SHaylanish mashg’ulotlari umumiy va maxsus qismlarga bo’linadi. Umumiy
shaylanish mashg’ulotlarining maqsadi organizmning funtsional holatini ortirish va
harakat apparatining markaziy va pereferik qismlari qo’zg’aluvchanligini
optimallashtirish hisoblanadi. Ish boshlangunga qadar yangi harakat malakalarini
shakllantirish va harakat sifatlarini yaxshi namoyon qilish uchun sharoitlar yuzaga
keladi. Muskullar qizishi, ularning yopishqoqligini kamaytiradi, bo’g’imlar
egiluvchanligini ortiradi, Oksigemoglobindan kislorodning to’qimalarga o’tishini
osonlashtiradi, fermentlarni faollashtiradi va biokimyoviy reaktsiyalarni o’tishini
tezlatadi. Biroq shaylanish sportchilarni charchash holatiga va tana haroratini 38
0
S
dan ortishiga olib kelmasligi kerak.
SHaylanishning maxsus qismi bo’lajak faoliyatda ishtirok etadigan nerv
markazlari va skelet muskullarini faolligini ortirishga mo’ljallanadi. Ishchi
dominantalar va ular asosida hosil qilingan harakatlantiruvchi dinamik steriotiplar
jonlanadi, vegetativ o’zgarishlar tez ishga kirishishga mos darajaga yetadi.
SHaylanish mashg’ulotlarining davomliligi taxminan 10-30 min. tashkil
qiladi, asosiy ish bilan razminka oralig’idagi vaqt 15 min.dan ortmasligi kerak, aks
xolda uning samarasi kamayadi.
Tinchlik va ishchi holatlarda organizm funktsiyalari nisbatan turg’un va aniq
boshqaruvga ega. Ikkala holat o’rtasida ikkita o’tish davri ishga kirishish (tinch
holatdan ishga) va qayta tiklanish (ish holatidan tinch holatga) o’tish davrlari
mavjud.
Ishga kirishish davri ish boshlangandan to turg’unlik holati yuzaga kelguncha
davom etadi. Ishga kirishish vaqtida ikkita jarayon amalga oshadi:
a) organizmning ishchi darajaga o’tishi
b)
funktsiyalar sozlanishi
Turli funktsiyalarning ishga kirishishi
geteoxronligi bilan farqlanadi, yani bir
vaqtda bo’lmaydi, ularni ko’rsatkichlari variantlari ortadi.
Dastlabida va juda tez harakat funktsiyalari ishga kirishadi, keyin sekinroq
vegetativ funktsiyalar ishga kirishadi. Vegetativ funktsiyalardan yurak urishlari va
nafas harakatlari soni tezda talab darajasiga ko’tariladi, keyin hajmiy ko’rsatkichlar
yurakning sistolik va minutlik hajmi, nafas olish chuqurligi va nafasning minutlik
hajmi ish holati talabiga moslashadi. Ulardan keyin kislorod iste’moli ortadi va eng
oxiri termoregulyatsiya jarayonlari sozlanadi. Vegetativ funktsiyalarning sekin
o’zgarishi sababi ish boshlanishidagi kuchli harakat dominantasini vegetativ
markazlarga tormozlovchi ta’sir ko’rsatishi hisoblanadi.
Ishga kirishish yuqori malakali sportchilarda, o’smirlarda va sport
formasidagi sportchilarda tezroq amalga oshadi.
Ishga kirishish davrida “o’lik nuqta” yuzaga kelishi mumkin. O’lik nuqta
yetarli tayyorgarlikka ega bo’lmagan sportchilarda va chiniqmagan odamlarda
harakat va vegetativ funktsiyalarni diskoordinatsiyasi natijasida yuzaga keladi.
Xaddan tashqari tez harakatlanish va vegetativ jarayonlarni qayta sozlanishini kech
qolishi natijasida kislorod qarzi sezilarli darajada, ortib og’ir sub’ektiv holat yuzaga
keladi. Qonda sut kislotasining miqdori ortib uning faol reaktsiyasi 7,2 va undan
pastroqqa siljiydi. Sportchida xansirash kuzatiladi, yurak ritmi buziladi, o’pkani
tiriklik sig’imi ozayadi. EMGda ishlayotgan muskullar potentsiallari amplitudasi
ortadi. Bu davrda mehnat qobiliyatchanlik keskin pastlaydi.
Sportchi irodani mustahkamlab ishni davom ettirsa, “ikkinchi nafas” olish
boshlanadi va mehnat qobiliyatchanligi yana ortadi. Bunday holat uzoq vaqt davom
etadigan ish vaqtida organizm imkoniyatlariga mos kelmaydigan darajada ishning
quvvati ortishiga ko’ra bir necha marotaba takrorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: