O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi kunduzgi bo’lim


Leksik-derivatsion dialektal so‘zlar



Download 1,5 Mb.
bet26/101
Sana30.01.2023
Hajmi1,5 Mb.
#905334
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Bog'liq
2. Sobirov A. Dialektologiya. Majmua. 2-kurs. 2022

4. Leksik-derivatsion dialektal so‘zlar. “Adabiy tilda yoki faqat shevalarda mavjud bo‘lgan xilma-xil so‘z yasovchi affikislar shevalardagi so‘zlarga yoki adabiy til va shevalar uchun mushtarak so‘zlarga qo‘shilishi natijasida sheva, dialektlarda adabiy tilda uchramaydigan dialektal so‘zlar vujudga keladiki, ularni “leksik-derivatsion dialektal so‘zlar” deb atagan ma’qul”.
5. Morfologik-dialektal so‘zlar. “Adabiy til va shevalardagi so‘z o‘zaklariga forma yasovchi affikslarni qo‘shish orqali vujudga kelgan morfologik-dialektal so‘zlar turli xil bo‘lib, ular, odatda, forma yasovchi affikslarning birgalikda qo‘llanishi, turli xil fonetik o‘zgarishlarga uchrashi yoki faqat shevalarga xos foma yasovchi affikslarning qo‘shilishi natijasida shevalarda (adabiy til uchramaydigan) כpəng’lə - opanglar; כtəluv’ // כtəluy’ - otalari; həmməl’ys’ - hammalari singari anchagina marfologik dialektal so‘zlar paydo bo‘lgan”.
6. Frazeologik-dialektal iboralar. “O‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan , adabiy tilda uchraymadigan yoki uchrasi ham ma’noda farqlanadigan frazeologik iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror ma’noni, odatda, qo‘shimcha ko‘chma ma’noni anglatadiki, ularni DLda qay tarzda bermoq kerak? Qozoq, boshqird, qoraqalpoq tili shevalariga o‘zi reyestr so‘z sifatida berilgan. Tatar, yoqut shevalariga oid lug‘atlarda esa ular bir butun holda berilmay, odatda, undagi birinchi so‘z tariqasida berilgandan keyin frazeologik iboraning o‘zi qayd etilgan. Xullas, lug‘atlar tuzish qiyin, lekin savobli ish. Leksikologiya sohasida qilingan ishlar ba’zan unitilishi mumkin, biroq leksikografiya bo‘yicha bajarilgan ishlar – tuzilgan yaxshi lug‘atlar hech qachon unutilmaydi. Shunga ko‘ra, DL tuzuvchilari oldida turgan eng muhim vazifa shevalarimizdagi mavjud dialektal so‘zlarni xalqimiz so‘z boyligini o‘ziga xos xazinasi bo‘lgan DLlarda qayd etib, kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishdan iborat”.
Shuningdek, shevalarimizning hozirgi ahvolida shevalararo leksik farqlarni, bir tushunchani ifodalovchi shevalararo so‘zlarning adabiy tilga munosabatini chuqur ilmiy asosda aniq belgilash mumkin emasligi tabiiy holdir_. Bunday qilish uchun esa shevalarimizning ko‘p tomli lug‘atini shakllantirish shartdir. Yuqoridagilarni amalga oshirish shevalarimizning bugungi leksik, fonetik, morfologik, semantik, frazeologik boyligini bir butun holda saqlab qolish demakdir. Bular_ esa o‘zbek shevalarining leksik xususiyatlarini jiddiy o‘rganishni va ko‘p tomli “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ni tayyorlab, o‘zbek xalqi shevalariga xos so‘zliklarni guruhlarga bo‘lgan holda to‘plab, nashr nashr etish lozimligi ko‘rsatib turibdi.

Savol va topshiriqlar


1. Shevalarda qo‘llanuvchi dehqonchilikka xos atamalarga misol keltiring.


2. Shevalarda qo‘llanuvchi chorvachilikka oid atamalarga misol keltiring.
3. Shevalarda qo‘llanuvchi ov, baliqchilikka xos atamalarga misol keltiring.
4. Shevalarda qo‘llanuvchi ovqat nomlariga misol keltiring.
5. Shevalarda qo‘llanuvchi binokorlikka xos atamalarga misol keltiring.
6. Shevalarda qo‘llanuvchi uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlariga misol keltiring.
7. Shevalarda qo‘llanuvchi onomastik so‘zlarga misol keltiring.
8. Shevalarda qo‘llanuvchi kiyim-kechak nomlari a misol keltiring.
9. Shevalarda so‘zlarning shakliy bir xilligi va boshqa-boshqa ma’nolarni anglatishi.
10. Shevalarda qo‘llanuvchi so‘zlarning semantik guruhlarga bo‘linishi.
11. Shevalarda so‘zlarida ikkita leksik qatlamning borligi.
12. Shevalarda sinonim, antonim, omonim va neologizmlarning qo‘llanishi.
13. O‘zbek shevalarining o‘ziga xosligi va shevalararo so‘zlarning farqlanishi haqida gapiring.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish