O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


O’zgarib turuvchi jismoniy yuklamalar ta’sirida  organizm



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

O’zgarib turuvchi jismoniy yuklamalar ta’sirida  organizm 
funktsiyalarini o’zgarishi 
O’zgarib  turuvchi  jismoniy  ish  sport  o’yinlari,  yakka  olishuv,  gimnastika, 
figurali uchish va boshqa jismoniy mashqlarda kuzatiladi.  
Ish  quvvatining  har  bir  o’zgarishi  sportchi  organizmidagi  turli  a’zolar  va 
tizimlar faolligini yangidan o’zgarishini talab qiladi. Bunda markaziy nerv tizimi va 
harakat  apparatida  yuzaga  keladigan  tez  o’zarishlarga  vegetativ  funktsiyalarning 
qayta  qurilishidagi  o’zgarishlar  sekin  ketganligi  sababli  mos  kelmaydi.  Bu 
reaktsiyalarning talab darajasiga yetishiga qandaydir vaqt kerak bo’ladi, shu vaqtda  
organizm kislorod yetishmovchiligiga uchrab, kislorod qarzi hosil bo’ladi. Sportchi 
o’zgarib turuvchi ish sharoitiga qanchalik adaptatsiyalangan bo’lsa, funktsiyalarni 
talab darajasida ishlashi uchun sarflanadigan vaqt shuncha  qisqa bo’ladi. Bunday 
ishga  adaptatsiyalangan sportchilarda vegetativ tizim faoliyati labil bo’lib, ular ish 
quvvati ortganda  faolligini oson ortiradi, quvvat pastlaganda qayta tiklanishni tez 
amalga oshiradi. SHuni alohida  ta’kidlash lozimki, qayta tiklanishda funktsiyalarni 
ko’rsatkichlarini  tinch  holat  darajasigacha  qaytarmasdan    qandaydir  optimal 
darajada  turadi.  Masalan,  basketbol  o’yinida  sportchilarning  bir  minutdagi  yurak 
urishlar  soni  130  dan  180  ta  darajada  bo’ladi.  Qilichbozlarda  chiniqish 
mashg’ulotlarida  va  musobaqa  olishuvlaridagi  mikropauzalarda  yuqori  nerv-
emotsional  zo’riqish  darajasi  biroz  kamayishi  nafas  va  qon  aylanish 
funktsiyalarining  ozgina  qayta  tiklanishi  kuzatilishi  bilan  birga,  ularning 
ko’rsatkichlari  zaruriy  ishchi  darajada  saqlanadi  va  reaktsiya  vaqti  cho’zilmaydi. 
Sportchilar quvvatining o’zgaruvchi ishga  moslaganligini aniqlash uchun tartibsiz 
yoki  qandaydir  qonuniyatga  mos  ravishda  o’zgarib  turadigan  jismoniy 
yuklamalardan foydalanilib, yurak urishlar soni kuzatiladi. Yurak urishlar soni va 
yuklamaning quvvati orasidagi bog’liqlikni  tahlil qilish orqali sportchini shu ishga 
moslashganligi xaqida  ma’lumot olinadi.     
Jismoniy  ish  vaqtida  odam  organizmdagi  funktsional  o’zgarishlarning 
umumiy  qonuniyatlarini  bilish  ko’p  amaliy  vazifalarni  shu  jumladan,  jismoniy 
mashqlar fiziologiyasi muammolarini hal qilishga yordam beradi.  
Jismoniy  yuklamalarga    sportchi  organizmi  adaptatsiyalanganligini 
aniqlashning asosiy fiziologik kriteriyalariga quyidagilar  kiritiladi: 
a) alohida a’zo va tizimlar faoliyatini o’zgarish tezligi tinch holatdan optimal 
ish darajasiga o’tish tezligi va  qaytishi sportchi organizmini jismoniy yuklamalarga 
yaxshi moslashganligini ko’rsatadi. 
b)  turli  funktsiyalarning  ishchi  o’zgarishlarini    ushlay  olish  davomliligi, 
funktsiyalarni  optimal  darajada  uzoq  tura  olishi  doimiy  quvvatli  ishga 
adaptatsiyalanganligini ko’rsatkichi hisoblanadi. 


v) bir xil ish bajarganda yuzaga kelgan funktsional o’zgarishlar kattaligi orqali 
sportchining yuklamani ozroq energiya sarflab bajarayotganligini ko’rsatadi.  
g)  vegetativ  funktsiyalar  o’zgarishi,  ishning  o’zgarib  turishiga  mos  kelishi 
organizm o’zgarib turuvchi ishga adaptatsiyalanganligini ko’rsatadi. 
d) ishning quvvati bilan organizmni kislorod is’temoli, yurak urishlar soni, nafas va 
yurakning  minutlik  hajmi  o’rtasidagi  to’g’ri  proportsional  bog’lanishlar  orqali 
sportchilarning mehnat qobiliyatchanligini baholashga imkon beradi.  
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish