Funktsional holatlarga umumiy tavsifnoma
Odamni ish va xulq-atvor faoliyatini amalga oshirish uchun ko’proq
vazifalarni bajaradigan fiziologik funktsiyalar va psixofiziologik sifatlarning
tavsifnomalarining to’plami organizm funktsional holatini belgilaydi. SHu sababli
funktsional holatni qaysidir bitta yoki bir nechta ko’rsatkichlar asosida
belgilanmasdan, organizmning bir qator funktsiyalarining integral bahosi shaklida
tasavvur qilish lozim. SHu ko’rinishda organizm faoliyatining samaradorligi ortadi.
Bir butun organizm faoliyati neyro-gumoral boshqaruv asosida refleks
reaktsiyalarining integral tizimi shaklida o’zaro aloqalarning aniq dasturi
ko’rinishida birikadi.
Bunda dastur turli fiziologik jarayonlar hisobiga
shakllanadi.
I.M.Sechenov
tomonida
ochilgan
markaziy
tormozlanish
hodisasi
organizmning refleks faoliyatining bir butunligi mexanizmini tushintirib berdi.
Keyinchalik I.P.Pavlov muhitning turli omillari ta’sirlariga organizmni bir butun
maqsadli javob reaktsiyalar berishini qon aylanishni o’z-o’zini boshqarish va oliy
nerv faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish orqali tasdiqladi.
O’tgan asrning 30 - yillarida L.A.Orbeli organizmda nerv va gumoral
boshqaruv o’zoro bir-biri bilan bog’liq emas va bir-biriga zid xolda faoliyat
ko’rsatadi degan fikrni yo’qqa chiqardi. Uning ko’rsatishicha hayotiy jarayonlarda
markaziy nerv tizimi maqsadning mazmunidan kelib chiqib boshqaruvni ikkala
yo’lidan turlicha foydalanadi. Organizmni maqsadli javob reaktsiyalarini tizimli
tashkil qilish g’oyasi keyinchalik N.A.Bernshteynning harakatlarni tashkil qilish
nazariyasi va P.K.Anoxinning funktsional tizimlar nazariyasiga oid ishlarda
rivojlantirildi.
Funktsional holatlar juda ko’p bo’lishga qaramasdan ularning umumiy
fiziologik qismlari mavjud. Birinchi guruxni energetik qismlar tashkil qilib,
funktsiyani talab darajasidagi energiyani jismoniy yuklamaning quvvatiga ko’ra
aerob yoki anaerob yo’l bilan ta’minlaydi.
Ishchi a’zo va to’qimalarda talab darajasida energiya hosil bo’lishi uchun
ularga yetarli miqdorda ozuqa moddalar va kislorodni yetkazib berish va almashinuv
mahsulotlarini chiqarib tashlash vegetativ qism orqali amalga oshiriladi. Vegetativ
– qismga eng avvalo yurak-qon tomir, nafas va qon tizimlari kiradi.
Sensor qism axborotlarni qabul qilish va dastlabki qayta ishlashni amalga
oshiradi. Buning uchun turli axboratlarni retseptorlarga ta’sir qilishidan tortib, ularni
ketma – ket qayta ishlash va impulьslar shaklida po’stloqdagi markazlarga yuborish
jarayonlari yotadi.
Axborot qismi axborotlarni qayta ishlashni davom ettirish asosida yechimlar
qabul qilinadi. Bu faoliyatda xotira va fikrlash jarayonlarining ko’rsatkichlari asosiy
hisoblanadi.
Motor qismining faoliyati qabul qilingan yechimlarni harakat va xulq-atvor
reaktsiyalari orqali amalga oshiradi. Motor qismlar ichida ergonomik va harakat
ko’rsatkichlari farqlanadi. Ergonomik ko’rsatkichlar mehnat samaradorligi,
harakatlarning tez bajarilishi, aniqligi, xatosizligi va boshqalarni tavsiflaydi. Harakat
ko’rsatqichlariga tremor, muskul kuchi, reaktsiya tezligi, harakatlar koordinatsiyasi
va boshqalar kiradi.
Faollashtiruvchi qism odamning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarini
amalga oshirish qobilyatini tavsiflaydi. Bu qismga funktsiyalarni nerv va gumoral
boshqarishni o’ziga xosligi, gormonlarning faollik darajasi, diqqatni sozlash va
yo’naltirish va emotsional irodaviy sifatlar kompleksi kiradi.
Har qanday funktsional holat organizmning bir butun reaktsiyasi ko’rinishida
turli darajada tahlil qilinishi mumkin: fiziologik, psixologik va xulq-atvor. Organizm
funktsional holatining fiziologik darajasini a’zolar va tizimlar tashkil qilib, uning
energetik, harakat va vegetativ reaktsiyalari bilan tavsiflanadi; psixologik daraja -
ruxiy jarayonlarning asosiy ko’rsatkichlarini (qabul qilish, diqqat, xotira, fikrlash,
emotsional-irodaviy jarayonlar) o’z ichiga oladi; Xulq-atvor darajasi - faoliyatni
harakat va nutq bilan yo’naltirilishini o’ziga xosligining tezligi va aniqligi
ko’rsatkichlarini belgilaydi.
Funktsional holatlar rivojlanishning fiziologik qonuniyatlari
Har qanday funktsional holatning shakllanishi, po’stloq va po’stloq ostidagi
motivatsion zonalarining faolligini organizm faoliyatiga ma’lum bir darajada
intilishidan boshlanadi. Sportchilarda sport mahoratini yuqori darajaga ko’tarish va
sog’ligini saqlashga intilish, asosiy vazifa hisoblanadi. Motivatsiya va emotsiyaning
optimal darajasi, chiniqish mashg’ulotlarining uzuliksizligi va mukammal tibbiy
nazorat yuqoridagi vazifalarni muvoffaqiyatli yechish imkoniyatini beradi.
Funktsional holatning to’la shakllanishi bosh miya katta yarim sharlari
po’stlog’ining assotsiativ zonalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular mo’ljaldagi
faoliyatni umumiy rejasini yaratadi. Dastlabida qilinadigan faoliyat haqida tasavvur
hosil bo’ladi. Buning uchun boshqa odamni (murabbiy, ustoz) so’z bilan
tushuntirishi yoki shaxsiy ko’rsatishi orqali faoliyat haqida tasavvur hosil bo’ladi,
sportchining ongida qilinishi zarur bo’lgan ishni ma’lum bir etaloni paydo bo’ladi.
Bu funktsiyani P.K.Anoxin bo’ladigan voqiylikni avvaldan aks etishi deb nomladi.
Natijada odam organizmida funktsional holat shakllanib, uning biologik va ijtimoiy
ehtiyojlari qondiriladi. Miyada harakat yoki faoliyat modelini shakllanishi ish
harakatlari obrazini va vaziyatni butunligicha tasavvur qilishni qo’shilishidan
yuzaga kelib, oldiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun kerak bo’ladi.
Talab qilinadigan ish modeli xaqida tushunchaga ega odam uni amalga oshirish
uchun turli ish usullaridan foydalanadi.
Bu jarayonda ko’rish va eshitish orqali axborotlarni qabul qilish va tahlil
qilish muhim ahamiyatga ega. Malakali sportchilarda ko’rish obrazi tez shakllanadi,
ularda ko’zni izlovchi funktsiyasi yaxshi rivojlangan bo’lib, ular muhim
elementlarni tez ajratib oladilar. Ularda sensor va motor xotira zahiralari ko’p
bo’lganligi uchun, u yerdan zaruratga ko’ra faoliyatni kerakli sensomotor
dasturlarini tezda olishi mumkin.
Harakatning sensomotor ko’rsatkichlari mukammallashuvi bilan birga
sportchilarni o’qitish va jismoniy chiniqtirish jarayonida ularda aqliy faoliyatning
maxsus shakli taktik fikrlash malakasi shakllanadi. Ma’lum bir taktik
kombinatsiyalarni takrorlash orqali mutaxassislar fikrlash operatsiyalarini
avtomatlashtiraladi. Bu o’z navbatida ko’p yechimlarni juda tez amalga oshirib
bo’lgandan keyingina, ularning bajarilishini anglab yetadi.
Sport faoliyatini dastlabki etapida funktsional holatlar rivojlanishining ikkita
yo’li mavjud.
Birinchi yo’l - yangi elementlarni sekin-astalik bilan qo’shib, shakllanayotgan
tizimni murakkablashtirib, bajaradigan harakatni talablarga to’la mos holda bo’lishi
ta’minlanadi.
Ikkinchi yo’l - boshlanishdan barcha funktsional tizimlar ishga solinadi.
Keyinchalik organizmning javob reaktsiyasi uchun unchalik zarur bo’lmagan
ortiqcha elementlar, zahira tarkibga o’tkaziladi.
Aniq faoliyat talablariga mos keladigan optimal davrdagi javob reaktsiyalari
organizm maqsadga erishishi uchun eng oz energiya sarfi hisobiga amalga
oshadigan funktsiyalar orqali bajariladi. Ularning ayrimlari asosiy funktsiyalar,
boshqalarini unchalik zarur bo’lmaganligi uchun zahira funktsiyalar deb ataladi.
Asosiy va zahira funktsiyalar funktsional holatning integral kompleksiga qo’shilib,
odamning har qanday ish faoliyati jarayonida shakllanadi.
Faoliyatni davom etishi organizmning energiya imkoniyatlari kamayishi
sababli, integral kompleksga qo’shilgan asosiy funktsiyalar o’zlarining
samaradorligini pasaytirib ishni amalga oshirish uchun yetarli bo’lmaydi. Bu
kamchilik zahira funktsiyalarni ishga tushish hisobiga to’ldirilib ko’zlangan
maqsadga erishish ishning fiziologik bahosi ortishi hisobiga bo’ladi. SHuni hisobga
olish kerakki, asosiy funktsiyalar o’rnini bosuvchi ayrim zahiralarning integral
kompleksga qo’shilishi sharoit o’zgarganda faoliyatni davom ettirishning zarur
sharti hisoblanadi. Yangi sharoitga moslashish tezligi va samaradorligi ko’p
tomondan organizm funktsional zahiralarining ko’pligi va ularni ishga solish
darajasiga bog’liq.
SHunday qilib, funktsioal holat rivojlanishi integral kompleks tarkibiga
kiruvchi ayrim funktsiyalarni kuchayishi yoki susayishi, boshqalarining stabil
saqlanishi orqali amalga oshadi. Alohida funktsiyalarni ko’rsatkichlari
o’zgarishining kattaligi va yo’nalishi, hoxlagan funktsional holat rivojlanishining
zaruriy sharti hisoblanadi. Uning shakllanishi o’z navbatida organizmni bir butun
javob reaktsiyasining elementlarining o’zaro munosabatlarini fiziologik maqsadga
muvofiqligidan darak beradi. Integral kompleks tarkibidagi alohida elementlar
vazifasini aniq tasavvur qilish va ularni boshqa elementlar bilan aloqa dinamikasini
o’rganish funktsional holatning asosiy ko’rsatkichlarini miqdoriy baholash va
rivojlanishini yo’nalishini taxmin qilishga imkon beradi.
Funktsional holat yetarlicha turg’unlikka ega bo’lib, funktsiyalarning alohida
ko’rsatkichlarini to’lqinlana olish chegarasi hisoblanadi. To’lkinlanishlar maqsadga
muvofiq tuzilmaning butunlik holatini o’zgartirmaydi. SHu sababli funktsional
holatning ko’rsatkichlaridagi har qanday to’lqinlanishlar unda sifatiy va miqdoriy
o’zgarishlar sodir bo’layotganidan dalolat bermaydi.
Funktsional holatning ko’pchilik ko’rsatkichlarini sezilarli darajada siljishi
sportchi faoliyatining samaradorligini o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi va
bajarilayotgan ishni ma’lum bir natijaga erishishi uchun fiziologik bahosining
ortishida ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |