O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet5/36
Sana25.01.2017
Hajmi2,48 Mb.
#1106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

KIRISH


O‘zbek adabiyoti fani, maqsad va vazifalari, manbalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.

O‘zbek adabiyoti tarixi fanining o‘tmish adabiyot bilan ish ko‘rishi. Fan va madaniyatimizning yuksak bosqichda taraqqiy etishida adabiyot tarixining o‘rni. Mazkur kurs o‘tmishda yaratilgan g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarning badiiy olami, nafosati, she’riy san’atlar, shoirning san’atkorligi, she’rning estetik jozibasi kabilardan saboq berishi xususida. Shuningdek, nazariy kurs sifatida adabiyot nazariyasiga doir bilimlar hosil qilinishi. Adabiyot hodisalarini tadqiq qilishning ilmiy-metodologik asoslaridan, ularning tarixidan nazariy ma’lumotlar berishi. Bu kurs mashg‘ulotlarining talabalarning estetik didi, dunyoqarashi, badiiy tafakkurini shakllantirishi.

Bu kursda badiiy tafakkurning rivojlanish qonuniyatlari, ramziy-majoziy timsollar olami, badiiy talqin tamoyillarining o‘rganilishi.

Mazkur fanning bir qancha ijtimoiy, filologik fanlar bilan chambarchas bog‘liqligi. Mumtoz adabiyotning tasavvuf tarixi, tasavvuf nazariyasi bilan chambarchas aloqada ekanligi. Folklor, etnografiya, tarix, etika-estetika, falsafa, mantiq, til tarixi, geografiya tarixi kabi fanlar bilan aloqasi.

ENG QADIMGI ADABIYOT YODGORLIKLARI


Eng qadimgi og‘zaki adabiyot yodgorliklari. Qadimgi davr – eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar. Arablar istilosi va uning oqibatlari.

Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar. Asotirlar va afsonalar. Mif va afsonalar qadimgi odamlarning hayot va tabiat haqidagi tushunchalarining badiiy ifodasi ekanligi.

Qahramonlik eposi. O‘rta Osiyo eposlar vatani ekanligi. Sharq epik adabiyotining mashhur qahramonlari Rustam, Siyovush, Afrosiyob haqidagi afsonalarning dastavval O‘rta Osiyo xalqlari orasida tug‘ilganligi.

Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari: «To‘maris», «Shiroq», «Zarina va Striangiya», «Zariadr va Odatida» qissalari haqida umumiy ma’lumot.

YoZMA YoDGORLIKLAR. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ekanligi. Asarning adabiy, ilmiy, tarixiy ahamiyati.

O‘rxun-Enasoy yodgorliklari. Yodgorliklarning turkiy tilda yozilgan eng qadimiy yodgorliklardan ekanligi. Kashf qilinishi haqida ma’lumotlar. Ularning til xususiyati, adabiy qimmati.



MAHMUD KOShG‘ARIY

Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot. «Devonu lug‘atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishi. Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi.

Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar fonetik qonuniyatlarining kashfiyotchisi ekanligi. «Devonu lug‘atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.
YUSUF XOS HOJIB.

Yusuf Xos Hojib –XI asrning mutafakkir shoiri. Uning hayoti va ijodini o‘rganish tarixi. «Qutadg‘u bilig» dostoni. Uning yaratilish tarixi.

Dostonda didaktika. Unda muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarning qo‘yilganligi. Asardagi diniy-tasavvufiy fikrlar. Dostonning syujeti va kompozitsion qurilishi. Undagi obrazlarning majoziy xarakteri.

O‘zbek adabiyoti rivojida Yusuf Xos Hojib dostonining tutgan o‘rni va ahamiyati.


AHMAD YUGNAKIY

Ahmad Yugnakiy – o‘zbek didaktik adabiyotining namoyandasi sifatida. Shoir hayoti va ijodini o‘rganish tarixi.

«Hibat-ul haqoyiq» dostonida didaktika. Asardagi ijtimoiy, falsafiy va axloqiy masalalar. Diniy-tasavvufiy fikrlar.

Dostonning qurilishi, badiiy qimmati, badiiy ifoda uslubi, she’riy san’atlar, vazn va qofiya.

Asarning til xususiyatlari. Shoir ijodining turkiy xalqlar adabiyoti rivojidagi o‘rni.
AHMAD YASSAVIY

Ahmad Yassaviy –turkiy adabiyotning yirik vakili. Shoir hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. Ahmad Yassaviy hayoti va faoliyati. Tasavvuf – shoir ijodining bosh mavzusi sifatida. Ahmad Yassaviy «Hikmat»lari – turkiy adabiyotning nodir namunasi.

Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining badiiy qimmati.

Ahmad Yassaviyning turkiy hikmat maktabini ta’sis etishi. Adabiyot rivojida Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.


XIV-XVI asarlarda ijtimoiy-siyosiy hayot RABG‘UZIY

Mo‘g‘ul xukmronligining zaiflashishi. Temur imperiyasining yemirilishi. Shayboniylar imperiyasining yuzaga kelishi. Shayboniylar haqida ma’lumot. XIV-XVII asarlarda ilm –fan taraqqiyoti.

Davr adabiyotining yetakchi xususiyatlari: dunyoviy adabiyotning maydonga kelishi, o‘zbek adabiyotining boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqasining kuchayishi, yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi o‘rtasidagi munosabatning rivoji, turkiy tilning adabiy til darajasigi ko‘tarilishi, o‘zbek adabiyotining eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishi.

Rabg‘uziy XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili. Rabg‘uziyning hayoti va ijodiy faoliyati. «Qissasi Rabg‘uziy» asari. Uning yaratilish tarixi, tuzilishi, g‘oyaviy mazmuni. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari.

Asarning tarbiyaviy ahamiyati. O‘zbek nasri rivojidagi ahamiyati.

XORAZMIY

Xorazmiy- yirik shoir. Xorazmiy haqida ma’lumot beruvchi manbalar. Shoir ijodining o‘rganilish tarixi. Xorazmiy ijodiga eskicha qarashlarga munosabat.

Sharq adabiyotida noma janri. «Muhabbatnoma asarining yaratilish tarixi, kompozitsiya xususiyatlari. Noma janrining xususiyatlari. «Muhabbatnoma» asarida timsollar, g‘oyaviy yo‘nalishlar. Asar badiiyati. O‘zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida «Muhabbatnoma» an’analari.
SAKKOKIY

Sakkokiy- lirik shoir. Shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi manbalar. Sakkokiy ijodining o‘rganilish tarixi, ularga munosabat. Adabiy merosi. Shoir devonining kompozitsiyasi.

Sakkokiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g‘oyaviy yo‘nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir ijodida ilohiy muhabbat mavzusi. Shoir g‘azallarining badiiy go‘zalligi.Sakkokiy lirikasida insoniy muhabbat masalasi.

Sakkokiy-qasidanavis. Qasida janri xususiyatari. Shoir qasidalari tahlili. O‘zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida shoir ijodi an’analari. Shoir lirikasining tarbiyaviy ahamiyati.
ATOIY-ISTE’DODLI LIRIK ShOIR.

Shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi manbalar. Otoiy ijodining o‘rganilish tarixi. Shoirning taxallusi masalasi. Uning lirik merosi.

Atoiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g‘oyaviy yo‘nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir lirikasida haqiqiy va majoziy ishq talqini. O‘zbek adabiyotining g‘oyaviy-badiiy takomilida Atoiy ijodining o‘rni.


Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish