab  chiqarishning ortishi, issiq 


ta’siriga organizmdan issiqlikni chiqarib tashlashning ortishi, jismoniy yuklama va 
kislorod yetishmasligiga o’pka ventilyatsiyasi va  yurakni sistolik hamda minutlik 
hajmlarining ortishi va boshqalar tezkor adaptatsiyaning ko’rinishlari hisoblanadi. 
Tezkor adaptatsiyaning harakterli belgisi shundaki, organizm faoliyati uning 
imkoniyatlarini  yuqori  chegarasida  ketib  fiziologik  zahiralari  to’la  ishga  tushgan 
bo’lishiga  qaramasdan  adaptatsiya  samarasi  har  doim  ham  talab  darajasini 
qondirmaydi.  Masalan,  chiniqmagan  odam  yugurganda  yurakni  sistolik  hajmi  va 
o’pka  ventilyatsiyasi  o’zining  yuqori  chegarasiga  yoki  unga  yaqin  darajaga 
ko’tariladi.  Qonda  sut  kislotasi  miqdorining  tez  ortishi  jismoniy  yuklamaning 
jadalligini chegaralab yugurish tezligi va davomliligini kamaytiradi. 
SHunday  qilib,  tezkor  adaptatsiyada  harakat  reaktsiyasiga  javobgar 
adaptatsiyani funktsional tizimi  o’zining alohida  bo’g’imlarini  kuchli  zo’riqishini 
ta’minlaganligiga qaramasdan, harakat reaktsiyasini  to’la mukammal darajaga olib 
chiqaolmaydi. 
Nerv va neyrogumoral boshqaruv darajasida po’stloq, po’stloq osti va ulardan 
quyida  joylashgan  harakat  markazlarida  kuchli  qo’zg’alishni  hosil  bo’lishiga 
qaramasdan organizmning harakat faoliyati yetarli darajada koordinatsiyalanmaydi. 
Bu jarayon harkat malakasi shakllanishining boshlang’ich davri hisoblanadi. 
Tezkor  adaptatsiyada  harakat  apparati  tizimi  reaktsiyasida  qo’shimcha 
harakat  birliklarini  va  muskul  guruxlarining  ishtirok  etishi  kuzatiladi..  Natijada 
harakatda ishtirok etayotgan muskullarning qisqarishi kuchi  va tezligi chegaralanib, 
o’zaro koordinatsiya mukammal darajada bo’lmaydi. 
Vegetativ tizim jismoniy yuklamalarga tezkor adaptatsiyada nafas va yurak-
qon tomir tizimi a’zolarining funktsional zahiralarini maksimal darajada ishga solish 
orqali javob beradi. Javob reaktsiyalari kamharjroq yo’ldan  ketmaydi. Yurakning 
minutlik hajmi ortishi yurak urishlar sonining ortishi hisobiga, o’pka ventilyatsiyasi 
ortishi ham nafas harakatlari sonining ko’payishi hisobiga amalga oshadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish