O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Organizmning turli a’zolari va tizimlari funktsiyalarining o’zgarishi



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Organizmning turli a’zolari va tizimlari funktsiyalarining o’zgarishi 
Tinch  holatda  turli    funktsiyalar  ko’rsatkichlari  nisbatan  sust  bo’lib, 
organizmni oz energiya sarfiga va kislorodga bo’lgan talabining kam bo’lishiga mos 
keladi. Tinch holatdan ish holatiga o’tish turli a’zolar va tizimlarning funktsiyalarini 
qayta qurishni talab qiladi, ularning faolligi balandroq darajaga ko’tariladi. 
 Markaziy  nerv  tizimida  ko’pchilik  proektsion  va  assotsiativ  neyronlarning 
qo’zg’aluvchanligi  va  labilligi  ortadi.  Ish  vaqtida  “harakat  neyronlari”  piramida 
yo’li  orqali    motor  faolligini,  “holat  neyronlari”  esa  ekstrapiramida  tizimi  orqali 
ishchi holat - pozani ta’min etadi. Markaziy nerv tizimining turli bo’limlarida nerv 
markazlarining funktsional tizimi  tashkil topib rejalashtirilgan harakatlarni  tashqi 
signallarni  tahlil  qilish  asosida,  miyadagi  harakat  malakalarining  izlari  va  taktik 
kombinatsiyalar  yordamida  amalga  oshiradi.  Hosil  bo’lgan  nerv  markazlari 
kompleksi  ishchi  dominantaga  aylanib,  o’zining  yuqori  qo’zg’aluchanligini  turli 
afferent signallar yordamida mustahkamlaydi va yot ta’sirlarga reaktsiyalarni tanlab 
tormozlaydi.  Dominant  nerv  markazlari  tarkibida  shartli  va  shartsiz  reflekslardan 
iborat zanjir  yoki harakatning dinamik steriotipi tashkil topib, tsiklik mashqlarda bir 
xil  harakatlarni ketma-ket  bajarilishini    yoki  atsiklik  mashqlarda    turli  xil  harakat 
aktlari dasturlari bajarilishini  osonlashtiradi.   
Ish boshlangunga qadar bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida bo’lajak 
harakatni  taxminiy  dasturlash  va  oldindan  shakllanishi  sodir  bo’lib,  ular  miyani 
elektr faolligini o’zgarishlarining turli shakllarida ko’rinadi: po’stloq potentsiallarini 
markazlararo bog’larini tanlab ortishi; EEG to’lqinlarining bukilish amplitudalari; 
shakllari o’zgarishi; bo’lajak harakat tempiga mos keladigan EEG potentsiallarining 
“belgili ritmlari” paydo bo’ladi; “kutish to’lqinlari”, shuningdek motor oldi va motor 
potentsiallari  paydo bo’ladi. 
 Orqa  miyada  harakat  boshlanishidan  60  ms  avval  motoneyronlarni 
qo’zg’aluvchanligi  ortadi  u  shu  momentda  chaqiriladigan  orqa  miya  reflekslarini 
amplitudasini ortiradi. 
 Organizm funktsiyalari va ular zahiralarining ishga solinishida simpatik nerv 
tizimi, gipofiz,  buyrak usti bezlaridan garmonlar ajralishini va neyropeptidlarning 
ahamiyati katta.    
Harakat apparatida ish vaqtida ishlayotgan muskullarning qo’zg’aluvchanligi 
va  labilligi  hamda  ularni  proprioretseptorlarini  sezgirligi  ortadi,  muskullar  
temperaturasi  ko’tarilib,  yopishqoqligi  kamayadi.  Muskullardagi  qo’shimcha 
kapilyarlar  ochilib,  ularning  qon  bilan  ta’minlanishi  yaxshilanadi.  Muskulga 
kelayotgan oz sonli impulslar muskul tolalari kuchsiz yakka qisqarishlarini keltirib 
chiqaradi, impulslar soni ortishi ularning kuchli tetanik qisqarishini ta’minlaydi. 
Bir butun skelet muskulidagi harakat birliklari uzoq davom etadigan jismoniy 
yuklamalar  vaqtida  ishda  navbatma-navbat  ishtirok  etganligi  sababli  dam  olish 
vaqtida qayta tiklanib oladilar, qisqa vaqt davom etadigan kuchli zo’riqishlarda esa 
birgalikda  qisqaradilar.  Ishning  quvvatiga  ko’ra    turli  xil  harakat  birliklari 


faollashadi:  quvvati  kam  ishlarda  tez  qo’zg’aluvchan  quvvati  kichik  harakat 
birliklari,  ish      quvvatini  ortishi  oraliq  va    qo’zg’aluvchanligi  past  katta  quvvatli 
harakat birliklari qisqarishda ishtirok etadilar.    
Nafas tizimida muskul ishi vaqtida nafas harakatlari chuqurligi (2-3 l) va soni  
(40-60 ta) ortadi. Nafasning minutlik hajmi  150-200 l ga ko’tariladi. Biroq nafas 
muskullari  tomonidan  kislorod  iste’moli  ortishi  (minutiga  1  litr),  tashqi  nafas 
tizimining bu darajada zo’riqishi organizm uchun maqsadga muvofiq bo’lmaydi.    
Yurak - qon tomir tizimi ishlayotgan to’qimalarga  yetarli miqdorda kislorod 
yetkazib borishi uchun bir qator o’zgarishlarga uchraydi. Yurakning sistolik hajmi 
(150-200 ml),  yurak urishlar soni (180 va undan ko’p), minutlik hajmi (35 l/min va 
undan  ko’p)  darajaga  yetishi  mumkin.  Qon  qayta  taqsimlanadi  ishlayotgan 
a’zolardan: skelet va yurak muskullari, o’pkalar, miyani faol zonalaridan qonning 
oqish tezligi ortadi, ichki a’zolardan va teri orqali qon oqishi kamayadi. Ish vaqtida 
oqayotgan qon miqdori ortishi uni depolardan chiqishi hisobiga bo’ladi. Qonning 
oqish tezligi ortib, qon aylanish doiralari bo’ylab harakatlanishi uchun sarflanadigan 
vaqt ikki barobarga kamayadi. 
Qon tizimida qonning shaklli elementlari soni ortadi. Miogen eritrotsitoz (5,5-
6,0  mln.)  va  miogen  trombotsitoz  (2  marta  ortadi)  kuzatiladi.  Ishning  og’irligiga 
ko’ra  miogen  leykotsitozni  turli  stadiyalari  namoyon  bo’ladi.  Yengil  ish  vaqtida 
umumiy  leykotsitlar  soni  ortishi  limfotsitlarni  ortishi  hisobiga,  o’rta  og’irlikdagi 
ishlarni  bajarganda  neytrofillarning  ortishi,  og’ir  yuklamalarni  bajarganda 
yetilmagan  neytrofillarning  ortishi  bilan  birga  boshqa  leykotsitlar  soni  kamayishi 
kuzatiladi.  Ish  vaqtida  qondan  kislorodning  to’qimaga  o’tishi  ortadi,  natijada 
kislorodning arteriya va vena farqi va ishlatilish koeffitsienti ko’payadi.  
Sportchilarni  o’rta  va  uzoq  masofaga  yugurish  mashqlarida  kislorod  qarzi 
ortib,  qonda  sut  kislotasi  kontsentratsiyasi  ko’payishi  qonning  faol  reaktsiyasini 
kislotali  tarafga  suradi.  Ko’p  terlash  natijasida  organizmda      suv  kamayishi  va 
qonning shaklli elementlarni sonini ortishi qonning yopishqoqligini ortiradi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish