1
MAVZU: UMUMTA’LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SAN’AT
DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
METODIKASI
MUNDARIJA
I.
KIRISH…………………………………………………………….2
II.
ASOSIY QISM………………………………………………..……5
1.
Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fanini o’qitishning maqsad va
vazifalari……………………………………………………………..…5
2.
Tasviriy san’at ta’limida pedagogik texnologiya
……………………..21
3.
Tasviriy san’atni o‘qitish texnologiyasida didaktika va metodika…….
26
III.
XULOSA……………………………………………………….…32
IV.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………...……34
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan bosh maqsadlardan biri mustaqil
va ijodiy fikrlovchi, jahon andozalariga mos keladigan raqobatbardosh
mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
Respublikamiz hozirgi davrda milliy taraqqiyotning eng ma’suliyatli
bosqichi - ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini
boshidan kechirmoqda. XXI asr ilmiy - texnika taraqqiyoti talablariga javob
beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun halqimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini
jaxon andozalari darajasiga ko’tarish zarur.
Bo’lajak umumiy o’rta va kasb - hunar ta’limi kollejlarining
o’qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg’or
pedagogik texnologiyalarni egallagan bo’lishlari, o’zlarining pedagogik
maxoratlarini to’xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Bo’lg’usi o’qituvchilar
tasviriy san’at o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya kursi tugaganidan
so’ng quyidagi bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim:
-
tasviriy san’atdan maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar ta’lim taraqqiyotini xarakatlanuvchi kuchi
ekanligini;
-
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarni
tarixiy
taraqqiyot
3
bosqichlarini;
-
xorijiy mamlakatlarda qo’llanib kelayotgan interfaol metodlarni;
-
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarni
tasviriy
san’at
mashg’ulotlarida qo’llanish imkoniyatlarini;
-
tasviriy
san’at
mashg’ulotlarida
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarni amaliyotda qo’llash yo’llari va uning qonuniyatlarini;
-
zamonaviy pedagogik texnologiya loyixasi va uning tarkibiy
tuzilishini;
-
o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalari, ijodiy ish natijalarini
nazorat qilish va baholash;
Respublikamiz kelajagi, ravnaqi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarning
qay tarzda olib borilishiga bog’liq.
Ta’lim-tarbiya sohasini takomillashtirish bu borada yangi, zamonaviy,
ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning tizimli asoslarini yaratish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib bugungi kunda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning nazariy asoslarini yaratish va uni ma’lum bir tizimga solish
davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |