Start oldi qaltirashida - miyaning qo’zg’aluvchanligi xaddan tashqari ortib,
muskullararo koordinatsiyani nozik mexanizmlari buzilishiga olib keladi, energiyani
ortiqcha sarfi va vaqtdan avval ish boshlangungacha uglevodlar sarfi ortadi, ortiqcha
kardiorespirator reaktsiyalar kuzatiladi. Bu holatda sportchilarda kuchli
asabiylanish, falьstartlar, harkatlanishni o’rinsiz tez bo’lishi va organizm
zahiralarini tez tugab qolishi kuzatiladi.
Start oldi apatiya - holatida markaziy nerv tizimi qo’zg’aluvchanligi yetarli
darajaga ko’tarilmaydi, harakat reaktsiyalarining vaqti cho’ziladi, skelet muskullari
va vegetativ funktsiyalar holatlari o’zgarishi talab darajasiga ko’tarilmaydi,
sportchida o’z kuchiga ishonmaslik kuzatiladi. Agar ish uzoq davom etsa start oldi
qaltirashi va apatiyasi natijasida organizmda yuzaga kelgan salbiy o’zgarishlarni
yengib o’tish mumkin, qisqa muddatli ishlarda bunday imkoniyat bo’lmaydi.
Xususiy start oldi reaktsiyalar bo’lajak ishning alohida belgilarini aks ettiradi.
Masalan, qisqa masofaga yugurishdan avval, uzoq masofaga yugurishga qaraganda
organizmda funktsional o’zgarishlar yuqoriroq bo’ladi. Funktsional o’zgarishlar
musobaqadan avval trenirovkadan avvalgiga nisbatan kuchli bo’ladi. Bosh miya
katta yarim sharlari po’stlog’ida ishda ishtirok etadigan zonalar kuchliroq
faollashadi; tsiklik mashqlar boshlanishidan avval, bo’ladigan harakat tempiga mos
potentsiallarning to’lqinlanishi yuzaga keladi.
Sportchilardagi xaddan tashqari startoldi reaktsiyalari musobaqaga
moslashish davomida susaydi. Startoldi reaktsiyalarning namoyon bo’lish
shakllariga nerv tizimining tipi ta’siri ko’rsatadi: kuchli, muvozanatlashgan nerv
jarayonlariga ega sportchilarda (sangvinik, flegmatik) ko’proq jangovar holat,
xoleriklarda startoldi qaltirashi, kuzatiladi. Melanxoliklar qiyin sharoitda apatiyaga
moyil bo’ladi, shu sababli murabbiyning sportchi bilan suhbati yoki uni boshqa
faoliyatga jalb qilishi start oldi holatni optimallashtiradi. Start oldi apatiyasini
yengish uchun massaj o’tkazish ham yaxshi natija beradi.
Biroq to’g’ri tashkil qilingan razminka-shaylanish mashg’uloti eng yaxshi
ta’sir ko’rsatadi. Startoldi qaltirashi holatida razminka mashqlarini sustroq tezlikda,
chuqur-chuqur nafas olish harakatlarni qo’shib bajarish kerak. Nafas markazi
qo’zg’alishi bosh miya yarim sharlari po’stlog’iga normallashtiruvchi ta’sir
ko’rsatadi. Start oldi apatiya holatida esa, aksincha, razminkani tez harakatlar
yordamida nerv va muskul tizimilarini qo’zg’aluvchanligi ortiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |