O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Monotoniya  -    muammosi  jismoniy  mashqlar  fiziologiyasida  muhim  
muammolardan  hisoblanadi.  U  bajarayotgan  ishning  oddiyligi  va  uzoq    vaqt 
takrorlanishi,  bir  xillik,  ta’sirlagichlarning  ozligi  va  kuzatuv  doirasini 
chegaralanganligidan yuzaga keladi.  
Monotoniyani taraqqiy etishida psixofiziologik faollikning susayishi muhim 
ahamiyatga  ega  bo’lib,  u  retseptorlardan  markaziy  nerv  tizimiga  kelayotgan 
signallar  kamayishi  oqibati  yuzaga  keladi.  Sportchilarda  monotoniya  holatini 
taraqqiy  etishi  organizm  funktsiyalarini  susayishiga,  xatolar  ko’payishiga  va  ish 


qobiliyatchanlikning pasayishiga olib keladi. SHu sababli, bu holatni boshlang’ich 
ko’rinishlarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.  
Monotoniya bir xil faoliyatni 1,5-2 soat davom etishi natijasida yuzaga kelib 
sub’ektiv  va  ob’ektiv  belgilariga  ega.  Sub’ektiv  belgilarga    apatiya,  zerikish, 
uyqusirash  va  bajarayotgan  ishga  qiziqish  yo’qolishi  kiradi.    Ob’ektiv  belgilarga, 
organizmda  tormozlanish  reaktsiyalarining  ustun  bo’lishi,  turli  fiziologik 
ko’rsatkichlar  o’zgariishiga  sabab  bo’ladi.            Bunda  sensor  tizimlarni 
qo’zg’aluvchanligi  va  labilligi  pasayadi,  sensomotor  reaktsiyalar  sekinlashadi, 
muskul tonusi susayadi, yurak urishlar soni kamayadi, arterial qon bosim pastlaydi, 
o’pka  ventilyatsiyasi  ozayadi  va  shularga  o’xshash  reaktsiyalar  kuzatiladi.  Sodir 
bo’lgan barcha reaktsiyalar odamni ish faoliyatini ishonchliligini susaytiradi. 
Ayrim  odamlar  tashqi  muhit  bilan  faol    aloqada  bo’lganligi  sababli  
monotoniyaga  sezgir  bo’ladi.  Ularni  ekstravertlar  deb  ataladi.  Aksincha  o’zini 
diqqatini  ichki  dunyosiga  yo’naltiradigan  odamlarda  monotoniyaga  chidamlilik  
yuqori bo’ladi, ularni  esa introvertlar deb ataladi. 
Sportchilarda  boshqa odamlardagi kabi yangi axborotlarni izlash, harakat va 
taktik  masalalarni  yechishni  yangi  yo’llarini  topish  ijobiy  emotsiyalarni  manbai 
hisoblanadi.  Bir  xil  harakatlarni  uzoq  vaqt  davomida  bajarish  miyaga  kelayotgan 
axboratlar  oqimini  kamaytirib  zerikish,  chiniqish  mashg’ulotlariga  qiziqishni 
pastlashi va  organizmni funktsional imkoniyatlarini kamayishiga olib keladi. 
Monotoniya  holatining  kelib  chiqish  mehanizmi  bajarayotgan  faoliyatga 
moslashib  qolish  hisoblanadi.  Agar  bir  xil  ta’sir  ko’p  marotaba  takrorlansa  unga 
e’tibor  susayadi,  uning  yangiligi  yo’qolganligi  tufayli  organizmni  reaktsiyasi 
pastlaydi. Bunda bosh miya sopining nospetsifik tormozlovchi bo’limlari faollashib, 
miyani  oliy  bo’limlari  faolligini  susaytiradi.  Faoliyatning  bir  xilligi  harakatni 
boshqarishda chap va o’ng yarim sharlar ahamiyati o’zgaradi. O’naqay sportchilarda  
dominant  chap  yarim  shar    faolligi  kamayib,  yetakchi  ahamiyatga  ega  bo’lmagan 
o’ng  yarim  shar  ahamiyati  ortadi.  Bu  albatta  ish  bajarishning  davom  etishini 
ta’minlagani bilan uning samaradorligi  kam bo’ladi.    
       Har xil odamlarda monotoniyaga qarshi turish qobiliyati turlicha bo’ladi va u 
nerv  tizimining  tug’ma  xususiyati  hisoblanadi.  Bunday  sharoitda  kuchli 
muvozanatlashgan  tinch  tipga    mansub  sportchilar  muvoffaqiyatli  ishlaydilar. 
Yuqori  malakali  chang’ichilar,  stayerlar  va  katta  yo’lda  veloseped  xaydovchi 
sportchilarning  ko’pchiligi  flegmatiklar  hisoblanadi.  Monotoniyaga  qarshi 
kurashishda  sportchilarning  masofadagi  harakatlanish  tezligini  o’zgartirib, 
musobaqa vaziyatini hosil qilish va boshqa omillardan foydalaniladi.
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish