O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Organizmning  fiziologik  zahiralari  haqida  tushuncha  ularni  tavsifi  va



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Organizmning  fiziologik  zahiralari  haqida  tushuncha  ularni  tavsifi  va  
turlari. 
Organizmning  fiziologik  zahiralari  haqidagi  ta’limot  jismoniy  mashqlar 
fiziologiyasi  fanining  muhim  bo’limlaridan  hisoblanib,  sportchilarning  sog’ligini 
saqlash,  chiniqqanlik  darajasin  oshirish  vazifalarini  bajarishni  ilmiy  asoslaydi. 
Organizmning  zahira  imkoniyatlari  xaqidagi  ma’lumotlar  K.  Bernar  va  U. 
Kennonning  ichki  muhitni  gomeostazini  saqlash  ta’limoti  bilan  bog’liq  bo’lib, 
organizmga  noqulay  omillar  ta’sir  qilganda  hayotiy  muhim  a’zolar  va  tizimlarni 
zahira  imkoniyatlaridan  foydalanib  ularning  faoliyatini  kuchaytirish    orqali 
gomeostaz ta’min etiladi. 
 O’tgan asrning 30-chi yillarida rus akademigi L.A. Orbeli  odam organizmi 
tashqi  muhitning  noqulay  sharoitlariga  o’zining  zahira  imkoniyatlari  hisobiga 
moslashishini ko’p marta takidlagan.  
Hozirgi  vaqtda  organizmning  fiziologik  zahiralari  deganda  evolyutsiya 
jarayonida  a’zo,  tizim  va  bir  butun  organizmni  adaptatsiyalanish  va 
kompensatsiyalanish qobiliyatini hosil bo’lishi hisobiga o’z faoliyati tezligini tinch 
holatga nisbatan, ko’p marotaba ortira olishi nazarda tutiladi.  
Organizmning  fiziologik  zahiralari uning anatomo-fiziologik  va  funktsional 
tuzilishining  xususiyatlari  va  faoliyati  orqali  ta’min  etiladi,  jumladan,  juft 
a’zolarning mavjudligi, yurak faoliyatining sezilarli darajada kuchayishi, qon oqishi, 
o’pka  ventilyatsiyasining  tezligi  ortishi,  boshqa  a’zo  va  tizimlarning  faoliyati 
ortishini misol qilib ko’rsatish mumkin.   Fiziolgik zahiralarning namoyon bo’lishini 
misol  tariqasida og’ir  jismoniy  ish  vaqtida  yurakning  minutlik  hajmi    8  martaga, 
o’pka ventalyatsiyasi 10 martaga, kislorodni iste’mol qilish va karbonat angidridni 
ajratib chiqarishni 15 marta va undan ko’proqqa ortishini ko’rsatish mumkin.     
Organizmning  barcha  zahiraviy  imkoniyatlarini  A.S.  Mozjuxin  ikkiga 
bo’lishni taklif qilgan: 
1. 
Ijtimoiy zahiralar (ruxiy va sport-texnik) 
2. 
Biologik zahiralar (tuzilmali, biokimyoviy va fiziologik) 
Organizm  fiziologik  zahiralarining  morfofunktsional  asoslari  -axborotlarni 
qabul  qilish,  qayta  ishlash,  gomeostazni  ushlab  turish,    harakat  va  vegetativ 
jarayonlarni koordinatsiyalashda ishtirok etadigan a’zolar hisoblanadi. 
Fiziologik  zahiralar  birdaniga  zmas,  navbatma  navbat      ishga  tushadi. 
Dastlabida organizmning absolyut imkoniyatlarining  ish vaqtida 30%  gachasi ishga 
tushadi,  bu kundalik hayotda tinch holatdan  faoliyat holatiga o’tishda ko’rinadi. Bu 
jarayon  shartsiz va shartli reflekslar mexanizmi orqali amalga oshadi. Zahiralarni 
ikkinchi  navbatini  organizm  faoliyatning  zo’riqishi  va  ayrim  xollarda  ekstremal 
sharoitdagi  ish    vaqtida  maksimal  imkoniyatlarning  30%  dan  65%  gachasidan 
foydalaniladi (musobaqa va chiniqish mashg’ulotlari sharoitlari). Bunday sharoitda 
zahiralarning ishga tushishi neyrogumoral ta’sirlar va iroda hamda emotsiya orqali 


amalga  oshadi.  Fiziologik  zahiralarni  uchinchi  navbati  hayot    uchun  kurash 
sharoitidagina  ko’p  xollarda ongsiz sharoitda ishga  tushadi.  Bunday  holat  asosan 
shartsiz reflekslar va qaytar gumoral bog’lanish orqali amalga oshadi. 
 Musobaqalar  va  ekstremal  sharoitda  ishlaganda  organizmni  zahira 
imkoniyatlari  kamaytirib boradi, shuning uchun asosiy vazifa ularni ko’paytirish 
hisoblanadi.  Buning  uchun  organizmni  chiniqtirish,  jismoniy  chiniqish 
mashg’ulotlarini  to’g’ri  tashkil  qilish,  farmokologik  moddalardan  to’g’ri 
foydalanish lozim bo’ladi. Bunda chiniqish mashg’ulotlari organizmni zahiralarini 
qayta tiklab, mustahkamlab ularning kengayishiga olib keladi. Rus olimi I. P. Pavlov 
1890  yili  organizmni  sarflangan  zahiralari  dastlabki  darajasigacha  qayta 
tiklanmasdan  balki  biroz  ortiqroq  darajada  tiklanadi  (ortiqcha  kompesatsiyalanish 
fenomeni).  Bu  fenomenning  biologik  ahamiyati  nihoyatda  katta.  Takroriy 
yuklamalar superkompesatsiyani yuzaga keltirib, organizmni ish imkoniyatlarining 
ortishini  ta’minlaydi.  Muntazam  chiniqish  mashg’ulotlarining  asosiy  samarasi 
shundan iborat. Jismoniy chiniqish mashg’ulotlari orqali sportchi organizmi qayta 
tiklanish  jarayonida  kuchliroq,  tezkor  va  chidamliroq  bo’lib,  ohir  oqibatda 
organizmning  fiziologik zahiralari ortadi.  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish